Loyihalashning asosiy bosqichlari




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

10.3. Loyihalashning asosiy bosqichlari 
Uzatish liniyasini loyihalashda quyidagi masalalar echiladi: 

Uzatish liniyasining trassasini tanlash; 

Oxirgi va oraliq punklarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari; 

Talab etiladigan kanallar sonini asoslash va hisoblash; 

Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish va boshqalar.
Uzatish liniyasining trassasini tanlash texnologik loyihalash 
normalariga muvofiq izlanish jarayonlarida amalga oshiriladi. Trassa 
uzunligi minimal bo‘lishi kerak. Trassaning shahardan tashqaridagi 
qismi avtomobil yo‘llari bo‘ylab, o‘pirilish va cho‘kish bo‘lmasligi 
uchun qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan erlar, shuningdek 
kemiruvchi xayvonlar bo‘lmagan erlar bo‘ylab o‘tishi kerak. 
Loyihalashda turli xildagi er osti kommunikatsiyalarning, yuqori voltli 
liniyalarning va elektr temir yo‘llarining joylashuvini hisobga olish 
kerak. Trassaning mos keluvchi ob’ektlar bilan kesishuvi va 
yaqinlashuvini loyihalash normativ xujjatlarda aniqlanadi. 
Aholi punktlarida trassa asosan mavjud yoki loyihalashtirilayotgan 
kabelli kanalizatsiya bo‘ylab, tonnellarda va ayrim xollarda erda o‘tishi 
kerak. Trassa bo‘ylab punktlar orasidagi masofa izlanishlar jarayonida 
aniqlanadi. Bunda trassaning bir necha variantlari tanlanadi, ular eng 
afzal variant deb tanlangan uzatish liniyasining xolat plani ko‘rinishida 
aks ettiriladi.
Elektrik hisoblashlar uchun punktlar orasidagi masofa, trassaning 
to‘g‘ri emasligini va ularni aylanib o‘tishda kabel bukilishlarini hisobga 
oluvchi, kabel uzunligi bo‘yicha aniqlanadi. Odatda kabellar uzunligi 
mos keluvchi trassa uchastkasi uzunligidan oshadi. Normativ zapaslar 
mos keluvchi uchastka uzunligidan o‘rtacha 2% ni tashkil etadi.
Kabelli liniya trassasi shunday tanlanadiki, xamma punktlarni 
(loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutilgan) aloqa bilan ta’minlashda 


187 
inshootlarga va uzatish liniyasining ekspluatatsiyasiga sarf etiladigan 
xarajatlar minimal bo‘lishi kerak. 
Trassaning optimal variantini tanlash quyidagi me’zonlar bo‘yicha 
olib boriladi:
-
qurilishga minimal kapital xarajatlar; 
-
minimal ekspluatatsiya xarajatlari; 
-
xizmat ko‘rsatish qulayligi. 
Ko‘rsatilgan me’zonlarni qoniqtirish uchun trassa berilgan punktlar 
orasida eng qisqa masofa va qurilishni murakkablashtiruvchi va 
qimmatlashtiruvchi, to‘siqlarning eng kam soniga ega bo‘lishi kerak. 
Agar kabelni avtomobil yo‘li bo‘ylab yotqizish, trassani juda ham 
uzunlashtirib yuborsa, trassa kabelini to‘g‘rilashga ruxsat etiladi.
Suvli to‘siqlarni kesib o‘tish uchun eng kichik kenglikka ega joy 
tanlanadi.
Ko‘rilgan variantlarning qiyosiy taxlil natijalari jadval ko‘rinishida 
rasmiylashtiriladi, tomonlar yo‘nalishi va masshtab ko‘rsatilgan 
kartadan nusxa olinadi va shartli belgilar qo‘yiladi.
Oxirgi va oraliq punktlarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari, 
tanlangan oxirgi va trassada joylashgan oraliq punktlar orasida 
aloqaning tashkil etilishini asoslash uchun zarur. 
Turli xildagi telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha tanlangan 
punktlarning bir-biriga intilishi, punktlarning ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma’daniy rivojlanganlik darajasiga, birinchi navbatda aholi soniga 
bog‘liq. Shuning uchun xarakteristikada oxirgi ro‘yxatga olish 
ma’lumotlari bo‘yicha aholi soni, og‘ir va engil ishlab chiqarish 
korxonalari haqidagi moliyaviy-kredit va investitsiya muassasalari, 
ma’daniyat markazlari, ilmiy tadqiqot markazlari va o‘quv yurtlari, 
transport va aloqa, savdo-sotiq va b.q. haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Keltirilgan ma’lumotlar asosida belgilangan aholi punktlarining 
bir-biriga intilish darajasi haqida, ularni turli xildagi telekommunikatsiya 
xizmatlari bilan ta’minlash haqida xulosa qilinadi.


188 
Berilgan aholi punktlarini bog‘lovchi, kerakli kanallar sonini 
hisoblash va asoslash, bu punktlardagi aholining soniga va aholining 
ayrim guruhlarining o‘zaro aloqa va turli xildagi xabarlar bilan 
almashinuviga qiziquvchanlik darajasiga bog‘liq. Istalgan aholi 
punktidagi aholi soni oxirgi ro‘yxatga olishning statistik ma’lumotlari 
asosida aniqlanishi mumkin. Istiqbolli loyihalashda aholining o‘sishini 
e’tiborga olish kerak. Istiqbolli loyihalash yili hozirgi vaqtga nisbatan 
5...10 yil oldinga qabul qilinadi.
Bir abonent hosil qiladigan solishtirma yuklamani, berilgan 
yo‘qotishlar qayd etilgan ulanishlarni va loyihalashtirilayotgan 
magistralniig ma’lum punktlarida telefon zichligini hisobga olish bilan 
dastlabki telefon kanallarining soni aniqlanadi.
Turli vazifali telekommunikatsiyalarni (ovozli signallarni uzatish, 
telegraf aloqasi, ma’lumot signallarini uzatish, televidenie kanallari va 
mobil radio aloqa roumingini tashkil etish, internet tarmog‘iga va h.k.) 
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kanallar soni, ma’lum punktlarning 
telefon kanallari soni va telefon zichligi orqali ifodalanishi mumkin. 
Telekommunikatsiya kanallarining umumiy soni ARK-asosiy raqamli 
kanal yoki TCHK-tovush chastotali kanallarning ekvivalent sonidan 
kelib chiqadi.
Uzatish tizimi va kabel turini tanlash birlamchi telefoniya 
tarmog‘ini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirishni e’tiborga 
olgan holda amalga oshiriladi:
-
kabel va raqamli uzatish tiziimlarini qo‘llash bilan yangi 
magistrallarni qurish; 
-
mavjud magistrallarni optik kabellarni va optik uzatish 
tizimlarini qo‘llash bilan rekonstruksiya qilish. 
RUT va kabel turini tanlash uchun loyihalashtirilayotgan raqamli 
uzatish liniyasining vazifasi, talab etiladigan aloqa masofasi, oxirgi va 
oraliq punktlar orasida talab etiladigan raqamli oqimlar soni haqidagi 
axborot kerak. 


189 
Rekonstruksiya qilish xolatida aloqani tashkil etishning variantini 
tanlash va turli tipdagi TOUT qo‘llanilganda bir turdagi kabel uchun 
kapital va yillik ekspluatatsiya xarajatlarini taqqoslash asosida olib 
boriladi. 
Kabel markasi trassadagi erning xarakteri, kabelni yotqizish 
usuliga bog‘liq holda tanlanadi. Barcha hollarda RUT kanal va 
traktlarining zaruriy sifat ko‘rsatkichlarining saqlanilganligi, raqamli 
uzatish liniyasining iqtisodiy samaradorligi eng asosiy shart hisoblanadi.
Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish quyidagi talablarni 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Raqamli liniya trakti oxirgi 
punktlar (OP) ning uzatuvchi va qabul qiluvchi liniya trakti uskunalari 
(LTU) dan, xizmat talab qiladigan (XTQRP) va xizmat talab 
qilmaydigan 
regeneratsiyalash 
punktlari 
(XTQyRP) 
dan, 
regeneratsiyalash uchastkalari (RU) dan va optik kuchaytirish punktlari 
(KU) dan tarkib topgan. 
XTQyRP OP yoki XTQRP dan distansion manba bilan 
ta’minlanadi, shuning uchun ularni imkon qadar tejamli qilib 
tayyorlashga intilinadi. 
XTQyRP ni ta’minlovchi OP va XTQRP orasidagi masofa 
distansion ta’minot (DT) masofasi deyiladi va har bir RUT ning pasport 
ma’lumotlaridan biri hisoblanadi.
OP-XTQyRP, 
XTQyRP-XTQyRP 
yoki 
XTQyRP-XTQRP 
orasidagi masofa regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi deyiladi. RUT 
ning optik kabeli RU uzunligi uning energetik potensialiga, ya’ni 
maksimal qoplanadigan so‘nish va optik kabel turiga bog‘liq [123]. 
Dispersiya buzilishlari uncha katta bo‘lmagan hollarda va to‘lqin 
uzunligi bo‘yicha ajratilgan TOUTda kuchaytirish punktlarini qo‘llash 
maqsadga 
muvofiq. 
Kuchaytirgichlarning 
soni 
shovqindan 
himoyalanganlik talablaridan kelib chiqqan holda chegaralanadi. 
Buzilishlar darajasi yuqori, shovqindan himoyalanganlik talab doirasida 
bo‘lmaganda liniya traktida kuchaytirish punktlari bilan birgalikda 


190 
ma’lum masofalardan keyin regeneratsiyalash punktlarini ham 
joylashtirish zarur.

Download 3,98 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish