162
9.2. Keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishda xDSL
ning qo’llanilishi
xDSL texnologiyasi yuqorida takidlanganidek bugungi kunda keng
qo’llanilishga ega. Undagi asosiy qurilmalar stansion DSLAM qurilmasi
va abonentlar tomondagi chastita bo’yicha splitter va foydalanuvchi
modemlaridir. Stansiya tomonida qo’llaniluvchi qurilma DSLAM ko’p
sondagi foydalanuvchilarni raqamli abonent
liniyasiga ulanishlarini
ta’minlaydi. Masalan ZyXel IES-1000 DSLAM qurilmasi ADSL
tarmog’ining asosiy stansion qurilmasi hisoblanadi.
Internet
provayderlari tomonidan abonentlarga xDSL xizmatlarini taqdim etishda
stansion qurilma sifatida qo‘llaniluvchi ZyXel IES-1000 Modulli IP
NGN-kommutator
(DSLAM)
qurilmasini
texnik
ma'lumotlarini
o‘rganish muhimdir.
IES-1000 – bu kompakt modulli IP NGN-kommutatori bo‘lib unga
Fast Ethernet tarmoq interfeyslariga ega bo‘lgan modullar va telefoniya
modullari yoki ADSL/SHDSL modullari o‘rnatilishi mumkin. Stoykaga
o‘rnatiladigan 19-dyuymli IES-1000M shassisi tarkibiga elektr ta'minot
blogi
va ventilyasiya blogini oladi, shuningdek u “issiq almashtirish”
funksiyasiga ega bo‘lgan ikkita modullar joylashtirish uchun slotga ega.
9.2-rasm. ZyXel IES-1000 DSLAM qurilmasi
IES-1000 kommutatori ADSL/SHDSL – xizmatlarini ko‘rsatuvchi
internet
provayderi
tomonida
joylashadi
va
ADSL/SHDSL-
abonentlarining trafiklarini agregatlash
va kommutatsiyalash uchun
xizmat qiladi.
Tasniflari.
Qo‘yilayotgan talablarga va abonentlar ulanishlari
uchun o‘rnatilgan modulga bog‘liq
ravishda bu kommutator ADSL,
ADSL2 + va SHDSL texnologiyalarini qo‘llashi mumkin.
163
IES-1000 kommutatori slotlariga o‘rnatiladigan tarmoq modullari
uch xil modifikatsiyada ishlab chiqiladi. AAM-1008 va SAM-1008
modullari sakkiztagacha ADSL va SHDSL abonentlarini ulashga imkon
beradigan portlarga ega. AAM-1212 – moduli esa ADSL2+
xizmatini
abonentlarga taqdim etish uchun 12 ta portga ega. Shuningdek bu
modullarning keyingi modifikatsiyalari ham mavjud bo‘lib,
ular mos
ravishda AAM1212-51, AAM1212-53 va SAM1316-22 modullaridir.