158
Tovush qabul qilgichlarga bi
rinchi navbatda inson qulog‘ini
kiritamiz. Quloq ichida maxsus parda bo‘lib, unga tovush tush
ganda
tebranadi va undan signallar miyaga uzatiladi. Odamlar qu
loqlarining
sezgirligi turlicha bo‘
ladi. O‘quvchi yoshlar bilan qa
riyalarning qulog‘i
birday eshit
maydi. Xuddi shunday, hayvonlarning ham tovushni
eshitish chastota diapazoni boshqacha. Kapalaklar, kuchuk va
mushuklar, ko‘rshapalaklar ultra tovushlarni ham qabul qila oladi.
Delfin 200 kHz gacha bo‘lgan ultratovushlarni qabul qiladi.
Tovushni qabul qilish uchun maxsus
mikrofonlar
yaratilgan. «Mik-
rofon» so‘zi yunoncha ikki so‘zdan:
mikros
– kichik va
phone
– tovush
so‘zlaridan olingan. Mikrofonda tovush tebranishlari elektr tebra-
nishlariga aylantiriladi, so‘ngra maxsus kuchaytirgichlarda kuchay-
tiriladi.