Kichik biznes korxonalarini tijorat banklari tomonidan




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana16.01.2024
Hajmi0,89 Mb.
#139014
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
kichik biznes korxonalarini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb

2.2. Kichik biznes korxonalarini tijorat banklari tomonidan 
investitsiyalash tahlili 
Kichik biznes korxonalarini moliyalashtirish va ularni amalga oshirishda 
bank krediti alohida ahamiyatga ega. Chunki loyihalarni amalga oshirish va 
rivojlantirishi uchun, birinchi galda, mablag’ zarur bo’ladi. Bunday mablag’ga 
ega bo’lishning asosiy yo’llaridan biri kredit olishdir. 


24 
Bank krediti orqali ilg’or texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish joriy 
etiladi, yangidan-yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi, 
shuningdek yangi korxonalarning barpo etilishiga, yangi ish o’rinlarining 
ko’payishiga erishiladi.
Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni 
qo’llab-quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini 
ikki barobar oshirish ko’zda tutilgan. Buning natijasida kichik biznes 
sub’yektlariga ajratilgan kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib 
bormoqda
Kichik korxonalarning moliyalashtirilishi quyidagi ichki va tashqi 
manbalar orqali amalga oshirilishi mumkin:
● moliyalashtirishning tashqi manbalari – byudjet mablag’lari, maqsadli 
bank kreditlari, aksiyalar emissiyasining mablag’lari, lizing, tijorat banklarining 
uzoq muddatli kreditlari, ma’naviy boyliklar, byudjetdan tashqari va notijorat 
jamg’armalar mablag’lari;
● moliyalashtirishning ichki manbalari – foyda, amortizatsiya to’lovlari, 
to’plangan pullar va tadbirkorlarning jamg’armalari, sug’urta faoliyatidan 
olingan mablag’lardan iboratdir. 
Hozirgi paytda O’zbekistonda kichik biznesni majmuaviy jihatdan 
moliyaviy qo’llab – quvvatlashning davlat moliyaviy resurslari, xorijda 
muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan usul va dastaklar, shuningdek, mahalliy 
sharoitlarning o’ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan manbalar hamda chet el 
kredit tizimlarini qo’llovchi yagona tizimi ishlab chiqilgan.
Hozirgi paytda kichik biznes tomonidan bank xizmatlariga talabning 
barqaror o’sishi kuzatilmoqda. Shuning uchun, bank tizimining asosiy vazifasi 
kredit berish tartibini takomillashtirish hamda iqtisodiyotning real sektorini 
moliyalashtirishni kengaytirish va qayta tashkil etilayotgan korxonalarni qo’llab 
– quvvatlashga qaratilgan kichik biznes rivojini rag’batlantirishning yangi 
mexanizmlarini ishlab chiqish va qo’llash hisoblanadi. Kredit talabnomasi va 
hujjatlar aylanishi hajmini ko’rib chiqish, muddatlarini qisqartirish bo’yicha 


25 
chora – tadbirlar ishlab chiqildi. Kreditlashning yangi tartiblariga muvofiq, 
kredit talabnomasini rasmiylashtirish uchun kichik biznes sub’yektlariga 
faqatgina ikkita va uchta hujjat talab etiladi. Talabnomalarni ko’rib chiqish 
muddatlari besh – o’n ish kunigacha qisqartirildi. Ushbu chora sansalorlikni 
keskin kamaytirishga va suiste’molchilikni bartaraf qilishga imkon berdi. 
Natijada, juda ko’p tadbirkorlar kerakli moliyaviy manbalaraga ega bo’lishdi.
O’zbekistonda kichik biznes sub’yektlarini tashqi moliyalashtirishning bir 
nechta imtiyozli mexanizmlari mavjud.
1. Banklar tomonidan byudjetdan tashqari jamg’armalar orqali kreditlash. 
Kreditlashning bu turida tijorat banklari qarzlarni (ssuda) o’z mablag’lari 
hisobiga emas, balki ish bilan band etishga ko’maklashish jamg’armasi, dehqon 
va fermer xo’jaliklariga ko’maklashish jamg’armasi va boshqa tashkilotlar 
mablag’lari hisobiga beradilar. Bu jamg’armalar korxonalarning o’zlari bergan 
chegirmalari, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar va davlat 
byudjetiga 
tushayotgan 
boshqa 
foydalar 
hisobiga 
moliyalashtiriladi. 
Jamg’armalarning mablag’lari banklar tomonidan kichik biznes sub’yektlariga 
subsidiyali kreditlar shaklida beriladi. Kreditning maqsadiga, imtiyozli foiz 
stavkalariga qarab kreditlar beriladi, lekin har qanday sharoitda u Markaziy 
bankning qayta moliyalashtirish stavkalaridan ancha kichik bo’ladi.
2. Imtiyozli kreditlash – jamg’armalar tomonidan o’z daromadlarini bir 
qismini zaxira qilish yo’li bilan tashkil etiladi. Ushbu mablag’lardan berilgan 
kreditlar evaziga, hukumat banklarga soliq solishda boshqa imtiyozlar taqdim 
etadi. Ushbu jamg’armalar hisobiga berilgan kreditlarga, kreditning haqiqiy 
berilgan muddatiga foiz stavkalari Markaziy bank belgilagan qayta 
moliyalashtirish stavkalarining 50 foizdan oshmagan miqdorida bo’ladi va 
tadbirkorlik sub’yektlariga investitsion loyihalarni moliyalashtirish foydali 
bo’ladigan talablarda beriladi. 


26 

Download 0,89 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kichik biznes korxonalarini tijorat banklari tomonidan

Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish