Magnitoterapiya
Organizmga past chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni va doimiy magnit maydoni ta'siriga asoslangan fizioterapevtik usul magnitoterapiya deb ataladi.
Magnit maydoni – uning yordamida harakatlanuvchi elektr zaryadlar yoki toklarning o‘zaro ta'siri va bog‘lanishi orqali amalga oshadi. Magnit maydoni tabiiy va sun'iy bo‘ladi. Tabiiy magnit maydonlar tashqi va ichki, sun'iy magnit maydonlar esa kuchaytirilgan va kuchsizlantirilganga bo‘linadi. Tabiiy magnit maydon odamzot mavjudligini ta'minlaydi.
Biz doimiy magnit maydonida yashaymiz – gemamagnitli, hamda odam organizmi faqat musbat yo‘nalishdagi shimoldan janubga oquvchi magnit oqim ta'siriga javob beradi.
Sun'iy magnit maydon tokli g‘altak cho‘lg‘amlari atrofida paydo bo‘ladi. Magnit maydonining eng ko‘p zichligi qutblar atrofida bo‘ladi (metallar qutblar atrofiga tortiladi). Magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishi bo‘yicha doimiy va o‘zgaruvchan, uzluksiz va impulsli tartibda har xil chastotadagi, shakldagi va uzunlikdagi impulslar generatsiya qilishi mumkin.
Magnitlanish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar paramagnitli va diamagnitli moddalar deb ataladi. Paramagnit moddalar tashqi magnit maydonda u bilan bir yo‘nalishdagi magnit xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bular asosan alyuminiy, kalsiy, kislorod va h.z.
Diamagnit moddalar tashqi magnit maydonida ma'lum xossalarga ega bo‘lmaydi-yu, lekin tashqi magnit maydon bilan ta'sir qilmaydi va umumiy magnit maydon hosil qilmaydi. Bularga asosan oqsillar va tarkibida oltingugurt bor organik moddalar kiradi.
Ferramagnit moddalar paramagnit moddalarga kiradi. Lekin ko‘proq magnitlanish xususiyatiga davo maydondan chiqqanda bu xussiyat kuchayadi. Bu temir, kobaltdir. Odam to‘qimalari diamagnit moddalariga kiradi. Odam to‘qimalarining magnit o‘tkazish xususiyati 1 ga teng.
Doimiy magnit maydonining ta'sir mexanizmi. Klinik va sinov kuzatishlar bilan shu narsa aniqlandiki, doimiy magnit maydon ta'siri ostida bioto‘qimalarda murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar yuz beradi. Qator fizik-kimyoviy jarayonlar ichida magnit maydon ta'siri mexanizmida EYuKni yo‘naltirish, hamda magnit maydon qator kimyoviy, fizik-osmatik jarayonlar biologik sistemalarda hujayra darajasida ta'sir etadi. Magnit maydon o‘tkazuvchanlik sistemasida ta'sir qiladi, chunki magnit maydon ta'sirida orientatsion hodisalar ro‘y beradi yoki magnit maydonida ionlar, dipollar ma'lum qutbga tortilishadi. Orientatsion hodisalarning hosil bo‘lishi rN o‘zgarishiga, membrana orqali kaliy, natriy ionlari o‘tishiga, ATF sinteziga olib keladi. Doimiy magnit maydon bo‘sh radikal bog‘lanishlarni faollashtiradi, jumladan, oksidlanish-qaytarilish hodisa-larini faollashtiradi. Doimiy magnit maydon quvvati va atomlar quvvati, hamda organizm to‘qimalari molekulalari orasidagi rezonansni ko‘paytiradi (rezonans qo‘shiladi va ko‘payadi). Doimiy magnit maydon moddalarda quvvatning taqsimlanishiga yangi ma'lumot beradi, bu esa o‘z navbatida DNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar quvvati darajasining o‘zgarishiga olib keladi.
O‘zgaruvchan magnit maydonining ta'sir mexanizmi. O‘zgaruvchan magnit maydonining ta'siri doimiy magnit maydonining ta'siri bilan o‘xshash-dir, ammo hujayraning elektrik aktiv elementlarini tashqi maydonga nisbatan doimiy yo‘naltirish o‘rniga, tokning g‘altakning har bir yo‘nlishi bo‘yicha yo‘naltirish o‘zgarib turadi va uning atrofidagi maydonga nisbatan ham. O‘zgaruvchan magnit maydoni quyidagi chastotada, ya'ni 1,10,100,1000 Gsda ta'sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan magnit maydoni eng katta ta'sirini 10 Gs chastotada ko‘rsatadi.
Magnit maydoni maxsus va nomaxsus ta'siriga ega. Nomaxsus ta'siriga sedativ, analgetik, o‘rtacha gipotenziv ta'sir kiradi. Maxsus ta'siri faqat magnit maydoniga xosdir. Bunga mikrotsirkulyatsiyani tezlashtirish, degidratatsiya, osmatik va metabolik hodisalarga ta'sir ko‘rsatish kiradi. Magnit maydonining maxsus va nomaxsus ta'siri uning ekspozitsiyasi va intensivligiga bog‘liq. Magnit maydon ko‘proq markaziy nerv sistemasi, ayniqsa, gipotalamus, miya qobig‘i, so‘ngra retikulyar formatsiyaga ta'sir etadi. Doimiy magnit maydoni MNSning tormozlanishiga ta'-sir etib, shartli reflekslarning hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. O‘zgaruvchan magnit maydoni MNSga aksincha ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni simpatik hodisalarni kuchaytiradi. Magnit maydoni periferik nerv sistemasiga o‘rtacha sekinlashtiruvchi ta'sir etib, nerv oziqlanishini yaxshilaydi. Doimiy va o‘zgaruvchan magnit maydonlari endokrin sistemasi faoliyatini yaxshilaydi, ya'ni gipofizda tegishli gormonlarning ishlab chiqilishini kuchaytiradi. Ayniqsa bu ta'sir kompensator va adaptatsion faoliyati pasaygan organizmlarga foyda beradi. Magnit maydonining ta'siri kasal odamlarga sog‘lomlarga nisbatan, qarilarga nisbatan yoshlarga, ayollarga nisbatan erkaklarga kuchliroqdir. Magnit maydonlar immunologik reaktivlikning o‘zgarishida muhim rol o‘ynaydi. Immunologik sistemaga gipotalamus, gipofiz, limfa to‘qimalari orqali ta'sir qiladi. Bu ta'sir tufayli gormonlar ishlab chiqarish ko‘payadi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi oshadi, lizotsim darajasi normallashadi, limfotsitlarning antitela ishlab chiqarish vazifasi yaxshilanadi. Shu bilan magnit maydonning reparatsiya va regeneratsiyaga ta'siri tushuntiriladi. Yallig‘lanishga qarshi ta'siri ko‘proq qon ivishi va suyulishi sistemalarining o‘zgarishi bilan tushuntiriladi, mikrotsirkulyasiya yaxshilanadi, degidratatsiya kuchayadi va nihoyat himoyalnish qobiliyati oshadi. Og‘riqni qoldirish qobiliyati magnit maydonining yallig‘lanishga qarshi ta'siri bilan bog‘liq. Arterial qon bosimini tushuradi, pulsni siyraklashtiradi, yurakning qon aylanishini yaxshilab, miokard qisqarishini kuchaytiradi. Qonda va siydikda 17-KSlarni kamaytiradi. O‘rtacha kattalikdagi qon tomirni kengaytirib, tonusi baland bo‘lgan qon tomirini bo‘shashtiradi. Magnit maydoni qichishishni bosadi. Og‘ir ishlarga chidamlilikni oshiradi. Mikrotomirlarda kolloid-osmatik bosimni normallashtiradi bu esa shishning qaytishiga, kislorodni to‘qimalarga tashilishiga va ishlatilishining yaxshilanishiga olib keladi.
Magnit maydoni terapevtik dozalarda qon elementlariga ta'sir ko‘r-satmaydi. U tashqi nafas jarayonini yaxshilaydi, balg‘am miqdorini kamaytirib, kavernalar bitishini tezlashtiradi (sil kasalligida). Magnitlashtirilgan suvni bir kunda 1 litrgacha ichish mumkin. Diurez reabsorbsiya pasayishi hisobiga ko‘payadi, o‘t pufagidagi va buyrakdagi toshlar yemiriladi. Qon magnitlanganida desensibilizatsiya kuchaygani kuzatiladi. Magnit maydoni radiatsiyadan himoya qilishda qo‘llaniladi. Hozirda magnitlangan dorilar rakka qarshi keng qo‘llanilmoqda. Magnitoterapiyani fono, elektroforez, UVCh bilan qo‘llash mumkin, lekin ketma-ketlikka rioya qilish kerak, ya'ni avval magnitoterapiya, keyin boshqa muolajalar qilinadi.
Ko‘rsatmalar: kasalliklarning I – II darajalari, surunkali arterial va venoz yetishmovchiligi, posttromboflebetik sindrom, trofik yaralar, ateroskleroz, yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya, o‘pka sili, bronxial astmaning og‘ir bo‘lmagan darajasi, tayanch-harakat organlarining revmatoid va revmatik kasalliklari, suyak bitishining sekin kechishi, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichagining yallig‘lanishi, allergik dermatozlar, bosh miyaning va periferik nerv sistemasining tomir kasalliklari, polinevritlar, ayollar jinsiy organlarining kasalliklari. Magnitoterpiya uchun “Polyus-1” apparatidan foydalaniladi.
|