• Nazorat savollari
  • 10-BOB. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINI LOYIHALASHTIRISH ASOSLARI 10.1. Uzatish tizimlari va liniyalarini loyihalashga tizimli yondoshish asoslari
  • FTTC Osma Mikrotrubkali havo kabel tizimini qurish




    Download 3,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/81
    Sana15.06.2024
    Hajmi3,98 Mb.
    #264042
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
    Bog'liq
    telekommunikatsiya tarmoqlari

     
    FTTC Osma Mikrotrubkali havo kabel tizimini qurish 
    Ushbu texnologiyadan foydalanish asosan Yevropa davlatlarida 
    amalga oshmoqda. Bunday usulda kabel liniyasini qurishda tayanchlarga 
    osiluvchi mikrotrubkali kabellar qo‘llaniladi. 


    174 
     
    9.14-rasm. Tayanchlarga osiluvchi mikrotrubkali kabellar 
    Ushbu mikrotrubkali kabellar tayanchlarga osib chiqiladi. Bunda 
    kabellarga 2 ta fider klaster kabellar uchun va 8 ta drop kabellar uchun 
    kanallar mavjud. 
    Bunday mikrotrubkali kabellar maxsus qobiqqa yega bo‘lgan 
    kabellar yotqiziladi.Havo bosimi orqali yotqizish ishlari amalga 
    oshiriladi.Abonentni ulashda kabeldan aloxida trubka ajratiladi va u 
    abonentning uyigacha tortilgan bir trubkali kabelga tulanadi.Uydan yoki 
    optik ajratuvchi muftadan pnevmo o‘tkazish amalga oshiriladi. 
    Nazorat savollari 
    1.
    Wi-Fi tarmoqlari xususiyatlari qanday? 
    2.
    Wi-MAX tarmoqlarining qo’llanish xususiyatlari qanday? 
    3.
    DSLAM qurilmasi qanday tarmoqlarda qo’llaniladi? 
    4.
    DSLAM ning modullari qanday? 
    5.
    Optik aloqa tizimalrining qurilishining turlari? 
    6.
    Vertikal usuldagi havo optik aloqa liniyalari. 
    7.
    Gorizontal usuldagi havo optik aloqa liniyalari. 
    8.
    Mikrokabelli optik aloqa liniyalari. 
    10-BOB. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINI 
    LOYIHALASHTIRISH ASOSLARI 
    10.1. Uzatish tizimlari va liniyalarini loyihalashga tizimli 
    yondoshish asoslari 
    Loyihalashga tizimli yondashuv, yakuniy maqsadlarga erishishga 
    juda ham sezilarli ta’sir etuvchi, alohida qismlarning o‘zaro ta’sirini 
    hisobga olgan holda, muayyan sharoitlarda aniq funksiyalarni 
    bajaruvchi, to‘liqligicha yagona ob’ekt sifatida tizim va uning ishlashini 


    175 
    o‘rganishni 
    ko‘zlaydi. 
    Bunda 
    sistemologiya, 
    sistemotexnika, 
    operatsiyalarni tadqiq etish nazariyasi va matematik dasturlash 
    nazariyasi kabi tizimli fanlarning metodologiyasi va matematik apparati 
    muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin.
    Tizimli yondashuv turli loyihalash bosqichlari (dastlabki effekt, 
    texnik loyiha, ilmiy tadqiqot ishi va b.q.) da amalga oshirilishi mumkin, 
    biroq eng samarali effektga tizimning tuzilish sxemasi tanlanadigan va 
    uning 
    asosiy 
    parametrlari 
    baholanadigan, 
    dastlabki 
    loyihalash 
    bosqichida erishiladi. 
    Optimal loyihalashga tizimli yondashuvning asosiy prinsiplarini 
    quyidagicha ifodalash mumkin: 
    1. Optimal qismdan tarkib topgan tizim, umumiy holda optimal 
    hisoblanmaydi. To‘liq holda tizimni optimallashtirish, qismlar bo‘yicha 
    optimallashtirish bilan almashtirilganda, ko‘pincha xato xulosalarga olib 
    kelishi 
    mumkin. 
    Qismlar 
    bo‘yicha 
    optimallashtirish 
    to‘liq 
    optimallashtirishdagidek natijalarga olib keladi, faqatgina shu holdaki, 
    qachonki tizimning bir qismining parametrlari boshqa qismining 
    parametrlarini tanlashga ta’sir etmasa, bu amaliyotda nisbatan kam 
    uchraydi. 
    2. Tizimni optimallashtirish son bo‘yicha aniq va yagona, 
    optimallash-tirish maqsadini matematik ko‘rinishda aks ettiruvchi, 
    mezon bo‘yicha olib borilishi kerak. Tizimning optimallashtiriladigan 
    parametrlarining funksiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘lgan, optimallik 
    mezoni maqsad funksiyasi deb ataladi. Qoida bo‘yicha u yoki bu usullar 
    bilan o‘zaro bog‘liq, bir necha optimallik mezonlarining mavjudligi, 
    jarayonni logik tugagungacha etkazishga imkon bermaydi, son bo‘yicha 
    aniq mezonning mavjud emasligi ishlab chiqaruvchi tomonidan uning 
    oldiga qo‘yilgan vazifani etarlicha tushinmasligi xaqida dalolat beradi. 
    3. Tizim optimallashtirilishi kerak, qachonki optimallashtiriladigan 
    parametrlarga 
    sonli 
    aniq 
    chegaralar 
    berilsa. 
    Optimallashtirish 
    sharoitlariga bog‘liq bo‘lgani uchun tizimning optimalligi doimo nisbiy, 


    176 
    shartli. Shuning uchun optimallashtirish sharoitlari real sharoitlar bilan 
    etarlicha aniq mos kelishi kerak. 
    Optimal tizimlarni loyihalash matematik usullar bilan amalga 
    oshiriladi, bunda tizimning matematik ifodasiga, ya’ni uning matematik 
    modelini ishlab chiqishga zaruriyat yuzaga keladi. Matematik model 
    asosini tizimning tashqi va ichki parametrlari o‘rtasidagi analitik 
    nisbatlar (aloqa tenglamalari) tashkil etadi. Tashqi parametrlar tizimni 
    foydalanuvchi nuqtai nazaridan ta’riflaydi. Xususan, bunday parametrlar 
    xalaqitlarga bardoshlilik, kanallar soni, o‘tkazish qobiliyati, ishonchlilik, 
    narxi, gabarit o‘lchami, og‘irligi va b.q. bo‘lishi mumkin. Ichki 
    parametrlar tizimni ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan ta’riflaydi. 
    Uzatish tizimlari uchun bunday parametrlar quyidagilar hisoblanadi: 
    modulyasiya turi, kod turi, o‘zgartirish pog‘onalarining soni, 
    qo‘llaniladigan elementlarning turi va b.q. Keyingi boblarda keng 
    ishlatilinadigan, analitik ko‘rinishdagi tizimning tashqi va ichki 
    parametrlari o‘rtasidagi aloqa tenglamalari quyidagi natijalardan olinishi 
    mumkin: 
    - nazariy tadqiqotlar (masalan, xalaqitga bardoshlilik, o‘tkazish 
    qobiliyati, ishonchlilik va b.q. uchun aloqa tenglamalari), 
    - texnik – iqtisodiy hisoblashlar (masalan, narx – navo, keltirilgan 
    xarajatlar va b.q. uchun aloqa tenglamalari), 

    eksperimental 
    bog‘liqliklar 
    yoki 
    emperik 
    ma’lumot 
    approksimatsiyasi (masalan, xatolik ehtimolligi, nutq signallarining 
    aniqligi va b.q. uchun aloqa tenglamalari), 
    - tizim yoki uning kichik tizimlarini EHM da imitatsion 
    modellashtirish natijasida (masalan, qo‘llaniladigan kod turiga bog‘liq 
    holda xalaqitlardan himoyalanganlik yoki xatoliklar xarakteriga bog‘liq 
    holda sinxronizatsiya tizimi parametrlari uchun aloqa tenglamalari). 
    Aloqa tenglamalaridan ba’zilari ehtimolli xarakterga ega, chunki 
    signal, kanal va xalaqitlarning statistik xarakteristikalarini e’tiborga 
    oladi. 


    177 
    Optimallashtirish masalasini echishda birinchi bosqichda ro‘yxat 
    tuziladi, ya’ni e’tiborga olish kerak bo‘lgan omillar tanlanadi. Bu 
    omillarni ishlatishning ruxsat etilgan chegaralarini aniqlash kerak. 
    Bundan kelib chiqib, mumkin bo‘lgan ruxsat etilgan echimlar doirasi 
    aniqlanadi. Keyingi bosqichda mezon va chegaralar tanlanadi. Maqsad 
    (maqsadlar) loyihalashtiriladigan tizimning istalgan (maqsad etilgan) 
    xolati sifatida, ya’ni rivojlantiruvchi natija sifatida aniqlanadi. Aytib 
    o‘tilgandek, maqsadga erishish ko‘pgina xolatlarda, tizimning tashqi va 
    ichki parametrlarining qiymati kabi ehtimolli xarakterga ega va nimani 
    bajarish mumkin bo‘lishidan ajralmaydi. Shu tarzda, maqsadlar ularga 
    erishish vositalaridan ajralmagan, bu maqsadlarga erishish doimo 
    chegaralangan. Natijada, qoida bo‘yicha, maqsadlar ierarxiyasi 
    shakllanadi, ulardan biri (asosiylari) mezonlar vazifasida, boshqalari 
    chegara vazifasida namoyon bo‘lishi mumkin. Bunda ularni qarama – 
    qarshi qo‘yish mumkin emas, oldin mezon bo‘lganlar, keyinchalik 
    chegara bo‘lishi mumkin va aksincha.
    Mezon – qaror qabul qilishning tanlangan variantining maqsadga 
    muvofiqligini baholash imkonini beruvchi ko‘rsatkich. Mezonning 
    matematik ta’rifi – mezonli yoki maqsadli, funksiya. 
    CHegara – ko‘riladigan variantlar sonini chegaralovchi, omillar. 
    Agar analitik ifoda yordamida u yoki bu Z masalaning maqsadini va 
    unga erishish vositalari x
    i
    ni bog‘lashga erishilsa, unda maqsadli yoki 
    mezonli, W funksiya olinadi:
    Z = W (X, T), 
    bu erda, X – boshqariluvchi o‘zgaruvchilar (maqsadga erishish 
    vositalari); T – chegara (yo‘naltirilgan o‘zgaruvchilar). 
    Minimum yoki maksimum Z – optimallashtirish mezoni, qabul 
    qilingan qaror samarasining chegaraviy o‘lchovini sonli ifodalovchi: 
    Z
    min (maks)
    = W* (x
    1
    *, x
    2
    *,…, x
    m
    *, T), 


    178 
    bu erda, x
    i
    * - T chegaralarda boshqariluvchi o‘zgaruvchilarning 
    optimal qiymatlari, i = 1, m. 
    Optimallashtirish masalalarini to‘g‘ri va teskari tashkil etish usullari 
    farqlanadi. Masalan, to‘g‘ri tashkil etishda mezon sifatida S xarajatlar 
    (kapital, ekspluatatsion va b.q.) birinchi o‘rinda turadi, lekin E qaror 
    (ishonchlilik, xalaqitbardoshlilik, o‘tkazish qobiliyati, regeneratsiyalash 
    uchastkasi uzunligi va b.q.) ning effekt yoki samaradorligi chegara 
    hisoblanadi: 
    S
    min
    = min (S
    1
    , S
    2
    , …, S
    m
    ), E ≥ E
    te

    bu erda, E
    te
    – effektning talab etiladigan qiymati (masalan, tayyorlik 
    koeffitsienti). 
    Masalani teskari tashkil etishda mezon sifatida effekt (qaror 
    samaradorligi) birinchi o‘rinda turadi, xarajatlar esa chegara hisoblanadi:
    E
    maks
    = maks (E
    1
    , E
    2
    , E
    m
    ), C< S 
    r.e

    Bu erda, S 
    r.e
    – ruxsat etilgan xarajatlar. 
    Axborotlashtirilganligiga bog‘liq holda optimallashtirish masalasi 
    quyidagi sharoitlarda echilishi mumkin: 
    - aniqlilik, qachonki tizimning tashqi va ichki parametrlari bir 
    qiymatli aniqlanganda; 
    - stoxastik (tavakkal, xavfli sharoitlarda), qachonki parametrlar 
    qiymati tasodifiy xarakterga ega bo‘lsa, lekin ehtimolli xarakteristikalar 
    bilan aniqlanishi mumkin; 
    - noaniqlilik, qachonki parametrlar qiymati noma’lum bo‘lsa, ya’ni 
    xattoki ularning ehtimollik xarakteristikalari mavjud bo‘lmaydi. 
    Optimallashtirish masalalarini echish uchun qo‘llaniladigan, eng 
    keng tarqalgan matematik metodlarga, aniqlilik sharoitlarida chiziqli va 
    dinamik dasturlash usullari kiradi, tavakkal va xavfli sharoitlarda – 


    179 
    statistik sinash usullari (Monte – Karlo usuli), noaniqlilik sharoitlarida – 
    ierarxiyalarni taxlil qilish usullari kiradi [123]. 

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




    Download 3,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FTTC Osma Mikrotrubkali havo kabel tizimini qurish

    Download 3,98 Mb.
    Pdf ko'rish