155
9-BOB. KENG POLOSALI ABONENT KIRISH
TARMOQLARINING QURILISH USULLARI
9.1. Simsiz keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurish
usullari
So’nggi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal
kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash hamda umumjahon Internet
tarmog’iga chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi. Hozirgi kunda
deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohud
internetga chiqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda
deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan
tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko’rib chiqamiz.
1.
Dial-Up
. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish.
Ushbu texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon
ishlatilib kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini
ishlatgan holda aloqa o’rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalga
oshiriladi hamda ma’lumot uzatish uchun barcha mavjud ovoz diapazoni
chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu texnologiya’ning ko’pgina
kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot uzatishdagi past tezlik, tashqi
ta’sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo’qolish extimoli,
ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon
liniyasining butunlay band bo’lishi.
2.
xDSL
. Ushbu texnologiya statsionar obyektlar uchun juda ham
maqbuldir. Mavjud telefon tarmog’idan foydalangan holda bemalol
ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo’lish mumkin, lekin
liniyalar mavjud bo’lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi
manziligacha olib borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning
ustiga ushbu texnologiya’ni har bir yangi foydalanuvchiga o’rnatish
uchun ham foydalanuvchi ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma’lum
o’rnatish va tuzatishlar amalga oshirilishi lozim.
3.