IES-1000 DSLAM qurilmasining parametrlari
Kuchlanish ta'minoti parametrlari:
165
IES-1000M AC ~ 220V
IES-1000M DC - 48V
Atrof muxit parametrlari:
Rabochiy diapazon temperatur 0 - 50 °S
Vlajnost 5 - 95 %
xDSL ulanishni sozlash.
Mijoz ulanayotganda barcha ishlar
“SKS” kompaniyasining xodimlari tomonidan bajariladi. Agarda
keyinchalik siz obyektda biror ish bajarsangiz va uning natijasida
funktsional sxemani qaytadan ulash talab etilsa, u holda ushbu hujjat
sizga tafsilotlarni tushunib, mustaqil ravishda ulanish imkonini beradi.
Agar siz “SKS” kompaniyasining mijozi bo'lsangiz va telefon
raqamingiz kompaniya abonentlari doirasiga krossirovka qilingan bo'lsa,
u holda kompaniya tarmog'iga ulanish uchun quyidagi amallarni bajarish
talab etiladi:
ADSL modemni telefon liniyasiga ulash;
Komp`yuterni sozlash.
Agar shundan so'ng internetga ulana olmasangiz, u holda qidiruvni
amalga oshirib, bo'lishi mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etishga
urinib ko'rishingiz mumkin.
Agar ko'rsatilgan choralar samara bermasa, u holda texnik qo'llab-
quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
ADSL modemni ulash
Agar uy yoki ofisingizda faqat 1 ta telefon ishlatilsa, u holda eng
sodda sxemadan foydalaniladi:
9.6-rasm. Abonent inshootida ADSL tarmog’ining oddiy ulanish
sxemasi
ADSL-splitter
tovush
signali
chastotasini
ADSL-modem
ishlatadigan chastotadan ajratish vazifasini bajaradi. Sirtdan qaraganda
166
ADSL-splitter kichiqroq quti ko'rinishida, 3 ta RJ-11 (telefon
«yevrorozetka») tipidagi ulanish qismiga ega bo'lib, unda «Line»,
«Phone» va «Modem» yozuvlari bo'ladi. Shahar ATSning telefon
liniyasi splitterni «Line» qismiga ulanadi. Telefon apparati «Phone»
qismiga va nihoyat ADSL-modemning «ADSL» qismi splitterning
«Modem» qismiga ulanadi.
Izoh:
Modem modelidan kelib chiqib uning «ADSL» ulanish
qismi boshqacha, masalan, «DSL» yoki «xDSL» deb nomlangan bo'lishi
mumkin.
Keyin
esa
Ethernet
kabel
yordamida
ADSL-modemni
kompyuterga ulash lozim. Bunda Ethernet kabelning bir uchi ADSL-
modemning «Ethernet» qismiga, boshqa uchi kompyuterning tarmoq
kartasiga ulanadi.
Bir necha telefon apparatidan foydalanilganda ulanish sxemasi
quyidagicha bo'ladi:
9.7-rasm. Abonent inshootida ADSL tarmog’iga ikki telefon
apparatining ulanish sxemasi
Ya'ni, ofis yoki uyda mavjud bo'lgan barcha telefonlar splitterning
«Phone» qismiga ulangan bo'lishi shart. Qolgan ulanishlar esa yuqori
bayon etilganidek bajariladi. Agar siz ofis yoki uyda mini ATS dan
foydalansangiz, u holda telefon liniyasi avval splitterga, splitterdan esa
kabel o'z navbatida mini ATSga ulanishi kerak.
Agar ulanishning ushbu sxemasi noto'g'ri amalga oshirilsa,
telefonda gaplashilayotgan payt ATSdagi qurilmadan modem “uzilib”
qolishi mumkin.
Kompyuterni sozlash Ethernet tarmoq kartasining TCP/IP protokol
parametrlarini sozlashdan iborat bo'lib, ushbu tarmoq kartaga ADSL-
modem ulangan bo'ladi. Kompyuterga o'rnatilgan operatsion tizim turi
167
va kirish texnologiyasidan kelib chiqib sozlash o'ziga xos yo'l bilan
bajariladi.
|