Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

 
10.4. Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy 
qoidalar
Tolali optik uzatish liniyalari (TOUL) ni loyihalashda, istiqbolli 
loyihalash bilan bog‘liq, ishonchlilikni oshirish, ekspluatatsiya va 
kapital xarajatlarni kamaytirish maqsadida, quyidagilarni ko‘zda tutish 
tavsiya etiladi:
-
xattoki kichik o‘tkazish qobiliyatli tarmoq uchastkalarida ham 
faqat bir modali optik tolali (OT) optik kabellarni ishlatish; 
-
rezerv OTli optik kabellarini qo‘llash; 
-
talab etilgan o‘tkazish qobiliyatli qismda boshlang‘ich 
ma’lumotlarga 
nisbatan, 
liniya 
traktining 
yuqoriroq 
tezlikli 
apparaturasini qo‘llash. 
Bir modali optik tolali optik kabellarning yaratilishi va kelgusi 
mukammallashuvi, B*L ifodaning chegaraviy qiymatini keskin oshirish 
imkonini yaratdi, bu erda V - uzatish tezligi, L - regeneratsiyalash 
uchastkasi uzunligi. Masalan, eng arzon OTli optik kabel uchun L=100 
km uzunlikda chegaraviy uzatish tezligi STM-16 (30 ming ARK) sathga 
mos keladi. 
Rezerv OTli optik kabellarni yotqizishning maqsadga muvofiqligi 
bir necha afzalliklarga ega. Birinchidan, bu axborotlarni fazaviy 
zichlashtirish deb ataluvchi, istiqbolli rivojlanishga TOUL ning 
o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha zahirani ta’minlaydi. Bunda optik 
kabeldagi OTlar sonining 10 martaga ortishi TOUL inshootlariga 
xarajatning atiga 20 % ga oshishiga olib keladi. Ikkinchidan, bu TOUL 
ning ishlash ishonchliligini oshirish uchun rezerv optik toladan samarali 
foydalanishni ta’minlaydi. Bunda rezerv OTlar ishlatilishi mumkin: 


191 
-
ishchi OT o‘rnini bosish uchun, agarda ishchi OT ning 
parametrlari kabelni yotqizish yoki ekspluatatsiya qilishda ruxsat etilgan 
chegaralar doirasidan chiqib ketgan bo‘lsa; 
-
SRI TOUL uchun rezerv multipleksorlash ulanishini tashkil etish 
uchun; 
-
aloqani uzmasdan optik reflektometrni rezerv OT ga ulash yo‘li 
bilan muntazam rivojlanuvchi rad etishlar sababini aniqlash va 
lokalizatsiya qilish uchun, agar optik kabeldagi hamma OT lar uchun bu 
sabab umumiy hisoblansa (masalan, erning siljishidan optik kabelda 
bukilishlar yuzaga kelishida, ulovchi muftalar buzulganda va h.k.). 
Talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan liniya traktining 
yuqori tezlikli, oxirgi apparatini qo‘llash maqsadga muvofiq. 
SRI TOUL loyihalashda ham yuqori o‘tkazish qobiliyatli 
apparaturani qo‘llashni ko‘zda tutish maqsadga muvofiq. STM-16 
sinxron multipleksor narxi STM-4 multipleksor narxidan 30-40 % ga 
qimmat, bu ham yana TOUL inshootlariga to‘liq xarajatlarni bir necha 
foizgagina oshishiga olib keladi. Biroq SRI apparaturasining qo‘shimcha 
o‘tkazish qobiliyati, istiqbolli rivojlanishda uzatish tezligini oshirish 
zaruriyati talab etilgunga qadar, tarmoqda rezervlashlarni ishlatish 
hisobiga ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun samarali 
ishlatilishi mumkin. 
SHuningdek, TOUL ni loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish 
kerak: 
-
mahalliy birlamchi tarmoqlarda (bir kuchaytirish uchastkali) 
TOUL ni tashkil etish; 
-
regional va magistral birlamchi tarmoqlarda ikki qo‘shni tarmoq 
tugunlari o‘rtasida (bir kuchaytirish uchastkali) TOUL uchastkasini 
tashkil etish, buning uchun zaruriyat tug‘ilganda optik kuchaytirgichlar 
(OK) ni qo‘llash; 
-
imkoniyatlariga va vazifasiga bog‘liq holda axborotlarni turli 
zichlashtirish usullarini to‘lqin uzunligi bo‘yicha, vaqt bo‘yicha va 
fazoviy zichlashtirish usullarini moslashuvchan ishlatish. 
Darhaqiqat, TOUT komponentlarining zamonaviy darajasi, 
birinchi avlod (Fabri – Pero lazerlari) nurlanish manbalari qo‘llanilgan, 
etarlicha arzon va kompakt liniya traktining oxirga apparaturalari (LTA) 


192 
asosidagi mahalliy birlamchi tarmoqlarda bog‘lovchi liniyalarni tashkil 
etishda, bir yoki bir necha shaffoflik darchalarida ishlashda barcha 
mumkin bo‘lgan masofalarni bir kuchaytirish uchastkasibilan qoplash 
imkonini beradi. 
Bugungi kunda LTA ni ishlab chiqaruvchi ko‘pgina kompaniyalar, 
aloqa vositalari bozorini ko‘zda tutgan holda, qoida bo‘yicha, 
qoplanadigan so‘nishga bog‘liq holda (regeneratsiyalash uchastkasi 
uzunligi 10 dan 150 km gacha), yagona konstruksiyada, lekin turli 
narxlarda LTA ning butun bir oilasini ishlab chiqaradi, bu uning aloqa 
oeratorlari tomonidan tarmoqlarda qo‘llanilishi bo‘yicha yuqori 
moslashuvchanlikka olib keladi. 
Optik kuchaytirgichlar (OK) ning yaratilishi va ularning LTA 
tarkibida qo‘llanilishi regeneratsiyalash uchastkasining maksimal 
chegaraviy qiymatini oshirish imkonini berdi, ya’ni ko‘pgina holllarda 
TOUL trassasini zona ichi – regional va magistral birlamchi tarmoqlarda 
xamroh tarmoq tugunlari orqali loyihalash imkoni yuzaga keldi. 
OK ning kuyidagi uch turi aniqlangan:
OK
1
– to‘yinish quvvatining katta qiymatiga ega uzatish OK, 
bevosita LTA ning optik uzatgichi (OUz) chiqishida signal quvvatining 
sathini oshirish uchun ishlatishga mo‘ljallangan; 
OK
2
– juda kichik shovqin sathiga ega qabul qilish OK, bevosita 
LTA ning optik qabul qilgichi (OQq) kirishida uning sezgirligini 
oshirish uchun ishlatishga mo‘ljallangan; 
OK
3
– kichik shovqin sathiga ega oraliq OK, uni regeneratsiyalash 
uchastkasi uzunligini oshirish uchun passiv tolaning uchastkalari orasida 
o‘rnatish tavsiya etiladi. 
Turli OK ning qo‘llash mumkin bo‘lgan sxemalari 10.1-rasmda 
keltirilgan. 
OK qo‘llanilgan LTA ning optik ulanish joylari regeneratsiyalash 
uchastkasi uzunligining masofasi bo‘yicha V (very – juda uzun) va U 


193 
(ultra – eng katta uzunlikli) turdagi ulanish joylari tasniflangan. V 
turdagi ulanish joylari UzOK + OK
1
+ QqOK sxemasiga yoki UzOK + 
OK
2
+ QqOK sxemasiga U turdagi ulanish joylari esa UzOK + OK
1

OK

+ QqOK sxemalariga mos keladi. 
10.1-rasm.Turli optik kuchaytirgichlarni qo‘llash sxemalari 
OK ni LTA tarkibida qo‘llash imkoniyati TOUL xizmat talab 
qilmaydigan regeneratsiyalash punktlari (XTQyRP) ning elektr ta’minot 
muammolarini yuzaga kelmaslik imkonini beradi. 
YUqori tezlikli SRI TOUT ning birinchi avlodlarini tadbiq etish 
malakasi ko‘rsatgandek, TOUL ni loyihalashda va uni tashqi ruxsat 
etilmagan ulanishlardan himoyalash zaruriyatiga bog‘liq holda imkon 
qadar XTQyRP inshootlarini qo‘llamaslik ham maqsadga muvofiqdir. 
Regional va magistral birlamchi tarmoqlarda bir kanalli TOUT 
uchun OK
3
ni qo‘llash ko‘pgina xolatlarda maqsadga muvofiq, chunki 
XTQyRP ning elektr ta’minoti muammolarini xal etish imkonini 
bermaydi (10.1, v-rasmdagi sxemada masofa OK
3
kiritadigan 
UzQ 
ОК

QqQ 
UzQ 
ОК

QqQ 


194 
qo‘shimcha shovqin tufayli 10.1, g-rasmda xar doim bir kuchaytirish 
uchastkasigako‘p). Boshqa tomondan, mavjudligi bo‘yicha OK
2
+ OK
1
zanjirni texnologik namoyon etuvchi OK
3
tan narxi bo‘yicha STM-4 
sathidagi SRI regeneratorining narxi bilan o‘lchanadigan darajadadir. 
Shu sababli juda past tezlikli tizimlar uchun (regeneratorli) XTQyRP ni 
tashkil etish, xizmat talab qilmaydigan (OK
3
li) kuchaytirish punkti 
(XTQyKP) ni tashkil etishga nisbatan iqtisodiy jihatdan ustun 
hisoblanadi. 
Biroq, OK
3
ni ishlatish samaradorligi, ulardan xattoki bir kanalli 
TOUT uchun optik tarmoqqa ulanishlarda foydalanishda va to‘lqin 
uzunligi 
bo‘yicha 
zichlashtirilgan 
TOUT 
uchun 
barcha 
telekommunikatsiya tarmoqlari uchastkalarida keskin ortadi. 
Aloqa 
tarmoqlarining 
kelgusi 
rivojlanishida 
loyihalashda 
(o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha) an’anaviy tarzda butun rivojlanish davri 
rivojlanishning katta (liniya – kabeli inshootlarni almashtirish, ya’ni 
yangi uzatish liniyasini qurish) va kichik (LTA ni eng yuqori tezlikka 
almashtirish) hisobiy davrlari deb ataladigan alohida bosqichlarga 
ajratiladi.
Vaqt omilini hisobga olish bilan texnik vositalar tarkibini 
optimallashtirish 
bu 
bosqichlarning 
har 
birida 
xarajatlar 
samaradorligining taxlil natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Zamonaviy optik kabellarning imkoniyatlari TOUL ni jihozlashda 
o‘tkazish qobiliyatining katta zahirasini ta’minlaydi, bu aloqa tarmog‘ini 
optimallashtirish jarayonida rivojlanishning katta davrlarini hisobga 
olmaslik imkonini beradi. Boshqacha aytganda, rivojlanish davri 
mobayniga aloqa tarmog‘ini loyihalashda shunday turdagi OT li optik 
kabellar tanlanadiki, bu OT loyihalashtirilayotgan rivojlanish davri 
oxiriga TOUL ning talab etiladigan o‘tkazish qobiliyatini ta’minlashi 
kerak. 
Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilgandek, rivojlanish davrining 
boshida talab etilgan o‘tkazish qobiliyatiga nisbatan o‘tkazish 


195 
qobiliyatining katta zahirasiga ega bo‘lgan apparaturani qo‘llash uchun 
iqtisodiy asoslangan, qator shart – sharoitlar mavjud. 
Natijada zamonaviy TOUL asosidagi taomoqni loyihalashda butun 
rivojlanish davrida texnik vositalar tarkibini optimallashtirish jarayoni 
yuqori darajada soddalashadi, chunki vaqt omili hisobga olinmay, 
mohiyati bo‘yicha kapital xarajatlarni optimallashtirish amalga 
oshiriladi. Vaqt omili rivojlanish jarayonida TOUL ning o‘tkazish 
qobiliyatini bosqichma – bosqich oshirishda namoyon bo‘ladi, bu TOUL 
ni qurishda boshlanishiga nisbatan kapital xarajatlar (va mos ravishda 
ekspluatatsiya xarajatlari) ning haqiqatdan juda kichik darajada ortishi 
bilan kuzatiladi.
Lekin, aynan ana shu istiqbolli rivojlanishga TOUL ni 
loyihalashda axborotlarni zichlashtirishning barcha mumkin bo‘lgan 
usullaridan foydalanishni shartlaydi. 
Mohiyati bo‘yicha, zamonaviy TOUL uchun texnik vositalar 
tarkibini optimallashtirish bu birinchi navbatda
R
opt
= n·m·B 
(10.1.) 
ifoda bilan aniqlanuvchi, o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha optik kabelning 
optimal resursini tanlashdir. Yuqoridagi munosabatda n – OT soni, 
shuningdek, rezerv tolalar soni ham; V – ma’lum L uzunlikli 
regeneratsiyalash uchastkasidagi chegaraviy uzatish tezligi (OT turi, 
apparatura xarakteristikalari va B * Lko‘paytmani oshirish imkonini 
beruvchi boshqa imkoniyatlar bilan aniqlanadi); m – ma’lum B va L 
dagi optik kanallarning chegaraviy soni (OT turi, apparatura 
xarakteristikalari va to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOUT uchun 
xarakterli bo‘lgan nochiziqli effektlar ta’sirini kamaytiruvchi boshqa 
imkoniyatlar bilan aniqlanadi). 


196 

Download 3,98 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tolali optik uzatish liniyalarini loyihalash bo‘yicha asosiy

Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish