151
sodda, lekin telefonlar bilan o‘zaro ishlashini tashkil qilsh uchun kamroq
mos keladi.
Shuning uchun SIP protokoli IP-telefoniya xizmatlarini ko‘rsatish
uchun Internet xizmatlarining yetkazib beruvchilari ko‘proq mos keladi,
bunda ushbu xizmatlar paketining qismi hisoblanadi.
Modifikatsiyalangan SIP-T protokoli (SIP for Telephony) 7-son
UKS signalizatsiya’ni SIP protokoli bilan integratsiya qilish maqsadida
yaratilgan edi. SIP-tarmoqning 7-son UKS tarmog‘i bilan o‘zaro ishlash
uzeli SIP-xabarda ISUP xabarini inkapsullaydi va ISUP xabarlaridan
axborot qismini SIP xabarlar sarlavhasiga transportlashni ta'minlash
uchun translyasiyalaydi.
MGCP.
Media Gateway boshqaruv protokoli. MGCP Mediya
shlyuzlarni boshqarish uchun ishlatiladi.
Bu protokol barcha chaqiriqlarni qayta ishlash mantig'i shlyuzdan
tashqarida joylashgan arhitekturalar uchun mo'ljallangan va nazorat
MGC yoki chaqiriqlar agenti kabi tashqi qurilmalar tomonidan amalga
oshiriladi.
MGCP chaqiruv modeli MG tarmoq shlyuzlarini bir-biriga
ulanishlari mumkin bo’lgan so'nggi nuqtalar majmuasi sifatida ko'rib
chiqadi. Oxirgi nuqta fizik (analog telefon liniyasi yoki raqamli
magistral) yoki virtual (UDP / IP-ulanish orqali ma'lumotlar oqimi)
bo'lishi mumkin.