Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

Sirocco kabel tizimi
– FTTC tarmog‘ini qurish uchun Prysmian 
Cables&Systems asosida bo‘lgan Sirocco optik tolalarini pnevmo-
yotqizish texnologiyasi yotadi. 
9.9-rasm
 
Sirocco optik tolalari 
 
9.3.3. FTTC asosida qishloq xududlarida optik kirish 
tarmoqlarni havo aloqa liniyalarini qurish 
Qishloq xududlarida optik kabellar asosida abonent kirish 
tarmoqlarini qurishda qo‘llanilaligan FTTC optik kabel tizimlarining 
mumkin bo‘lgan turlari: 

Kabellarni vertikal joylashtirishli havo kabel liniyasi; 

Kabellarni gorizontal joylashtirishli havo kabel liniyasi; 

Optik kabellarni osuvchi troslarga biriktirib olish usuli; 

Mikrokanalli osiluvchi kanalizatsiyali havo aloqa liniyasini 
qurish. 
 


169 
FTTCning havo kabel tizimini qurishda kabellarni 
vertikal xolatda joylashtirish usulini qo‘llash 
Tarqatish 
uzillarini 
klaster 
kabellarga 
ulashda,tayanchning 
qoniqarli tashqi ko‘rinishini saqlash maqsadida tayanchga osib 
qo‘yiladigan buxta ko‘rinishidagi zaxira kabellarni saqlash zaruriyati 
bo‘lmagan montaj usullaridan foydalaniladi. Abonent ulanish tuguni 
bo‘lgan muftalar, panellar va shkaflar abonentlar bog‘lanishi uchun 
optik razyomlarga(ajralib ulanuvchiga) ega bo‘lgan kroslarga ega 
bo‘lishi lozim,aks xolda drop kabellar zaxirasining buxtasi paydo 
bo‘ladi. Bu esa yuqorida aytilganidek tayanchning tashqi ko‘rinishini 
buzilishiga olib keladi. Abonentlar ulanish tuguni qanchalik ko‘p ulanish 
portlariga ega bo‘lsa, ikki tayanch o‘rtasida bir vaqtda shuncha kabellar 
joylashadi. Quyidagi 9.10-rasmda FTTC havo aloqa liniyasini qurishda 
optik kabellarni tayachlarga vertikal usulda osish texnologiyasi 
qo‘llanilishi keltirilgan.
9.10-rasm FTTC havo aloqa liniyasini qurishda optik kabellarni 
tayanchlarga vertikal usulda osish texnologiyasi qo‘llanilishi 
Ushbu rasmda optik kabelli havo aloqa liniyalarini qurishda asosan 
oldindan mavjud bo‘lgan elektr uzatish tizimlarining tayanchlaridan 
foydalaniladi. Chunki xar qanday axoli yashashi punktiga albatta elektr 
ta’minot liniyasi tortilgan bo‘ladi. Bu odatda tayanlarga osish orqali 
xosil qilinadi. Shuning uchun optik kabelli havo aloqa liniyalarini 
qurishda ushbu mavjud tayanchlardan foydalanish, ham qurilish 


170 
muddatini qisqartirsa, ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Lekin 
bunda texnik sharoitga bog‘liq ravishda bir qator qoidalarga rioya qilish 
lozim. 
Tayanchga osilgan optik kabellarning eng yuqorida joylashgani 
bilan elektr uzatish tarmog‘i kabeli bilan orasidagi masofa 40 smdan 
kam bo‘lmasligi lozim. Bu elektr uzatish liniyasini bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan ta’sirini xisobga olgan xolda belgilangan. Eng quyida 
joylashgan kabeldan Yergacha bo‘lgan masofa esa 5 metrdan kam 
bo‘lmasligi lozim. Tayanchga osilgan optik kabellar orasidagi masofa 
esa qat’iy tartibga solinmagan va 15-20 smni tashkil etishi mumkin. 
Tartibga soluvchi xujjatlarga muvofiq tayanchlarga osiluvchi optik 
kabellar kamida 3kN yuklanishga chidamli bo‘lishi lozim. 
Yuqorida bayon qilingan optik kabellarni tayanchlarga osish 
uchun, ya’ni kabellarni vertikal osish usuli o‘ziga xos afzallik va 
kamchiliklarga ega. Xususan, bunday usulda optik havo aloqa liniyasi 
qurilganda ushbu tayanchlarga osilgan elektr uzatish tizimi kabellariga 
xizmat ko‘rsatishda deyarli muammolar yuzaga kelmaydi. 
Ammo tayanchlarga osiluvchi optik kabellar sonining ortib ketishi 
bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Xususan tayanchlardagi kabel 
tizimining gabaritini ortib ketishi, optik kabellar va elektr uzatish 
kabellari orasidagi yoki optik kabellar va yer ostidagi masofaga 
qo‘yilgan talablarni bajarilmasligiga olib keladi. Bir so‘z bilan aytganda 
bunday usulda kabel liniyalari qurishda kabellar sonining chegaralanishi 
mavjud. 

Download 3,98 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash

Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish