II BOB. O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES KORXONALARINI




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana16.01.2024
Hajmi0,89 Mb.
#139014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kichik biznes korxonalarini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb

II BOB. O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES KORXONALARINI 
INVESTITSIYALASH HOLATI TAHLILI 
 
2.1. O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini investitsiyalashning 
amaldagi holati tahlili 
Mamlakatimiz ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar 
guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb 
etish uchun bir qator afzalliklarga ega. Bu borada jahon hamjamiyati oldida 
o’zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo xaritasidagi geografik 
joylashuvi, tabiiy resurslarining tarkibi va zaxirasi, hukumat olib borayotgan 
iqtisodiy siyosat va boshqalar bilan muhim rol o’ynaydi. 
O’zbekiston 2013 yilda biznes uchun (yaratilgan sharoitlar, xususan, 
qo’shma korxonalar uchun soliq, bojxona imtiyozlari va preferentsiyalar) 
dunyodagi eng istiqbolli 20 ta davlat qatoriga qo’shilgan Markaziy Osiyodagi 
yagona davlat bo’ldi. Bu xabarni xorijiy ommaviy axborot vositalari Buyuk 
Britaniyaning 
tavakkalchiliklarni 
tahlil 
qilish 
bilan 
shug’ullanadigan 
“Maplecroft” konsalting kompaniyasi xulosasiga asoslangan holda e’lon qildi. 
“Maplecroft” kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqiladigan “Rivojlanib 
borayotgan bozorlar indeksi” biznes yuritish uchun istiqbolli bo’lgan 175 ta 
davlatni o’z ichiga olgan. Indeksda o’tgan yillardagi iqtisodiy ko’rsatkichlar, 
mamlakatning investitsiya sarflash uchun jozibadorligi, eng so’nggi tarkibiy 
islohotlar va demografik ahvol, shu jumladan, o’rta sinf soni bo’yicha 
prognozlar e’tiborga olingan. 
So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish borasida erishilgan 
yutuqlar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi 
nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Mamlakatimiz 
iqtisodiy siyosatining muvaffaqiyatlari yurtimizdagi siyosiy barqarorlik va 
islohotlarning izchil amalga oshirilishiga asoslangani etakchi xalqaro ekspertlar 
tomonidan bir necha bor ta’kidlandi. 


19 
Mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog’liq barcha jarayonlarni 
yanada liberallashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish, kichik biznes va 
xususiy tadbikorlik sub’yektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning mamlakatimiz 
iqtisodiyotidagi tutgan o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Bugungi kunda 
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab 
chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000 yilda bu ko’rsatkich 31 foizdan iborat edi.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, 
ko’rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 
foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo’lgan aholining 75 foizi kichik 
biznes ulushiga to’g’ri kelmoqda.
Ana shu raqamlardan ko’rinib turibdiki, kichik biznes shaklan kichik 
bo’lishiga qaramasdan, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan 
ta’minlash muammosini hal etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda tobora 
katta rol o’ynamoqda.
Mamlakatimizda investitsiya muhitining barqarorligi va investitsion 
jozibadorlikning to’g’ri yo’lga qo’yilgani ham xorijiy investitsiyalarning kirib 
kelishi uchun zamin bo’lmoqda.
Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor tuzilmalar qisqa muddatlarda 
xorijiy investorlar faoliyati uchun yaratilgan amaldagi sharoitlarni chuqur va 
tanqidiy o’rganib chiqish hamda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish 
bo’yicha takliflarni ishlab chiqishga kirishgan. Ushbu takliflarni tayyorlashda 
mavjud normativ bazani, investorlarni jalb etish va xorijiy investitsiyalar 
ishtirokida tashkil qilingan korxonalarni ro’yxatga olishning tartib-qoidalarini, 
ularni himoya qilish bo’yicha ishonchli kafolatlarni yanada takomillashtirish 
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning 
quyidagi manbalari mavjud: 


20 
1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg’armalari. 
2. Bank kreditlari hisobidan moliyalashtirish. 
3. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari hisobidan 
moliyalashtirish. 
4. Xorijiy investitsiyalar. 
Mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitni yaxshilash borasida 
ko’rilayotgan izchil chora-tadbirlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda katta 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Ko’plab davlatlar tajribasining ko’rsatishicha, xorijiy investitsiyalardan 
samarali 
foydalanish 
raqobat 
sharoitida 
respublikamiz 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning garovidir. Shu bois, mamlakatimiz banklari ham xorijiy 
investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. 
Xorijiy investitsiyalar korxonalarni moliyalashtirishning qo’shimcha 
manbai bo’lish barobarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va 
texnologik jihatdan yangilash, amaliyotda zamonaviy menejmentni qo’llashga 
ham sharoit yaratadi. 
Mazkur investitsiyalar, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning ilg’or 
usullarini, import o’rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirilgan tovarlarni ishlab 
chiqarishni yo’lga qo’yish, tabiiy boyliklarni jadal o’zlashtirish, ishchi kuchi 
zich joylashgan hududlarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga 
yo’naltiriladi. 
Bugungi kunda respublikamiz banklari tomonidan Jahon banki, Osiyo 
taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xitoy taraqqiyot banki, Koreya 
Eksimbanki, Germaniyaning bir qator banklari bilan ularning kredit liniyalarini 
jalb etish borasida hamkorlik o’rnatilgan. 
Xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga tadbirkorlik sub’yektlariga 
kreditlar ajratishni yanada kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar doirasida 
tijorat banklari tomonidan 2013 yilda investitsion loyihalarni moliyalashtirish 
uchun xalqaro moliya institutlarining 145,4 mln. AQSh dollari miqdoridagi 


21 
kredit liniyalari o’zlashtirildi va joriy yilda 160 mln. AQSh dollari miqdoridagi 
kredit mablag’lari o’zlashtirilishi rejalashtirilgan. 
Umuman olganda, 2014 yilda 266,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit 
liniyalari (namunaviy loyihalar asosida quriladigan uylar bilan birga) 
o’zlashtirilishi ko’zda tutilgan. 
Xorijiy kredit liniyalarining o’zlashtirilishi samarasi haqida to’xtaladigan 
bo’lsak, quyidagi misollarni aytishimiz mumkin: Samarqand shahrida faoliyat 
yuritayotgan «Yasham-Erkaplan» QK tomonidan Belgiyaning «Michel Van de 
Wiele» kompaniyasining gilam ishlab chiqarish texnologiyasini, Germaniyaning 
«Xetma Vollenweider» kompaniyasining gilamga ishlov beruvchi uskunalari 
sotib olish uchun 2013 yilda Germaniyaning KfV banki liniyasidan 229 ming 
evro, Kommertsbank liniyasidan 819 ming evro miqdorida kreditlar ajratildi. 
Mazkur kreditlar hisobiga olingan uskunalar gilam ishlab chiqarish 
texnologiyasi bo’yicha zamonaviyligi, energiya tejamkorligi, ishlab chiqarish 
quvvati va samaradorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ushbu uskunalarda 
ishlab chiqarilayotgan gilam mahsulotlari sifati zamon va jahon bozoridagi 
talablarga to’liq javob beradi. 
Mazkur loyihani amalga oshirish evaziga korxonaning ishlab chiqarish 
quvvati 36 foizga oshdi, qo’shimcha 10 ta yangi ish o’rni tashkil etildi. 
Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan «Inter biznes atlantik» MChJga 
Turkiyaning «Markev makine muxendeslik» va «Tam matbakilik ve ambalai 
san» kompaniyalarining shokolad ishlab chiqarish asbob-uskunalarini sotib olish 
uchun 2013 yilda Germaniyaning KfV banki liniyasidan 168,1 ming evro 
miqdorida kredit ajratilgan edi. 
Ushbu uskunalarda ishlab chiqarilayotgan shokolad mahsulotlarining 
sifati jahon standartlariga va iste’molchilar talablariga to’liq javob beradi. Yangi 
texnologiyalar o’ta zamonaviy, energiyani tejamli sarflaydi, ishlab chiqarish 
quvvati va samaradorligi yuqori. 
Toshkent viloyatidagi «Navro’z interneyshnl grup» MChJ QK 
Germaniyaning Landes Bank Berlin AG kredit liniyasidan 2 860 ming evro 


22 
miqdorida mablag’ evaziga «Krones AG» kompaniyasining salqin ichimliklar 
ishlab chiqarish uskunalarini sotib oldi va faoliyat ko’rsata boshladi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan xorijiy kredit liniyalari mavjud 
bo’lib, 2014 yilda o’zlashtirilishi ko’zda tutilgan miqdori to’g’risida ma’lumot 
keltirilgan. 

Download 0,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. O’ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES KORXONALARINI

Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish