-MAVZU TOVUSHNING QAYTISHI. AKS SADO




Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/134
Sana28.06.2024
Hajmi1,85 Mb.
#266146
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134
Bog'liq
6-sinf fizika uzb

60-MAVZU
TOVUSHNING QAYTISHI. AKS SADO
Yorug‘likning bir muhitdan ikkinchisiga o‘tishida qisman qaytib, 
qisman ikkinchi muhitga o‘tishini ko‘rdik. Tovush ham bir muhitdan 
ikkinchi muhitga tushganda, tushish yuzasidan qaytadi. Bunga ichi 
bo‘sh bochka yoki truba ichiga gapirib ko‘rib ishonch hosil qilish 
mumkin. Ko‘pchilik yangi qurilgan uy yoki hech kim yo‘q sport 
zaliga kirib qolganda o‘zaro gaplashgan so‘zlarning baland eshitilganini 
sezgan. Televideniye va radioeshittirishlarni berk sport inshootlaridan 
olib borilganda ham ovozlar jaranglab eshitilganligiga e’tibor bergan 
bo‘lsangiz kerak. Bularga sabab tovushning tekis devorlardan 
qaytishidir. Agar devorning uzoqligi 20 m dan ko‘proq bo‘lsa, 
qaytgan tovush manbadan chiqqan tovushga nisbatan biroz kechikib 
128-rasm.
eshitiladi. Bu qaytgan tovushni 
aks sado
deyiladi. Agar parallel 
joylashgan devorlar yoki tor tog‘ 
darasi oralig‘ida ovoz chiqarilsa, 
aks sado ko‘p marta qaytariladi. 
Aks sado faqat qattiq jismlar-
dan qaytgandagina hosil bo‘lmaydi. 
Masalan, chaqmoq chaqnaganda bitta 
yashin hosil bo‘lganini ko‘rsak ham, 
momaqaldiroq ovozi bir necha marta 
takror langanligini kuzatganmiz. Bunda 
birinchi eshitilgani baland, keyingilari 
esa pastlashib boradi. Bunga sabab, 
momaqaldiroq ovozi tog‘lar, o‘rmonlar, 
binolar va bulutlardan ko‘p marta 
qaytib bizga eshitilishidir.
Tovushning qaytishidan turmush va 
tex nikada ko‘p foydalaniladi. Masalan: 
dengiz va okeanlarda chuqurlikni o‘l-


164
chash hamda suv osti kemalarini aniq 
lash uchun ultratovushlardan 
foydala niladi (128-rasm). Buning uchun dengiz tubiga ultratovush 
yuboriladi va urilib qaytgan tovush qabul qilinadi. Tovush 
ning 
borishi va qaytishi uchun ketgan vaqt 
t
o‘lchanib, dengiz chuqur-
ligi 
h
aniqlanadi. Bunda tovush 2
h
masofani o‘tganligi uchun 2
h


t
· 
t
bo‘ladi. Bundan 
aniqlanadi. 

t
– tovushning suvda tarqalish 
tezligi. Bunday asbob 
exolot
 
deb ataladi.
Tovushning qaytishidan metall quymalar orasida havo bo‘shliqlari 
yoki chet moddalar kirib qolganligi ham aniqlanadi. Quymaga bevosita 
tekkizilib qo‘yil 
gan tovush manbai va qabul qilgich quyma bo‘ylab 
yurgiziladi. Agar quyma ichi bir xil zichlikda va tutash bo‘lsa, qaytgan 
tovush bir xilda bo‘ladi. Chet modda va bo‘shliq bo‘lsa, qaytgan tovush 
buziladi. Tibbiyotda ham buyrak kasalliklarini, homila holatini zararsiz 
holda o‘rganish ultratovushlar vositasida amalga oshiriladi.

Download 1,85 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134




Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish