Bitiruv malakaviy ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Bitiruv
malakaviy ishida keltirilgan nazariy va amaliy ma’lumotlardan iqtisodiyot
tarmoqlarida tadbirkorlik sub’yektlari tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga
doir ma’lumotlarni o’rganishda, tadqiq qilishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, 3 ta bob, xulosa va takliflar
hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida kichik biznes korxonalarini
rivojlantirishda investitsiyalarni jalb qilishning nazariy-huquqiy asoslariga oid
nazariy-huquqiy ma'lumotlar yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida O’zbekistonda kichik biznes
korxonalarini investitsiyalash holati tahlil qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida O’zbekistonda kichik biznes
korxonalarini investitsiyalashni takomillashtirish istiqbollari keltirib o'tilgan.
6
I BOB. KICHIK BIZNES KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHDA
INVESTITSIYALARNI
JALB
QILISHNING
NAZARIY-
HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Kichik biznes korxonalarini rivojlantirishda investitsiyalarni jalb
qilishning ahamiyati
O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil
xo’jalik yurituvchi mulk egalari shakllandi. Kichik biznes korxonalari bozor
iqtisodiyotiga xos turli makroiqtisodiy shart-sharoitlar va talablariga moslashishi
imkoniyatlariga egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli
tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlashning muhim makroiqtisodiy
omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda kichik biznes taraqqiyotining
keskin avj olishi natijasida ularning mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki
mahsulot salmog’idagi ulushining ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin.
Kichik biznes iqtisodiyotning shunday sektoridirki, u investitsiya
muhitida yuz berayotgan deyarli barcha o’zgarishlarga moslashadi. Kichik
biznes nuqtai nazaridan investitsiya muhitining jozibadorlik darajasini aniqlash
uchun butun mamlakat va mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni ko’rsatuvchi
omillar, iqtisodiyotning bu tarmog’iga investitsiyalar kiritish qonunlar va
infratuzilmalar
bilan
qanchalik
ta’minlanganligi,
mintaqada
bozor
infratuzilmasining rivojlanish darajasi, malakali ishchi kuchining mavjudligi,
shuningdek, mana shu va boshqa omillar bilan bog’liq xatarlar bor yoki yo’qligi
g’oyat muhimdir.
Hozirgi davrda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining jadal rivojlanishiga unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma
muassasalarining tashkil etilishi va xizmat sifati darajasining yaxshilanib borishi
sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda.
Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining
mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va
7
farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib
bormoqda.
Xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati shuki, uning uchun mintaqaviy
omillar qoida tariqasida, investitsiyalar jalb etish jarayoniga ta’siri jihatidan
ustunlik qiladi. Investitsiyaviy muhit tahlilini tarmoqlar bo’yicha olib borish
zarurligini ko’rsatib o’tish kerak. Chunki, ijobiy investitsiyaviy omillar turli
tarmoqlar uchun o’ziga xos jihatlarga ega. Ba’zi hollarda bir tarmoqda ijobiy rol
o’ynashi mumkin bo’lgan omillar boshqa tarmoq uchun salbiy bo’ladi yoki agar
muayyan tarmoq uchun biron-bir ko’rsatkich yyetarli darajada namoyon bo’lsa,
shu ko’rsatkpchning o’zi boshqa tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun
mutlaqo kam bo’lishi mumkin.
O’zbekistonda kichik tadbirkorlik uchun tarmoqlar bo’yicha investitsiya
muhiti alohida qiziqish tug’diradi. Kichik biznes uchun o’ziga xos ba’zi
ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
- kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimi va
infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy ko’rsatkichi;
- egallab turgan bozor sektorlari bo’yicha (masalan, xizmatlar yoki savdo
sohasida) raqobatlashuvchi yirik firmalarning mavjudligi va rivojlanish darajasi;
- mahalliy bank tizimining rivojlanish darajasi va boshqa omillar.
Kichik korxonalar o’zlariga xos xususiyatlar tufayli investitsiya
resurslarini jalb etish uchun xizmat qiladigan ko’p sonli manbalarning
ayrimlaridangina foydalana oladilar. Masalan, shuni qayd etish kerakki, kichik
tadbirkorlikdagi
ichki
moliyalash
manbalari
tadbirkor
o’zini o’zi
investitsiyalashi uchun beradigan imkoniyatlar yirik firmalarning imkoniyatlari
darajasida emas. Shunga qaramay, bu manbalardan kichik tadbirkorlikda
foydalanish sezilarli samara berishga qodir bo’lib, jalb etish samaradorligi
jihatidan bir qancha afzalliklarga ega. Shunday qilib, investitsiya resurslarini
shakllantirishning qulay manbalari sonini ko’paytirish hamda mavjud
manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish hozirgi vaqtda, birinchi
navbatda,
kichik
tadbirkorlikni
davlat
tomonidan
qo’llab-quvvatlash
8
tuzilmalarining muhim vazifasi bo’lib qolmoqda.
Kichik korxonaning muhim xususiyati shuki, u moddiy shaklda oladigan
resurslardan yirik firmalarga qaraganda ancha samarali va moliyaviy resurslarga
qaraganda nisbatan samaraliroq foydalanish xususiyatiga ega. Ushbu
xususiyatga sabab shuki, eng avvalo, kichik korxonani boshqarish tuzilmasi,
odatda unchalik konservativ bo’lmaydi. Bu esa moliyaviy mablag’lardan
foydalanish uchun salbiy omil, buyum holidagi investitsiyalar uchun esa ijobiy
omildir. Moliyaviy investitsiyalarni qidirib topish, jalb etish va ishlab
chiqarishga kiritish jarayoni hamma vaqt ancha rasmiylashgan va me’yoriy
hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Qoida tariqasida yuqori darajali
professional moliyachilarga ega bo’lmagan kichik korxona uchun esa bu
operatsiya qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Shu sababli kichik korxonalar
moddiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishdan manfaatdor.
Intellektual resurslar (texnologiyalar, "nou-xau", savdo markalari va boshqalar)
bundan mustasno, lekin bu sohada ham kichik korxona nazarida tayyor
mahsulotni sotib olishi uchun mablag’ yyetarli emas, balki investitsiyalar
sifatida shu tayyor mahsulotning o’zini olish ma’qulroq.
Bozor islohotlarini amalga oshirayotgan bir qator mamlakatlarda moddiy
investitsiyalarni jalb etishning turli shakllari orasida lizing, franchayzing va
tolingdan juda faol foydalanilmoqda. Buning ustiga, kichik tadbirkorlikni davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlash organlarining mavjud va ishlab chiqilayotgan
dasturiy hamda me’yoriy hujjatlarida mazkur shakllarga katta o’rin berilmoqda.
Moddiy investitsiyalashning turli shakllaridan foydalanish samarasi ko’p
jihatdan bunday operatsiyalarda vujudga keladigan munosabatni tartibga
soladigan maxsus me’yoriy bazaning rivojlanish darajasi, tegishli bozor
infratuzilmasining rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Xususiy tadbirkorlikni va bu sohaga investitsiyalarni jalb etishni
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan davlat siyosatini
amalga oshirish institutsiyaviy va huquqiy tizimni doimiy ravishda
takomillashtirishni talab qiladi. Bu tizimning samarali ishlashi uning barcha
9
unsurlari bir-birining vazifasini juda kam takrorlagan holda doimiy ravishda
o’zaro aloqada bo’lishini hamda faoliyatlari muvofiqlashtirilishini taqozo etadi.
2000 yilda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to’g’risida"gi Qonun kichik biznesni tartibga solishning huquqiy asoslarini
rivojlantirish sohasida davlat faoliyati takomillashuviga olib keldi. Shu bilan
birga, aytish kerakki, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida kichik
tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash rag’batlantiradigan, tanlab
qo’llaniladigan bozor mexanizmlarida muvozanat buzilishiga olib kelmaydigan
bo’lishi kerak.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalarda
Davlat kafolatining kamayib borishini xorijiy investorlarda Respublikamizda
olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo’lgan ishonch ortib borayotganligi bilan
izoxlash mumkin. Shy bilan birga, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida,
davlat tomonidan iqtisodiy manfaatli bo’lmagan loyihalarni moliyalash to’xtatila
boshlandi. Hukumat tomonidan faqat iqtisodiy manfaat chegaralangan yoki
umuman bo’lmagan ijtimoiy muhim loyihalar kafolatlanadi. Bular, birinchi
navbatda, suv ta’minoti, ta’lim va sog’liqni saqlash, transport na aloqa
infrastrukturasi sohalaridagi loyihalardan iborat.
Xorijiy investitsiyalarning o’sishida xalqaro moliya institutlari qarzlari
doirasida import aloqalarni qayd etish tartibining soddalashtirilishi, sanoat
korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta ta’minlash, soliq yukining
pasaytirilishi, mahsulot taqsimlash to’g’risidagi bitimning qo’llanishi,
shuningdek, xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalarini tuzish yo’li
orqali alohida imtiyozlar hamda preferentsiyalar taqdim qilish asosiy omillar
bo’ldi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida donor mamlakatlar bilan
istiqboldagi ustuvor yo’nalishlarni aniqlash borasida birgalikdagi ishlar
jadallashdi. Bunda, birinchi navbatda, asosiy e’tibor mintaqalararo hamkorlik
loyihalarini amalga oshirish, kommunal tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish,
ekin er maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, kadrlar tayyorlashning
milliy dasturini amalga oshirishga ko’maklashish, tibbiyot muassasalarini yuqori
10
texnologiyadagi
uskunalar
bilan
jihozlash,
moliyaviy
tashkilotlarning
samaradorligini oshirish kabilarga qaratildi. Xususan, dunyoning qator
davlatlari, birinchi navbatda, bugungi kunda bizda asosiy hamkor sifatida
qaraluvchi, iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotgan, qo’shma investitsion
loyihalar amalga oshirish rejalashtirilayotgan yoki ko’zda tutalayotgan Rossiya,
Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar bilan savdo-
iqtisodiy xamkorlik aloqalari barqaror sur’atlarda rivojlanmoqda.
|