Kichik biznes korxonalarini investitsiyalar yordamida rivojlantirish




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana16.01.2024
Hajmi0,89 Mb.
#139014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kichik biznes korxonalarini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb

3.2. Kichik biznes korxonalarini investitsiyalar yordamida rivojlantirish 
istiqbollari 
Kichik biznes korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 
ularning 
bozor 
infratuzilmasi 
bilan 
bo’ladigan 
munosabatlarini 
mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratish, kichik biznes sub’yektlariga zamon 
talablarida xizmat qiluvchi infratuzilmani barpo etish lozim. Bu esa, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining: "... kichik biznes sub’yektlari 
ehtiyojlarini ta’minlashning rivojlangan, zamonaviy tizimini yaratish lozim. Va, 
albatta, ularga bank xizmati ko’rsatishni har tomonlama kengaytirish va 
yaxshilash, imtiyozli kreditlar hajmini ko’paytirish zarur. Bu masalalar qatoriga 
kichik biznes vakillari va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning xaridorlarini topish va sotish muammosini hal etishni ham 
kiritish lozim"
1
,-deya ta’kidlagan fikrining uzviy davomidir, deyish mumkin. 
Kichik biznes infratuzilmasi - bu tadbirkorlik sub’yektlariga u yoki bu turdagi 
(kerakli ma’lumot bilan ta’minlash, moliyaviy qo’llab-quvvatlash, bino hamda 
asbob-uskunalar bilan ta’minlash, konsultatsiya berish, kadrlar tayyorlash va 
hokazo) xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilda qabul qilingan, 
ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng 
erkinlik berish, statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan 
faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-
tadbirlari to’g’risidagi farmoni, shunga asosan 2012 yilning 1 avgustidan 
boshlab 80 ta ruxsat berish tartib-taomili, litsenziyalanadigan 15 ta faoliyat turi 
hamda 68 ta statistik va soliqqa oid hisobotlar shaklining bekor qilingani, kichik 
korxona va mikrofirmalarni tashkil qilish va kengaytirish hamda xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, kichik biznesni rivojlantirish hududiy 
dasturlarining amalga oshirilishi 485,6 mingta ish o’rini tashkil qilish 
imkoniyatini yaratdi. 
1
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 
T.: O’zbekiston, 2010. 


46 
2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini kreditlash 
orqali qo’llab-quvvatlashni yuqori darajada saqlab qolish rejalashtirilmoqda. 
Chunonchi, tijorat banklari tomonidan shu maqsadlar uchun 5,1 trillion. so’m 
ajratilishi nazarda tutilmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari asosan uzoq 
qishloq tumanlarida va mehnat bozoridagi vaziyat og’ir bo’lgan hududlarda ish 
o’rini yaratishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Ish o’rini yaratishning ushbu yo’nalishdagi asosiy tarmog’i xizmat 
ko’rsatish va servis sohasi bo’lib, xususan, mamlakat YaIMda xizmat ko’rsatish 
ulushining maqsadli parametrlariga (52,5 foiz) erishish doirasida kichik biznes 
korxonalarida 267,1 mingta ish o’rni yaratilishi kutilmoqda. Bu ko’rsatkich 
xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, ko’rsatilayotgan xizmat turlarini 
avvalo qishloq joylarida kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu asosda 
mamlakat iqtisodiyotining barqaror va uyg’un rivojlanishida xizmat ko’rsatish 
sohasining roli va ahamiyatini oshirishga doir maqsadlarga erishilishiga bevosita 
bog’liq. Mazkur soha kelgusi yilda 18 foizdan ortiqroqqa oshishi kutilayotgan 
kompyuter dasturlarini yaratish (elektron ta’lim va konsultativ xizmatlarni 
inobatga olgan holda), savdo va umumiy ovqatlanish, sog’liqni saqlash bo’yicha 
xizmatlar hisobidan yanada rivojlanadi. Yakka tadbirkorlikning rivojlanishi 
117,7 ming kishining bandligini ta’minlaydi. 
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda raqobatning roli 
beqiyosdir. Raqobat - iqtisodiyotni harakatga keltiradigan kuch. Shu bois 
davlatimiz tomonidan monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni huquqiy 
tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Prezidentimiz 2010 yilning 12 noyabrida o’tgan Oliy Majlis palatalarining 
qo’shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «...bozor munosabatlarining 
asosi bo’lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari 
katta rol o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi «Tovar 
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi qonuni 
o’tgan yillar mobaynida ushbu munosabatlarni huquqiy tartibga solishda muhim 
rol o’ynadi. Biroq yangi iqtisodiy sharoitda raqobat munosabatlarini tartibga 


47 
solishning samaradorligini oshirish maqsadida, birinchidan, raqobatni 
rivojlantirishni ragbatlantirish, ikkinchidan, monopolistik faoliyatni tartibga 
solish mexanizmini takomillashtirish zaruriyati yuzaga keldi. Shunga asosan
qonunga tovar bozorlarida, shuningdek, moliya va birja xizmatlarida 
monopolistik faoliyatni cheklashga qaratilgan normalarni kiritish talab 
etilmoqda. 
Ta’kidlash joizki, davlatimiz tomonidan izchil raqobat siyosati amalga 
oshirilayotgani, uni huquqiy ta’minlashga jiddiy ahamiyat berilayotgani tufayli 
tovar va xizmatlar bozorida monopolistik faoliyat darajasining kamayishiga 
erishildi. Bunday choralar bozorga yangi xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning 
kirib kelishida ular o’rtasida sog’lom raqobatni ta’minlashga xizmat qilmoqda. 
Statistik tahlillarning ko’rsatishicha, mamlakatimizda so’nggi o’n yil ichida 
monopolist korxonalar sonining 721 tadan 184 taga, ya’ni 4 baravarga 
kamayishiga erishilgan. Shu o’rinda aytish joizki, sog’lom raqobatning 
iqtisodiyotdagi o’rni va roli oshgan sayin tovar bozorlarida ustun mavqeni 
egallab turgan korxonalar soni kamayib boradi. 
Sog’lom raqobatni rivojlantirish uchun mahalliy hokimiyatlar tomonidan 
infrastrukturaning rivojlanishiga va uning sifat darajasini oshirishiga e’tibor 
qaratishlari lozim (Xududlarga investitsiya jalb qilish ilovada keltirilgan). 
Davlat mulk qo’mitasidagi ma’lumotlardan foydalangan holda, foydalanishga 
yaroqli bo’lgan imorat, bino va inshbotlardan texnologiyalarni jalb qilib, ishlab 
chiqarish jarayonlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Xulosa qilib, bugungi kunda O’zbekistonda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’yektlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirish 
uchun quyidagi takliflarni amalga oshirish kerak deb hisoblaymiz: 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirishning boshqa davlatlardagi samarali 
tajribasini inobatga olib, respublikamizda maxsus mikrokredit tashkilotlarini 
tashkil etish; 


48 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirishda asosiy muammolaridan biri 
bo’lgan garov masalasida yordam ko’rsatish maqsadida, Kafolat fondini tashkil 
etish; 
- investitsiya va pay fondiga a’zo qilishni yo’lga qo’yish. 
Mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi, savdo va 
sanoatning globallanguv jarayonlari, zamonaviy axborot tizimlarining 
taraqqiyoti, jahon bozoridagi kon’yunkturani bilish ishbilarmonlardan katta 
bilimni taqozo etmoqda. Biz shundan kelib chiqib, tadbirkorlarning malakasini 
oshirish va qayta tayyorlashga, ularning zamonaviy elektron ma’lumotlar 
bazasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga e’tiborni kuchaytirish lozim 
deb bilamiz. Bular, shubhasiz, kichik biznes vakillarining ichki va tashqi 
bozordagi mavqeini mustahkamlashga olib keladi.
Xorijiy kredit liniyalari hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub’yektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish 
maqsadida qo’yidagilarni taklif qilamiz: 
- Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat, investitsiyalar va savdo 
vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda doimiy ravishda 
mamlakatimizga import qilinayotgan maxsulotlar nomenklaturasini o’rganib 
borishlari, ushbu maxsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
taxlil qilishlari, xuddi pguningdek qo’shni davlatlar, MDX davlatlari eksportida 
qanday mahsulotlar asosiy o’rin tutishini hamda mamlakatimizdan ushbu 
mamlakatlarga eksport qilishimiz mumkin bo’lgan mahsulotlarni tahlil qilishlari 
lozim. Mazkur taxliliy ma’lumotlarni ommaviylashtirish maqsadida chop etib 
borish va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ’ib qilinishi lozim; 
- Mamlakatimiz tadbirkorlariga mahsulotlarini eksportga yo’naltirishda 
ko’maklashish maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat, investitsiyalar va savdo 
vazirligi va Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari qoshida logistika 
xizmatlarini ko’rsatuvchi yoki qaysi davlatga qanday yo’llar orqali eng arzon va 


49 
eng xavfsiz mahsulotlarini etkazib berishlari mumkinligi to’g’risida maslahatlar 
beruvchi konsultativ markazlarni tashkil etish; 
- Xalqaro moliya institutlarining kichik biznes sub’yektlari qo’llab 
quvvatlash maqsadida uzoq muddatli va past foizli kredit liniyalarini jalb 
etishda, Markaziy bank va Tashqi iqtisodiy faoliyat, investitsiyalar va savdo 
vazirligining ishtiroki respublikamiz tijorat banklarining bu boradagi sa’y-
harakatlarini osonlashtirgan bo’lar edi. 
- Mamlakatimizda har bir jismoniy yoki yuridik shaxs qonun bilan 
taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’o’llanishga haqli va ushbu 
qonun bilan himoya qilinadi. Mamlakat ichida va tashqarisida tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. 


50 
XULOSA
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning o'zgarishlariga tez 
moslashuvchan soha sifatida ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to'ldirish, 
xizmat ko'rsatishning yangi va zamonaviy turlarini kengaytirish, eksport 
salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qarorlarning 
amaliyotga keng tadbiq etilishi, tekshirish ishlarining qisqarganligi, biznes 
yuritish uchun moliya va vaqt xarajatlarining kamayganligi, ro'yxatga olishning 
xabardor qilish tizimining joriy etilishi natijasida ro'yxatga olingan va faoliyat 
yuritayotgan kichik biznes sub’yektlari soni jadal oshib, ularning iqtisodiy 
ko'rsatkichlarida ham ijobiy tendentsiyalar yuz bermoqda. 
So’nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik sub’yektlarini davlat 
ro’yxatidan o’tkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash 
tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb 
etdi. Ro’yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. 
Ishchilarning yillik o’rtacha soni 100 kishigacha ko’paytirilgan kichik 
korxonalar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari ro’yxati sezilarli 
darajada kengaytirildi. Kichik biznes sub’yektlarini davlat xaridlari jarayoniga 
keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi. 
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga 
aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining iqtisodiy 
erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo’yicha choralar qabul 
qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq 
tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va 
boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’layotgan, shuningdek ishlab 
chiqarishning barqaror o’sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik 
tadbirkorlik sub’yektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o’tkazish 
ta'qiqlandi. 


51 
Mamlakatimizda investitsiya muhitining barqarorligi va investitsion 
jozibadorlikning to’g’ri yo’lga qo’yilgani ham xorijiy investitsiyalarning kirib 
kelishi uchun zamin bo’lmoqda.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, aksariyat tashkil etilayotgan kichik biznes 
sub’yektlarida dastlabki sarmoya sifatida o’z mablag’lari (ustav fondi pul 
mablag’lari qismi) kam ishtirok etadi. Bu bir tomondan respublikamiz hukumati 
tomonidan kichik biznes sub’yektlarini kredit berish mexanizmini rivojlantirish 
tufayli kredit resurslarining dastlabki sarmoya sifatida jalb etilishi bo’lsa, boshqa 
tomondan ayrim tadbirkorlarda tadbirkorlik qobiliyati mavjud bo’lgan holda 
dastlabki jamg’armaning yo’qligini bildiradi. 
O’zbekistonda 
kichik 
biznes 
korxonalarini 
investitsiyalashning 
yechimtalab muammolari bu kreditlar qaytarilishini kafolatlovchi asoslar zaifligi 
hamda sug’urta kompaniyalarining kichik biznes kreditlarini sug’urtalashga 
tavakkal qilmayotganligi. 
Mavjud muammo rivojlangan iqtisodiyotli davlatlarda ham mavjud. Bu 
mamlakatlarda tijorat banklari tomonidan kichik biznes loyihalari uchun 
ajratilgan kreditlarga davlat kafolatlari beriladi. 
O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini investitsiyalash va uning davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada yaxshilash yuzasidan quyidagi tavsiya 
va takliflarni amalga oshirish lozim: 
-kreditlar qaytarilishini kafolatlovchi davlat dasturini ishlab chiqish va shu 
asosda joylarda uning mexanizmini joriy etish; 
-sug’urta kompaniyalarining kichik biznes kreditlarini sug’urtalashda 
tavakkal qilish jahon usullariga o’tish ko’nikmalarini tezroq hosil qilish; 
-banklarning investitsiya faoliyatini takomillashtirish, respublika eksport 
salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyalash uchun, xalqaro 
moliya bozoridan xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun operatsiyalarni 
kengaytirish; 
-xorijiy kredit liniyalarini samarali o’zlashtirish; - istiqbolli loyihalar va 
ularni faol o’zlashtirishning davlat mexanizmini takomillashtirish; 


52 
-kichik biznes loyihalarini amalga oshirishni banklar tomonidan nazorat 
va monitoring qilishni ta’minlash, shuningdek, bankning bu sohaga 
yo’naltiriladigan o’z investitsiyalarini ko’paytirish; 
-kichik biznes sub’yektlarini kreditlash uchun banklardan ko’shimcha 
maxsus jamg’armalar va kredit tarmoqlarini yaratish; 
-qarz ta’minoti tizimini engillashtirish; 
-ajratilgan kredit mablag’lari, tijorat banklari grantlari va boshka homiy 
tashkilotlar hisobiga kichik biznes sub’yektlariga biznes rejalarni ishlab 
chiqishga yordam ko’rsatish; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirishning boshqa davlatlardagi samarali 
tajribasini inobatga olib, respublikamizda maxsus mikrokredit tashkilotlarini 
tashkil etish; 
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
O’zbekistonda xususiy tadbirkorlikning 
rivojlanishini tartibga soluvchi va bu sohani muammolarini hal etish bilan 
shug’ullanuvchi davlat dasturi zarur deb o’ylaymiz. Chunki davlat dasturlarini 
sarflash shakllarini o’zlashtirish, imtiyozli kreditlar berish hisobiga loyihalarni 
amaliy kuzatish xarajatlarini qoplash, sug’urtalash va tijorat kredit 
muassalaridan kredit olishda kichik korxonalarga davlat kafolatlari berishga 
o’tish kabi omillar kichik tadbirkorlikka jalb qilinadigan moliyaviy resurslarning 
kengayishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 


53 

Download 0,89 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kichik biznes korxonalarini investitsiyalar yordamida rivojlantirish

Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish