10.2. Loyihalash uchun zarur boshlang‘ich ma’lumotlar
Asosiy loyiha xujjatlari
Telekommunikatsiya tarmoqlarining uzatish liniyalarini loyihalash
va qurish haqida qaror regionlararo kompaniyalarni va operatorlarning
aloqa tarmoqlarini, ularning magistral, zonaviy va mahalliy birlamchi
tarmoqlarini va texnologik aloqa tarmoqlarini rivojlantirish sxemalari
asosida, shuningdek iqtisodiy maqsadga muvofiqlilik, xo‘jalik, ijtimoiy
va xavfsizlik zaruriyatlari asosida qabul qilinadi. Loyihalash uchun
boshlang‘ich ma’lumotlar quyidagilar hisoblanadi:
- aloqani tashkil etish sxemasi;
- turli ishlab chiqaruvchilarning apparatura va kabellaritexnik
xarakteristikalariga qo‘yiladigan talablar, ishonchlilik va narx navoni
qo‘shib;
- uzatish liniyalarining talab etiladigan o‘tkazish qobiliyati,
shuningdek rivojlanish istiqbolini e’tiborga olgan holda;
- aloqa operatorining ta’sir doirasida talab etiladigan ishonchlilik
ko‘rsatkichlari va b.q.
Loyihalash bosqichida aniqlash kerak bo‘lgan, tarmoqning asosiy
xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi: ishonchlilik, asosiy va rezerv
o‘tkazish qobiliyatlari kattaliklarining nisbati, boshqariluvchanlik,
moslashuvchanlik va masshtabga muvofiqlik. Bundan tashqari tarmoq
iqtisodiy xarakteristikalarga ham ega, masalan, kapital xarajatlar va
uning raqobatlilik qobiliyatini aniqlovchi, xarajatlarni oqlash vaqti.
Birlamchi
telekommunikatsiya
tarmoqlarini
qurish
va
rekonstruksiya
qilish
raqamli
uzatish
tizimlaridan,
raqamli
kommutatsiya tizimlaridan va tolali optik aloqa liniyalaridan keng
180
foydalanish asosida amalga oshiriladi. Birlamchi tarmoqning uzatish
liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar faqatgina
loyiha va smeta mavjud bo‘lgandagina olib boriladi. Loyiha va smetalar
qoida va tarkib, moslashish tartibi haqidagi boshqaruvchi materiallarga
mos holda ishlab chiqiladi va bino, inshoot, korxonalarni qurish va
rekonstruksiya qilishga loyiha – smeta xujjatlari tasdiqlanadi.
Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarining faoliyatdagi uzatish
liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashni asosan «Aloqa
loyiha» Davlat Unitar korxonasiamalga oshiradi. Bundan tashqari
loyihalash bo‘yicha ishlar aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan ham
olib boriladi. Ularning tarkibiga aloqa inshootlarining faoliyat maydoni
doirasida ularni qurish loyihalarini aniqlovchi va qurilish maydonlarini
tanlashda ishtirok etuvchi va aloqa inshootlarini qurish va
rekonstruksiya qilishga texnik sharoitlar (TSh) ni tuzuvchi loyiha
bo‘limlari (yoki ularga o‘xshash xizmatlar) kiradi.
Loyihalash jarayonida ishchi muloqotga: aloqa inshootlarini
qurishni rejalashtiruvchi buyurtmachi, (vazirlik, muassasa, aloqa
operatori va b.q.) va loyiha ishini amalga oshiruvchi bosh loyihachi -
loyiha tashkiloti kiradi, bunda maxsus loyiha tashkilotlari ham jalb
etilishi mumkin. Loyiha tashkilotlari buyurtmachi bilan birgalikda
texnik - iqtisodiy asoslashlar (TIA) ni ishlab chiqaradi.
Bu loyiha xujjatida zaruriyatning texnik - iqtisodiy va sotsial
asoslari va uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish tartibi
beriladi. Bunda qurilish yoki rekonstruksiya qilish narxini, kapital
qo‘yilmalarning samaradorligini aniqlash va ularni optimallashtirish
maqsadida kelgusi qurilish joylarida topografik, injener - geologik,
gidrologik va boshqa izlanishlar bajariladi.
Loyiha qarorlari loyiha hujjatlari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi,
ularning tarkibi va tuzilmasi loyihalashtirilayotgan aloqa inshootlarining
yangiligi va murakkabligi, namunaviy yoki qayta qo‘llaniladigan
loyihalarning va b.q. ning mavjudligi bilan aniqlanadi.
181
Namunaviy yoki nisbatan murakkab bo‘lmagan aloqa inshootlarini
qurish bir bosqichda amalga oshadi (bir bosqichli loyihalash), uning
uchun ishchi loyihaga loyihalashga topshiriq (LT) asosiy loyiha xujjati
hisoblanadi.
Loyihalashga
topshiriq
bosh
loyihachi
bilan
birgalikda
buyurtmachi tomonidan tuziladi, zaruriyat bo‘yicha esa texnik -
iqtisodiy asoslash (TIA) ishlab chiqarilgan bosqichda qabul qilingan
qarorlar negizida maxsus tashkilotlar tomonidan ham tuziladi.
Loyihalashga topshiriqda quyidagilar ko‘rsatiladi:
-
loyihalashtirilayotgan liniya nomi va uni loyihalash uchun asos
va aloqaning yangi tarmoq tugunlarini qurish yoki mavjudlarini
ishlatish;
-
aloqa kanallari ajratilishi kerak bo‘lgan, oxirgi tugun va oraliq
punktlar belgilangan uzatish liniyasining yo‘nalishi;
-
turli ierarxiyalarning raqamli oqimlari yoki asosiy raqamli
kanallari (ARK) ning tovush chastotali kanallari (TCHK) ning umumiy
soniga keltirilgan, uzatiladigan axborotlarning turi va hajmi (telefon,
telegraf va faksimil aloqa, ma’lumotlarni uzatish, Internet, elektron
pochta, televidenie va ovoz eshittirishlari, mobil radioaloqa roumingi va
b.q.);
- raqamli uzatish tizimlarini, kabel turini tanlash va ularni etkazib
beruvchi manbalar bo‘yicha dastlabki tavsiyalar;
- tarmoq topologiyasi bo‘yicha tavsiyalar, uning elementi
loyihalashtirilayotgan uzatish liniyasi bo‘ladi;
- rekonstruksiyani tugatish yoki loyiha quvvatini o‘rganish davrida
vaqtli aylanma aloqani va birlamchi tarmoqning bog‘lovchi liniyalarini
tashkil etish bo‘yicha talablar;
- texnik va yordamchi binolarni qurish, manbalarni va elektr
ta’minoti, issiqlik ta’minoti tarmoqlarini va ularga muhandislik
kommunikatsiya xizmatlarini loyihalash kerakligi asoslari;
182
- uzatish liniyasining ishonchlilik ko‘rsatkilariga talablar va ularni
turli ta’sirlardan, shuningdek ruxsatsiz ulanishlardan himoyalash
bo‘yicha tadbirlarga talablar;
- uzatish liniyasining telekommunikatsiya tarmog‘idagi boshqa
inshootlari va ularning tarkiblari bilan o‘zaro aloqasi;
- favqulodda holatlarga tadbirlar;
- uzatish liniyasidan foydalanishni tashkil etish, ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablar;
- seysmiklik, ekinli gruntlar guruhi, suvli va boshqa to‘siqlar va va
b.q. haqida dastlabki ma’lumotlar;
- kapital qo‘yilmalarning o‘lchamini belgilovchi qurilishning
mehnat
sig‘imi,
material
sig‘imi
va
kapital
qo‘yilmalar
samaradorligining solishtirma ko‘rsatkichlari;
- texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari va moliyalashtirish manbalari;
- uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishning boshlanish
va tugatish muddatlari.
- loyiha variantlarini amalga oshirish samaradorligini texnik
iqtisodiy baholash;
-
telekommunikatsiya
tarmoqlarining
ekspluatatsiyasi
va
boshqarishning zamonaviy texnologiyalari;
- taktli tarmoq sinxronizatsiyasi va b.q.
YAngi
telekommunikatsiya
texnologiyalarini
ishlatishda,
namunaviy va bunga o‘xshash loyihalar mavjud bo‘lmaganda, aloqaning
murakkab inshootlarini loyihalash ikki bosqichda olib boriladi (ikki
bosqichli loyihalash). Bunda ishchi loyiha xujjati loyihaning muhim
xujjati hisoblanadi.
Loyiha bir qator zarur bo‘limlardan iborat:
183
- umumiy tushintirish yozuvi;
- ishlab chiqarish texnologiyasi;
- qurilish qarorlari;
- qurilishni tashkil etish;
- aholi turar joylarining qurilishi;
- ishchi xujjatlarni tutish va b.q.
«Umumiy tushintirish yozuvi» loyihalashga boshlang‘ich
ma’lumotlarni, texnik-iqtisodiy hisoblarning bajarilish natijalarini va
ularni eng yaxshi an’anaviy va xorijiylarining ko‘rsatkichlari bilan
taqqosiy farqini ko‘rsatadi. Bu bo‘limda materiallar, yoqilg‘i-energetik
va mehnat resurslariga ehtiyoj va ularni ta’minlash yo‘llari haqida
ma’lumotlar; ob’ektning tarkibi, qurilish tarkibi, ishga tushirish
komplekslari va asosiy ishlarning xajmi, muxandislik tarmoqlari
bo‘yicha qarorlar, ekologiya va atrof muhit himoyasi va favqulodda
holatlar haqidagi ma’lumotlar bayon etiladi. Loyiha qarorlarining
boshqa tashkilotlar bilan muvofiqlik masalalari va talab, norma, qoida,
yo‘riqnoma va standartlarning kelgusi qurilishning barcha jabhalarida
rioya etilishi, albatta yoritilgan bo‘lishi kerak. Bu xujjatga quyidagi
asosiy
chizma
va
sxemalar
ilova
qilinadi:
mavjud
va
loyihalashtirilayotgan tashqi kommunikatsiyalar va muxandislik
tarmoqlari ko‘rsatilgan holat plani; mavjud, loyihalashtiriladigan yoki
rekonstruksiya qilinadigan inshootlar, shuningdek chetlashtirish, olib
tashlash lozim bo‘lgan inshootlar va b.q. aks ettirilgan asosiy plan
sxemasi, plani va trassaning bo‘ylama profili.
«Ishlab chiqarish texnologiyasi» bo‘limi ishlab chiqarish – hisob
dasturiga,
texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirish
va
mexanizatsiyalash va ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha qarorlarga
ega. Loyihaning bu qismi, uzatish liniyalarining uskunalarini texnik
ekspluatatsiyasini tashkil etishda axborot texnologiyalarining keng
ko‘llanilishi bo‘yicha prinsipial, asosiy qarorlarni aks ettiradi. Bo‘lim
184
texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning
asosiy, prinsipial sxemalari va energiya bilan ta’minlash va aloqani
tashkil etishning tuzilish sxemalari bilan uzatib beriladi.
«Qurilish qarorlari» bo‘limi asosiy qurilish qarorlarining qisqacha
ta’rifi va asoslariga, ularning zamonaviy qurilish texnologiyalariga
mosligiga, shuningdek elektr, portlash, yong‘in xavfsizligi, inshootlarni
turli xildagi korroziyalardan himoyalash bo‘yicha, suv bilan ta’minlash,
kanalizatsiya, issiqlik, xavoni ventilyasiyasi – shamollatish bo‘yicha
tadbirlar ro‘yxatiga, shuningdek favqulodda holatlar bo‘yicha qarorlarga
ega.
«Qurilishni tashkil etish» bo‘limida loyiha xujjatlarining tarkibi,
xajmi va tuzilishi, uning qurilishni tashkil etish loyihalarini va ishlab
chiqarish loyihalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnomalarga mosligi
ko‘rsatiladi.
«Aholi turar joylarining qurilishi» bo‘limida bu turdagi
qurilishning xajmi va loyihalashtirilayotgan optik uzatish liniyasining
ishga tushirish komplekslarini foydalanishga kiritishni ta’minlovchi,
qurilish ketma-ketligi o‘rnatilgan detalli rejalashtirish bo‘yicha qarorlar
asoslanadi.
Loyiha tugashida smeta xujjatlari va loyiha pasporti tuziladi, bunda
aholi turar joylarining qurilishi chiqarib tashlanadi.
«Ishchi xujjatlar» bo‘limi o‘zida ikki bosqichli loyihalashda loyiha
xujjatini namoyon etib, qurilish narxini aniqlash va smeta hisoblari
to‘plamini va smetani tuzish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar,
yo‘riqnomalar va standart talablariga mos holda bajarilgan, ishchi
chizma va smetalarni o‘z ichiga oladi. Ishchi xujjatga qurilish montaj
ishlarini ishlab chiqish, texnologik, energetik, transport uskunalarini va
ular bilan bog‘liq kommunikatsiyalarni o‘rnatish chizmalari ilova
qilinadi.
Loyiha xujjatlarini tayyorlash, uzatish liniyasining kelgusi qurilish
sharoitlarini
va
ularning
uskunalarini
foydalanishga
tushirish
185
sharoitlarini to‘liq o‘rganish maqsadida, izlanish ishlari majmuasini
o‘tkazishni talab etadi. Izlanish ishlari iqtisodiy va texnik ishlarga
bo‘linadi.
Iqtisodiy izlanishlar qurilish ko‘zda tutiladigan joyning
iqtisodiyotini, xom ashyo va yoqilg‘i olish imkoniyatlarini o‘rganish,
qurilishni mahalliy materiallar bilan ta’minlash va bo‘lajak korxonaning
qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlash uchun mahalliy aholini jalb etish
maqsadida olib boriladi. Iqtisodiy izlanishlar faoliyatdagi inshootlar
haqidagi va ularni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish imkoniyatlari
haqidagi axborotlarni beradi.
Texnik muxandislik izlanishlari bo‘lajak qurilish rayonining
topografiya, geologiya, metrologiya va boshqa sharoitlarini, ya’ni uning
tabiiy sharoitlarini o‘rganish uchun olib boriladi. Bu izlanishlar, bu
ishlarni bajarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, maxsus izlovchi
tashkilot tomonidan bajariladi.
Loyiha va ishchi loyiha tasdiqlangunga qadar, mos keluvchi
institutlarga ekspertiza va himoyaga beriladi. Tasdiqlanish xujjatlari
bilan birgalikda loyiha – smeta xujjatlarining to‘liq majmuasi
buyurtmachi va bosh loyihachida saqlanadi. Yangi tarmoqlarni
yaratishda va mavjudlarini modernizatsiyalashda kompyuterli loyihalash
va modellashtirish usullaridan foydalanish, raqobatga qobiliyatli
tarmoqlarni qurishga zamonaviy yondashuv hisoblanadi.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zgartirishning soddaligi, grafik
ko‘rinishda tasvirlangan ma’lumot va natijalarning aniqligi, natijalarni
olish tezligi, loyiha xujjatlarining olinadigan formalarining turliligi
sababli
loyihalashning
zamonaviy
kompbyuterli
usuli qo‘lda
bajarilgandagisidan foydaliligi va qulayligi bilan farqlanadi. Bundan
tashqari, kompyuterli loyihalash optimallashtiruvchi algoritmlarni
ishlatish afzalliklari hisobiga loyiha qarorlarining optimallashuvini
ta’minlaydi.
|