Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/81
Sana15.06.2024
Hajmi3,98 Mb.
#264042
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
Bog'liq
telekommunikatsiya tarmoqlari

Ethernet texnologiyasi. 
Lokal tarmoq texnologiyasining eng 
keng tarqalgan turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 
Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. 
Ethernet ning yutug’i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. 
Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina 
ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u holda 
tarmoq masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 
100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi yoki optik toladan 


156 
foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni bir tarmoqda jamlash uchun 
bu juda qiyin hamda qimmatga tushishi mumkin. 
4. 
Wi-Fi
texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu 
texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 
metr uzoqlikda, 100 metr ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil 
tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni 
ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari o’rnatilishi lozim 
bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib keladi. 
Muammolardan yana biri shuki, abonent, ya’ni foydalanuvchini bir 
nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda 
ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir. Yuqorida ko’rib chiqilgan 
tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan yuqori 
o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman 
yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narx bo’yicha bugungi operatorlarga 
to’g’ri kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiya’ning 
yangi avlodi bo’lmish IEEE 802.16 standartli Wi-MAX (Worldwide 
Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi 
mumkin. Wi-MAX texnologiyasini kengaytirish va rivojlantirish 
maqsadida 
1999-yilda 
WiMAX-forumi 
ochildi 
va 
Wi-MAX 
texnologiyasiga quyidagi talablar qo’yildi:
1. Katta bo’lmagan hududlarga shu qatori ajratilgan rayonlar, 
chetki (chetlashtirilgan) obyektlar Wi-MAX texnologiyasi asosida 
kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga ega bo’lishi, 
rivojlanayotgan davlatlardagi 1,5 million aholini shu hisob ichidan 100 
ta odam ATs larga ulanmagan va yirik shaharlar bilan simli aloqa orqali 
axborot, ma’lumot almashish sharoitiga ega bo’lmagan aholini 
kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini 
yaratish. 
2. Wi-MAX texnologiyasi orqali Yer kurrasidagi aholining teng 
yarmini kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishga 
erishish.
Wi-MAX texnologiyasining asosiy maqsadlaridan biri universal 
simsiz aloqa orqali katta hududlarga ishonchli, sifatli kommunikatsiya 
va axborot xizmatlaridan foydalanish sharoitini yaratish bo’ldi. Bu 
orqali Wi-MAX texnologiyasi quyidagi farqlarga ega bo’ldi: 

Simli aloqa va yo’ldoshli aloqa tizimlaridagi servis-provayderlarga 
iqtisodiy tomondan effektivligini hal etish va bu orqali faqat potentsial 
abonentlarga erishibgina qolmay, balki bir joydan foydalanuvchi, 


157 
(statsionar) 
abonentlar 
sonini 
oshirish 
bilan 
birga 
ularga 
kommunikatsiya va axborot xizmatlaridan foydalanishni sifatli yo’lga 
qo’yish; 

Simsiz aloqa tizimlari boshqa simli texnologiyalar bilan 
moslashuvchanligi. Bu orqali simsiz aloqa maydonini kengaytirish 
(masshtablashtirish) imkoniyati paydo bo’ladi; 

O’rnatish, ulanish sodda arxitekturasi bu orqali unga ketadigan 
xarajatlarni kamaytirilishiga olib keladi; 

Radioaloqa tizimlarida aloqa qamrab olish hududi uzoqligi muhim 
hisoblanadi. Hozirgi davrda yuqori maydonlarga mo’ljallangan ko’p 
simsiz aloqa tarmoqlarida obyekt va tarmoq oralig’ida to’g’ridan-to’g’ri 
ko’rinishga ega bo’lishi kerak; 

Wi-MAX texnologiyasi tarkibida IP protokollari bo’lganligi 
sababli lokal va korporativ tarmoqlarda qo’llanilishi mumkin.
Wi-MAX
texnologiyasi imkoniyatlari: Wi-MAX texnologiyasi har 
qanday, shu jumladan zich shahar imoratlari sharoitlarida ishlashga, 
aloqa yuqori sifati va malumotlar uzatish katta tezligini ta’minlashga 
imkon beradi. Wi-MAX texnologiyasidan simsiz ulanish nuqtalarini 
tashkil qilib, kompaniyalar bo’limlari o’rtasida tarmoqni tashkil qilib va 
ilgari an’anaviy texnologiyalar sababli imkoni bo’lmagan boshqa 
masalalarni hal etib “oxirgi nuqta” keng polosali ulanishlarni yaratish 
uchun foydalanish mumkin. Wi-MAX texnologiyasi yuqori tezliklarda 
Internetga ulanishni, Wi-Fi tarmoqlariga qaraganda keng zonalarni 
qoplash va ishonchlilikni ta’minlashga imkon beradi. Wi-MAX 
texnologiyasi - bu butun shahar hududida tashkil qilinadigan keng 
polosali simsiz ulanish tarmog’i, resiverdan baza stantsiyasigacha 
masofa esa kilometrlar bilan o’lchanadi. Wi-MAX qayd etilgan, mobil 
va harakatdagi ulanish senariylarini ta’minlaydi. Aloqa bilan ta’minlash 
masofasi-60 km, ulanish tezligi — 60 Mbit/s gacha. Wi-MAX 
texnologiyasi ishlash prinsiplari: Wi-MAX sistemasi ikki asosiy 
qismdan iborat: 
1.
Wi-MAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud 
maxsus ustinga o’rnatilishi mumkin).
2.
Wi-MAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card 
yoki tashqi kartalar form faktori asosida).
Baza stansiyasi va qabul qiluvchi abonent antennasi bog’lanishi 
uchun o’ta yuqori chastota diapazonidan (O’YuCh) foydalaniladi. 2-11 
GHz. Bu bog’lanish agar ideal darajada bo’lsa, unda ma’lumot uzatish 


158 
tezligi 20 Mbit/s gacha bo’ladi. Bu bog’lanish abonent va server orasida 
to’g’ridan-to’g’ri ko’rinish talab etmaydi. Shuni yodda tutish lozimki, 
Wi-MAX texnologiyasi nafaqat «oxirgi nuqta» («so’nggi mil»), balki 
regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda 
bemalol qo’llash mumkin. Qo’shni baza stansiyalari bilan O’YCh (o’ta 
yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri radioaloqa rejimida 
doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s tezlikda 
ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining 
to’g’ridan to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot almashinishi 
bu Wi-MAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy 
olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bog’lanishga 
orada to’siq bo’la olardi. 
9.1-rasm. Wi-MAX stansiyalararo aloqa tarmog’i 
Wi-MAX ning ishlash rejimlari: Fixed Wi-MAX — fiksirlashgan 
kirish. Nomadic Wi-MAX — seansli kirish. Portable Wi-MAX — 
qaytadan joylashtirish rejimi bo’yicha kirish. Mobile Wi-MAX — 
mobillashgan kirish. Fixed Wi-MAX. Fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz 
chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so’nish 
tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to’g’ridan to’g’ri bir biriga 
ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu 
chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo’lmish 


159 
signalning ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 
120 Mbit/s gacha ko’tarilishiga olib keladi. 
Nomadic Wi-MAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol 
joydan joyga ko’chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, 
foydalanishda davom etishi mumkin. Portable Wi-MAX. Portable 
rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda 
avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda 
foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi 40 km/soat dan 
oshmasligi lozim. To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish 
mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tug’diradi. 
Mobile Wi-MAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo’lib, 
foydalanuvchining joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120 
km/soatgacha bo’lganda sifatli aloqani ta’minlay oladi. Mobile 
rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o’tishimiz 
mumkin.
Hozirgi paytda simsiz aloqaning qurilish texnologiyasi soddaligi 
va tizimlararo ma’lumot almashish qulayligi, har qanday ob-havo 
sharoitida aloqani uzatish bir xilligi va simli aloqa liniyalari 
texnologiyalari orqali (bog’langan holda) qulay aloqa qilishi orqali 
samaraliligi 
oshishi 
kabilar 
qulaylik 
yaratmoqda. 
Wi-MAX 
texnologiyasi orqali qo’shimcha xizmatlar yaratish (Internet tizimga 
ulanish qulayligi va yuqori tezlikda ma’lumot almashishi) va ularni 
ishonchli ishlatilishi texnologiya’ning ustuvorligini ko’rsatmoqda. 

Download 3,98 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va loyihalash

Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish