III BOB. O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES KORXONALARINI
INVESTITSIYALASHNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
3.1. O’zbekistonda kichik biznes korxonalari faoliyatiga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirish yo’nalishlari
Mamlakatimizda 2014 yilda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va
kreditlarning ajratilishi 4 563159 million so’mni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Investitsion jozibadorlik ob’ekt sifatida muayyan bir miqyosda, ya’ni bironta
loyiha, korxona, mintaqa, tarmoq hamda mamlakat darajasida ko’rilishi
mumkin. E’tiborli jihati shundaki, mazkur tizimda korxona asosiy tayanch nuqta
hisoblanib, har bir investitsiya loyihasi muayyan bir korxona miqyosida amalga
oshiriladi, ushbu korxona esa iqtisodiy faoliyat turidan kelib chiqib, muayyan
tarmoqqa (sohaga) tegishli bo’ladi. Shuningdek, u ma’lum bir mintaqada
joylashgani sababli mintaqaviy investitsiya jozibadorligini aks ettirsa, barcha
mintaqalar birlashtirilganda mazkur ko’rsatkich mamlakat darajasida aks
ettiriladi
1
.
Jamiyat iqtisodiy hayotida, ya’ni takror ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuvchi har bir xo’jalik sub’yektlari uchun eng zaruriy shartlardan biri bu
muayyan mikdorda moliyaviy mablag’larga ega bo’lish talab etiladi.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, aksariyat tashkil etilayotgan kichik biznes
sub’yektlarida dastlabki sarmoya sifatida o’z mablag’lari (ustav fondi pul
mablag’lari qismi) kam ishtirok etadi. Bu bir tomondan respublikamiz hukumati
tomonidan kichik biznes sub’yektlarini kredit berish mexanizmini rivojlantirish
tufayli kredit resurslarining dastlabki sarmoya sifatida jalb etilishi bo’lsa, boshqa
tomondan ayrim tadbirkorlarda tadbirkorlik qobiliyati mavjud bo’lgan holda
dastlabki jamg’armaning yo’qligini bildiradi.
Bugungi kunda tijorat banklarining oldiga qo’yilgan eng asosiy vazifa
respublikamiz taraqqiyotini belgilovchi sektor - kichik biznes va xususiy
1
Ergashev I. Xizmat ko’rsatish sohasida investitsion jozibadorlikni oshirishning iqtisodiy ahamiyati va omillari./
Iqtisodiyot va ta’lim. 2011 yil, 2-son, 122- b.
42
tadbirkorlikni yetarlicha moliyaviy resurslar va xizmatlar bilan ta’minlashdir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi zich joylashgan xududlarda ishsizlik
muammosini hal qiladi. Shu sababli, bank tizimida kreditlash mexanizmini
takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Respublikamiz Prezidenti tijorat banklari oldiga kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’yektlarini imtiyozli foiz stavkasi va imtiyozli muddatlarda
kreditlashni vazifa qilib qo’ydilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
taraqqiy etishi respublikamiz iqtisodiyotini rivojlanishi bilan bog’liq.
Hozirgi kunda banklar asosan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga
kredit berish va boshqa moliyaviy xizmatlar ko’rsatib kelish bilan
shug’ullanmoqdalar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini
moliyalashtirish banklar tomonidan uch yo’nalish bo’yicha amalga oshirib
kelinmoqda:
o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lari hisobidan;
byudjetdan tashqari jamg’armalar va kredit liniyalari hisobidan;
xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy investorlar kredit liniyalari
hisobidan.
Tijorat banklari kreditlarining katta qismini qishloq xo’jalik mahsulotlarini
qayta ishlaydigan korxonalarga yo’naltirilmoqda. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik
korxonalari
bankdan
olgan
kreditidan
foydalanib,
faol
rivojlanmoqda, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turlarini ko’paytirmoqda,
ichki iste’mol bozorini zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirmoqda, sog’lom
raqobat kuchaymoqda, eng asosiysi, dolzarb muammolardan biri aholini ish
bilan bandlik darajasini oshirilishi ta’minlamoqda va foyda olmoqda.
Tahlil qilish jarayonida shular ma’lum bo’ldiki, banklar tomonidan
iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalari hajmi yildan-
yilga oshib bormoqda. Ushbu kreditlar, asosan ustuvor loyihalarni
moliyalashtirishga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-
quvvatlashga yo’naltirilmoqda.
43
Respublikamizdagi barcha tijorat banklari tomonidan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun amaliy
ishlar olib borilmoqda.
Respublikamizda kichik biznesni kreditlash jarayoniga xalqaro moliya
tashkilotlari, xorijiy hukumatga qarashli va hukumatga qarashli bo’lmagan
notijorat tashkilotlar (donor tashkilotlar)ning beg’araz mablag’larini jalb etish
bo’yicha ham samarali ishlar olib borilmoqda.
O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini investitsiyalashning echimtalab
muammolari bu kreditlar qaytarilishini kafolatlovchi asoslar zaifligi hamda
sug’urta kompaniyalarining kichik biznes kreditlarini sug’urtalashga tavakkal
qilmayotganligi.
Mavjud muammo rivojlangan iqtisodiyotli davlatlarda ham mavjud. Bu
mamlakatlarda tijorat banklari tomonidan kichik biznes loyihalari uchun
ajratilgan kreditlarga davlat kafolatlari beriladi.
O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini investitsiyalash va uning davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada yaxshilash yuzasidan quyidagi tavsiya
va takliflarni amalga oshirish lozim:
-kreditlar qaytarilishini kafolatlovchi davlat dasturini ishlab chiqish va shu
asosda joylarda uning mexanizmini joriy etish;
-sug’urta kompaniyalarining kichik biznes kreditlarini sug’urtalashda
tavakkal qilish jahon usullariga o’tish ko’nikmalarini tezroq hosil qilish;
-banklarning investitsiya faoliyatini takomillashtirish, respublika eksport
salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyalash uchun, xalqaro
moliya bozoridan xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun operatsiyalarni
kengaytirish;
-xorijiy kredit liniyalarini samarali o’zlashtirish; - istiqbolli loyihalar va
ularni faol o’zlashtirishning davlat mexanizmini takomillashtirish;
-kichik biznes loyihalarini amalga oshirishni banklar tomonidan nazorat va
monitoring
qilishni
ta’minlash, shuningdek, bankning bu sohaga
yo’naltiriladigan o’z investitsiyalarini ko’paytirish;
44
-kichik biznes sub’yektlarini kreditlash uchun banklardan ko’shimcha
maxsus jamg’armalar va kredit tarmoqlarini yaratish;
-qarz ta’minoti tizimini engillashtirish;
-ajratilgan kredit mablag’lari, tijorat banklari grantlari va boshka homiy
tashkilotlar hisobiga kichik biznes sub’yektlariga biznes rejalarni ishlab
chiqishga yordam ko’rsatish;
- kichik biznes sub’yektlarini mikrokreditlar bilan ta’minlash hamda nakd
pul ko’rinishidagi mikrokreditlarni hajmlarini oshirish.
Kichik biznesni rivojlantirishning mintaqa - tarmoq dasturlarini ishlab
chiqish va amalga oshirish, xususiy tadbirkorlarning turizm, engil va oziq -
ovkat sanoati, mashinasozlik va metalga ishlov berish, qishloq xo’jaligi
mashinasozligi, avtomobilsozlik, qishloq xo’jaligi, qurilish materiallarini ishlab
chiqarish, transport xizmatlari, qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish, qishloq
xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash kabi tarmoqlarda xususiy korxonalar,
jamiyat va shirkatlar tuzish bo’yicha shaxsiy tashabbuslarini imtiyozli
investitsiyalar berish yo’li bilan rag’batlantirish.
Xulosa
qilib
aytganda,
O’zbekistonda xususiy tadbirkorlikning
rivojlanishini tartibga soluvchi va bu sohani muammolarini hal etish bilan
shug’ullanuvchi davlat dasturi zarur deb o’ylaymiz. Chunki davlat dasturlarini
sarflash shakllarini o’zlashtirish, imtiyozli kreditlar berish hisobiga loyihalarni
amaliy kuzatish xarajatlarini qoplash, sug’urtalash va tijorat kredit
muassalaridan kredit olishda kichik korxonalarga davlat kafolatlari berishga
o’tish kabi omillar kichik tadbirkorlikka jalb qilinadigan moliyaviy resurslarning
kengayishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Bu xuddi shunday davlat ajratmalarida tijorat tuzilmalari, birinchi navbatda,
bank investitsiyalarini ko’paytirish; xorijiy kredit liniyalarni o’zlashtirishni
rag’batlantirish, investitsiya loyihalarining mukammallik darajasini oshirish
imkonini yaratadi. Bular tadbirkorlikning iqtisodiy salohiyatidan to’laroq
foydalanishga va shu orqali milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga, aholi
turmush farovonligini o’stirishga xizmat qiladi.
|