• Balans passivi boyicha jami
  • 2.3. Kichik biznes korxonalarining investitsion muhit tahlili
  •   13,2  Joriy kreditorlik qarzlari  1336




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/16
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #139014
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    kichik biznes korxonalarini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb

    1336 
    13,2 
    Joriy kreditorlik qarzlari 
    1336 
    13,2 
    Byudjetga to'lovlar bo'yicha qarz 
    620 
    6,1 
    Maqsadli davlat jamg'armalariga 
    to'lovlar bo'yicha qarz 
    247 
    2,4 
    Mehnatga haq to'lash bo'yicha qarz 
    232 
    2,3 
    Boshqa kreditorlik qarzlari 
    237 
    2,4 
    Balans passivi bo'yicha jami 
    10141 
    100 
    "ASIA GLOBAL ALIIANCE" mas'uliyati cheklangan jamiyat 
    firmasining passivlariga kelsak, unda firmaning o'zlik mablag'lari manbalari 
    miqdori 2014 yilda 8805 ming so'mni tashkil etdi, bu jami balans passivining 
    86,8 foizini tashkil etdi. Majburiyatlarning balans passividagi ulushi 2011 yilda 
    1
    "ASIA GLOBAL ALIIANCE" МЧЖ ҳисобот материаллари асосида 


    33 
    13,2 foizni tashkil etgan bo'lib, uning summasi 1336 ming so'm bo'lgan. Bu 
    asosan, joriy kreditorlik karzlari bo'lib, shundan 6,1 foiz byudjetga to'lovlar 
    bo'yicha, 2,4 foiz maqsadli davlat jamg'armalariga to'lovlar bo'yicha, 2,3 foiz 
    mehnatga haq to'lash bo'yicha va qolgan 2,4 foizi boshka kreditorlik qarzlari 
    hisobiga to'g'ri keladi. 
    2.3. Kichik biznes korxonalarining investitsion muhit tahlili 
    Iqtisodiyotni 
    modernizatsiyalash 
    sharoitida 
    mamlakatimizga 
    investitsiyalarni jalb qilish, xususan, kichik biznes sohasida faoliyat yurituvchi 
    xo’jalik sub’yektlarni zamonaviy texnika hamda jihozlar bilan ta’minlash, bozor 
    talabiga javob beradigan raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab 
    chiqarish bugungi kunning asosiy talabidir. 
    Bu borada investitsiyalarning o’rni beqiyosdir, xususan kichik biznes va 
    xususiy tadbirkorlikning rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy o’sish va 
    mahalliy hamda xorijiy investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib borishi real 
    sektordagi investitsion jarayonlarni faollashtiradi. Investitsion jozibadorlikni 
    oshirish yo’li orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. 
    Kichik biznes davlatning bozor va xo’jalik yurituvchi tizimlarining 
    hayotiy asosi bo’lib xizmat qilib, bozor munosabatlarining asosiy shartlaridan 
    biri bo’lgan, talab va taklifdagi manfaatlar muvozanatini inobatga oladigan 
    ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish kabi birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyani 
    o’z ichiga oladi. 
    Davlat 
    tomonidan 
    kichik 
    biznes 
    korxonalarining 
    investitsion 
    jozibadorligini oshirish uchun kerakli choralarning ko’rilishi, kichik biznesga 
    kredit ajratishni oshirishga va kichik biznes korxonalarining kreditlardan to’la 
    foydalana olishiga yo’l ochib beradi. 
    Kichik biznesni rivojlantirish borasida davlatimiz rahbari tomonidan bir 
    qator farmon va qarorlar qabul qilinib, ularga asosan tegishli dasturlar ishlab 
    chiqilmoqda. Prezidentimizning 2012 yil 12 iyuldagi “Ishbilarmonlik muhitini 


    34 
    yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-
    tadbirlari to’g’risida”gi 2011 yil 24 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy 
    tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini 
    shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonlari, 2011 
    yil 11 martdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga kredit 
    berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori va 
    2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat Dasturini ishlab 
    chiqilishi va amalga oshirilishi natijasida kichik korxonalar tashkil qilish, ularni 
    ro’yxatdan o’tkazish, soliq va boshqa to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berish, 
    kichik biznes va biznes sub’yektlariga kreditlar berishni takomillashtirish hamda 
    ularning hajmini oshirish, investitsiya va boshlang’ich sarmoyalarini 
    shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 
    texnologik yangilash uchun o’rta va uzoq muddatli kreditlar berish, kichik 
    biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining 
    kreditlarining hamda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni keng jalb etilishi, sanoat 
    tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda 
    yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlar uchun keng 
    imkoniyatlar yuzaga keldi. 
    Umuman olganda, investitsiya muhiti – bu mamlakatning ma’lum bir 
    hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini 
    ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar majmuasidir. 
    Mamlakatdagi umumiy investitsiya muhiti hudud, tarmoq va korxonalardagi 
    investitsiya faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Investitsiyalarni shakllantirish va 
    ulardan foydalanish, mamlakat va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning 
    investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital 
    qo’yilmalarning ustivor yo’nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini 
    to’g’ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti va 
    butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. 
    Kichik biznesda investitsion jozibadorlikni oshirish borasida olimlar 
    quyidagi fikrlarni keltirganlar. Xususan, D.A.Ednovitskiy, V.A.Babushkin, 


    35 
    N.A.Baturinalar investitsion jozibadorlikni investitsion tavakkalchilik bilan 
    bog’laydilar. Ular investitsion jozibadorlik deganda tashkilotning shunday 
    holatini tushunadiki, bunda kapital egasida tavakkalchilikka borish, shuningdek, 
    pul ko’rinishida va asosiy vositalar shaklidagi investitsiyalar oqimini ta’minlash 
    istagi paydo bo’ladi. Bu vaziyatda kapital ta’minlovchi va ma’lumot 
    oluvchilarning ishonchi tashkilotning investitsion jozibadorlik darajasining 
    asosiy va juda sezuvchan hosilasi hisoblanadi. 
    I.A.Blank investitsion jozibadorlik – bu aniq investor nuqtai nazaridan 
    alohida yo’nalish va ob’ektlarni investitsiyalashdagi afzalliklarini va 
    kamchiliklarini umumlashtiruvchi deb ta’rif berib, bunga ko’ra alohida 
    ob’ektlarni investitsiyalash jozibadorligini baholash ko’p omillarga bog’liq va 
    individual xususiy xarakterga ega deb ta’kidlaydi. 
    Ta’kidlash joizki, investitsion jozibadorlik investorlar uchun foydalilik 
    darajasini belgilaydi. Korxonaga investitsiya jalb etish va kreditlash bo’yicha 
    qaror qabul qilishda moliyaviy barqarorlik, kreditga layoqatlilik va 
    raqobatbardoshlik nazarda tutiladi. 
    Kichik biznesning investitsion jozibadorligini oshirish, kredit va moliya 
    institutlarini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmini 
    ko’paytirish hamda davlat dasturlarini ishlab chiqqan holda kichik biznesga 
    mablag’ ajratish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Prezidentimiz 
    mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 
    yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
    bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida quyidagilarni 
    keltirib o’tdi: “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o’rni tobora 
    mustahkamlanib borayotganining o’zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo’layotgan 
    ijobiy o’zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o’tgan yilning o’zida yurtimizda 
    26 mingdan ziyod kichik biznes sub’yekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat 
    ko’rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga etdi. 
    Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni 
    shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000 yilda bu ko’rsatkich 31 


    36 
    foizdan iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat 
    mahsulotlarining 23 foizi, ko’rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli 
    barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band 
    bo’lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to’g’ri kelmoqda. Ana shu 
    raqamlardan ko’rinib turibdiki, kichik biznes shaklan kichik bo’lishiga 
    qaramasdan, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan 
    ta’minlash muammosini hal etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda tobora 
    katta rol o’ynamoqda. Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o’zgarishlar 
    mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash eksport hajmini barqaror 
    oshirish va uning tarkibida ijobiy o’zgarishlarga erishishda eng muhim omilga 
    aylandi”. 
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yurtimizda 
    olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning iqtisodiyotimizda 
    tutgan o’rni tobora rivojlanib bormoqda. Kichik biznesning YaIMdagi ulushi 
    2000 yil 31,0 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilga kelib 55,8 foizni tashkil 
    etmoqda. Bu 2000 yildan 2013 yilga qadar 1,8 barobarga o’sganini ko’rishimiz 
    mumkin. 
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 2000 yilda 
    12,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2013 yilga kelib 28,1 foizni 
    tashkil etmoqda. Kichik biznesni mamlakatimiz eksportidagi ulushi 2000 yilda 
    12,2 foiz bo’lib, bu ko’rsatkich 2013 yilga kelib 24,1 foizga etdi. Aholini band 
    bo’lgan qismining umumiy soni 2000 yilda 49,7 foizni, 2013 yilda esa 76,7 
    foizni tashkil etdi, bu ko’rsatkich 2000 yildan 2013 yilgacha 1,5 barobarga 
    oshganini ko’rsatmoqda. 
    Ma’lumki, tijorat banklarida kichik biznesga investitsiyalar kiritishning 
    asosiy maqsadi faqat kapitalni saqlab qolishdan iborat bo’lmay, qo’yilmalarning 
    xavfsizligi, foydaliligi, daromadliligini saqlagan holda ularni ko’paytirishni ham 
    qamrab oladi. 
    Hozirda 
    yurtimizdagi 
    tijorat 
    banklarida 
    investitsion 
    faoliyatini 
    kengaytirish, rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 


    37 
    uchun 
    qonunchilik 
    bazasi 
    tobora 
    takomillashtirilmoqda. 
    O’zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 2014 yil 14 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining ayrim hujjatlariga qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Farmoni 
    qabul qilindi. 
    Ushbu farmonning ijrosi tufayli tijorat banklari tomonidan yangi ishlab 
    chiqarish korxonalarini barpo etilishida, faoliyat yuritayotgan korxonalarni 
    modernizatsiya qilishda, texnik va texnologik qayta jihozlash maqsadlariga 
    ajratilayotgan investitsion kreditlar hajmining muntazam ravishda o’sib 
    borishiga imkon yaratmoqda. 
    Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta 
    jihozlash maqsadlariga ajratilgan investitsion kreditlar 2013 yil mobaynida 7,2 
    trln. so’mni tashkil qilib, bu 2012 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga o’sganini, 
    shuningdek, 2010 yildan to shu kunga qadar investitsion kreditlar qariyb 2,2 
    barobarga o’sganini ko’rishimiz mumkin. Bu, o’z navbatida, yildan-yilga 
    investitsion kreditlarga talab oshayotganini bildiradi. 
    Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
    rivojlantirish va ularni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan 
    investitsiyalar 2010 yilda 5 346 mlrd. so’mni, 2013 yilga kelib 6 982 mlrd. 
    so’mni tashkil etdi. 
    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalarini 
    moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va hukumatlarining kredit 
    liniyalari va grantlari hisobidan 145,4 million dollar miqdorida kredit 
    mablag’lari ajratildi . 
    Mamlakatimizda kichik biznesga investitsiyalarni keng jalb etish va 
    ularning jozibadorligini oshirish, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni amalga 
    oshirish, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida 
    mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon bozorlari 
    talabi darajasiga ko’tarishga imkoniyat yaratmoqda. 
    Yurtimiz olimlarining tadqiqotlariga ko’ra, mintaqalarning investitsion 
    jozibadorlik indeksi oltita element asosida hisoblanadi va shu bo’yicha integral 


    38 
    indeks aniqlanadi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, mintaqalarning investitsion 
    jozibadorligini uchta guruhga bo’lish mumkin (4-jadval). 

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      13,2  Joriy kreditorlik qarzlari  1336

    Download 0,89 Mb.
    Pdf ko'rish