171
optik aloqa kabellari osilgandan so‘ng, bu elektr kabellarga avto
minorasiz texnik xizmat ko‘rsatishning imkoni bo‘lmaydi. Agar tayanch
faqat optik kabellarni osish uchun xizmat qilayotgan bo‘lsa u xolda bu
usuldan foydalaish samarali xisoblanadi. Drop-kabellar yetarli darajada
mustaxkam va yuqori egiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu
uning tayanchlarga osish va inshoot, binolarga kiritishda yengilliklar
yaratadi. Bino ichida yotqizish uchun qo‘llanuvchi drop kabellar yong‘in
paytida tutun xosil qilish xususiyatiga ega bo‘lmasligi va LSZN
gologenlaridan tashkil topmagan bo‘lishi lozim. Bu talabni bajarish
uchun binoda o‘tkazuvchi tashqi optik razetka yoki o‘tkazuvchi splays –
boks o‘rnatiladi va binoga G 657 standartiga mos keluvchi LSZN
kabellari kiritiladi. Agar tayanch 0,4 kVli elektr uzatish liniyasi bo‘lsa
va unda kabellarni tashuvchi elemetlarini Yerga ulanishi ko‘zda
tutilmagan bo‘lsa, u xolda optik kabellar faqat dielektrik materialdan
tashkil topgan bo‘lishi lozim. Bu bo‘lishi mumkin sakkiz ko‘rinishdagi,
aylana ko‘rinishdag yoki yassi kabellar bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash
joizki optik kabellar montaji amalga oshirilib bo‘lingach elektr
liniyalariga faqat narvonlar yoki avto minoralar yordamida xizmat
ko‘rsatishi mumkin. Bu esa ushbu tayanchlarga optik aloqa kabellarni
osilishini rad etishiga olib kelishi mumkin.