1.2. Kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni yo’naltirishning huquqiy
asoslari
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
investitsiyalarni, xususan, turli sohalardagi investitsiya loyihalarini amaliyotga
samarali tatbiq etish bilan ta’minlanadi. Amalga oshirilayotgan investitsiya
loyihalarining hajmiga qarab iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarish va siljishlar
haqida xulosa chiqarish mumkin.
Ayniqsa, investitsiya sohasida ro’y berayotgan tarkibiy o’zgarishlar
e’tiborga molik. Istiqlol yillarida mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi,
xorijiy sarmoyadorlar uchun keng ko’lamli huquqiy kafolat va imtiyozlar
majmui
yaratildi,
xorij
kapitali
ishtirokidagi
korxonalar
faoliyatini
rag’batlantirish bo’yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi.
Kichik biznes korxonalarini rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga
oshirishning ahamiyati benihoya katta. Buning afzalliklariga quyidagilarni
keltirish o’rinli:
birinchidan, xorijiy investitsiyalar ko’magida korxonalarga zamonaviy
texnika va texnologiyalar joriy qilinib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlar
ishlab chiqarish rivojlanadi;
ikkkinchidan, import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni
yo’lga qo’yish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning yetakchi
11
sohalariga yo’naltirish orqali pirovardida aholining turmush darajasini oshirish
imkoni yaratiladi;
uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish o’sib borayotgan aholini ish
joylari bilan ta’minlash imkoniyatlarini oshiradi;
to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlari, moddiy-
texnik bazasi yangilanadi va ular texnik jihatdan qayta qurollanadi;
beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlaydigan korxonalar barpo etiladi
1
.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquq sub’yekti sifatida jahon siyosiy
xaritasida o’z o’rniga ega. Investorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish -
bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng asosiy shartlaridan biridir. Investorlar
faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun o’tgan
1991-2012 yillarda jahonda xorijiy investitsiyalarga doir amaldagi qonunlarga
498 marta o’zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, investitsiyalarni o’zaro
himoya qilish bo’yicha 1500 taga yaqin ikki tomonlama bitimlar tuzilgan
2
.
Shuning bilan birga turli davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni
o’rnatishda, uni amalga oshirishda o’zining vakolatli davlat organlari va
nodavlat tashkilotlari ishtirokida faol ishtirok etadi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini
rag’batlantirish
Respublika
koordinatsion
kengashining
faoliyatini
takomillashtirish to’g’risida" 2000 yil 17 fevralda №57-sonli Qarori qabul
qilindi. Xalqaro va xorijiy kredit liniyalari orqali moliyalashtirish
munosabatlariga nisbatan qo’llanishi lozim bo’lgan huquq O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 70,71 boblarida nazarda tutilgan normalar,
boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalarda e’tirof etilgan asosida, shuningdek
taraflarning o’zaro kelishuvi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi davlat
va shaxslar hamda xorijiy shaxslar o’rtasida investitsiya nizolarini hal etish
1
Almatova D. Mintaqalarda investitsiyalar jalb etishning muhim yo’nalishlari. “O’ZIA” - “EVU” №1, 2012.
2
http://www.base.spinform.ru
12
to’grisidagi Vashington konventsiyasi (1965), investitsiya kafolatlari bo’yicha
ko’p tomonli agentlikni ta’sis etish to’g’risidagi Seul konventsiyasi (1985 yil)
kabi xalqaro konventsiyalarga qo’shildi, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon
bankiga a’zo bo’ldi.
Respublikamizda xorijiy investorlarning iqtisodiy faoliyati quyidagi
qonunlar bilan himoyalangan;
-tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonunlar va me’yoriy xujjatlar bilan;
-chet el investitsiyalari to’g’risidagi qonunlar bilan.
O’zbekistonda “Chet el investitsiyalari to’g’risi”dagi dastlabki qonun 1991
yil iyunida qabul qilindi. Keyingi yilning iyulida esa mamlakat parlamenti bu
qonunning yangi tahririni qabul qildi.
1994 yilning 5 mayida qonun chiqaruvchilar O’zbekiston Respublikasining
"Chet el investitsiyalari va chet el investorlari faoliyatining kafolatlari
to’g’risida"gi yangi Qonunini tasdiqlashdi. 1996 yilning o’rtasida qabul qilingan
"Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida"gi Qonun shu toifadagi zonalarga
investitsiyalashning asosiy' huquqiy doirasini shakllantirdi.
1996 yil noyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet el
investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo’shimcha omillar va
imtiyozlar to’g’risida»gi Farmonida «Chet el investitsiyasi bo’lgan ishlab
chiqarish
korxonalari»
deb
nomlanib,
preferentsial
rejim
berilgan
korxonalarning maxsus toifasi belgilandi. Eksport uchun, ishlab chiqarish-
texnika mahsulotlari va ichki bozor ehtiyojlarini qondirish uchun tovarlar ishlab
chiqarayotgan chet el investitsiyasi bo’lgan korxonalar ham:
- chet el sarmoyasining ustav jamg’armasidagi hissasi 50% va undan
ko’proqni tashkil etsa, ishlab chiqarish boshlanganidan keyin ikki yil muddatda;
- ishlab chiqarish hajmida 25% dan ko’proqni bolalarga atalgan tovarlar
tashkil etsa, ishlab chiqarish boshlanganidan keyin -besh yil muddatda foydadan
undiriladigan soliqdan ozod qilinadi. Keyingi yillarda bu korxonalarning
foydasidan olinadigan soliq amaldagiga qaraganda ikki marta pasaytirilgan
stavkalarda undiriladi.
13
1998 yil Oliy Majlis investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni
tartibga soluvchi 3 ta qonunni - 1998 yil 30 aprelda O’zbekiston
Respublikasining "Chet el investitsiyalari to’g’risida" va "Chet el
investorlarining kafolatlari va ularning huquqlarini himoya qilish choralari
to’g’risida"gi hamda 1998 yil 24 dekabrda "Investitsiya faoliyati to’grisida"gi
Qonunlarni qabul qildi. Bu qonunlar mamlaqatimizda investitsiya muhitini
yaxshilashga va uning iqtisodiyotiga sarmoya joylashtirish hajmlarini oshirishga
yo’naltirilgan edi. Investitsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida
respublikada qabul qilingan me’yoriy xujjatlar investitsiyalarni ko’paytirishga,
ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni respublikaga jalb qilishga yordam berdi. Qonun
qabul qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad - respublika qimmatli qog’ozlar
bozorida amalga oshirilayotgan xuquqiy islohotlarning uzviy davomi bo’lgan
hamda qimmatli qog’ozlar bozori faoliyat ko’lamining yanada kengayishiga
qulay zamin hozirlaydigan va mamlakatdagi investitsion muhitga bevosita ta’sir
ko’rsatadigan istiqbolli me’yoriy-huquqiy hujjatlar yaratishdan iboratdir.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 12 noyabrdagi
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining
qo’shma majlisida so’zlagan nutqida O’zbekiston Respublikasining "Investitsiya
va pay fondlari to’g’risida"gi qonuni loyihasini tayyorlash zarurligi ta’kidlangan
edi. Shu bois ham investitsiya va pay fondlari to’g’risida aholining keng
qatlamiga tushunchalar berish foydadan holi bo’lmaydi
1
.
Respublika banklari kichik biznes korxonalariga moliyaviy yordam
ko’rsatishdan tashqari investitsiyalar monitoringi va uni takomillashtirish
borasida kichik biznes korxonalariga katta yordam ko’rsatmoqda. Bu birinchi
navbatda jahon eksport bozorlariga o’z mahsulotini olib chiqish borasida kichik
biznes korxonalaryga yordam ko’rsatmoqda. Respublika Milliy tashqi iqtisodiy
faoliyat banki Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari taraqqiyoti moliya institutlari
assotsiatsiyasi (AFIRATO) bilan birga Milliy bank BMT ning xalqaro savdo
33 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish kontseptsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2010.
14
markazi Jahon savdo tashkilotining 5 loyihasini amalga oshira boshladi. Mazkur
tizimga ulangach, O’zbekiston korxonalari xalqaro texnologiyalar, tayyor
mahsulot, xom-ashyo, yordamchi materiallar va butlovchi qismlar bozoriga
tezkorlik bilan kiradi, o’zlari biznes hamkorlar tanlaydi. 1993 yilning dekabrida
Ashxobodda imzolangan "Investitsiya faoliyati sohasida hamkorlik qilish
to’g’risidagi bitim" katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu bitimga muvofiq
tomonlarning investorlari boshqa tomonlar hududida investitsiyalashni quyidagi
yo’llar bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq:
-tomonlar investorlariga to’liq tegishli bo’lgan korxonalar, shuningdek,
bunday korxonalarning filiallarini barpo etish;
-investitsiyalash joyida yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda barpo
etiladigan korxonalarda ulushi bilan qatnashish;
-milliy
qonunchilikka
muvofiq
korxonalar,
binolar,
inshootlar,
korxonalarda qatnashish ulushlari, paylar, aktsiyalar, obligatsiyalar hamda
qimmatli qog’ozlarni sotib olish;
-investitsiyalash joyidagi davlat hududida amalda bo’lgan qonunlarga zid
bo’lmagan investitsiyalarni amalga oshirish va boshqa faoliyatlar bo’yicha
iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish.
O’zbekiston
Respublikasiga
"To’g’ridan-to’g’ri
xususiy
xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni ragbatlantirish borasidagi qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11
apreldagi №PF-3594-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish,
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va
rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’lgan
mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga
to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek,
xorijiy investorlar uchun ishonchli hukuqiy himoya va kafolatlarni ta’minlash
maqsadida 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb etadigan va iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab
15
chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan
olinadigan soliq, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va
obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan
yagona soliq to’lashdan, pguningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy
ajratmalar to’lashdan ozod qilindi. (O’zR Prezidentining 28.12.2010 y. PF-4261-
son Farmoni tahriri).
Shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi
quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari berildi:
-300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;
-3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil
muddatga;
-10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.
Korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33
foizni tashkil etishi lozim. Xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan
valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo’yish mumkin.
Yuqoridagi imtiyozlarni qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan
olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish
maqsadida qayta investitsiyalashga yo’naltirish mumkin
1
. Ushbu Farmonning
davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "To’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida"gi № PF-4434-sonli Farmoni 2012 yilning 10 aprelida qabul
qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq, "Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni
rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri quyilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar
uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, respublika
mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi
rag’batlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada
mustahkamlash maqsadida xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni
va unga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar
16
AQSh dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan
boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda,
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (tovarlar,
ishlar,
xizmatlarni
realizatsiya
qilish
aylanmasi),
mol-mulk
solig’i,
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy
to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash
va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar
davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini
qo’llashga haqlidirlar.
Shuningdek, qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy
investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida,
ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-
kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki
moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender (tanlov) savdolarini
o’tkazish
bo’yicha
Davlat
komissiyasiga
xorijiy
investorlarning
buyurtmanomalari bo’yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni
barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo’lgan
past likvidli ob’ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan
to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish yo’li bilan tanlov o’tkazmasdan «nol»
xarid qiymati bo’yicha sotish huquqi berildi.
Respublika sanoatini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish,
asosiy sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga va eksport salohiyatini
o’stirishga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoat
tarmoqlari, komplekslari va korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab
chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ularning samaradorligi
hamda raqobatdoshligini yanada oshirish maqsadida 2011-2015 yillarda
respublika sanoatini rivojlantirishning asosiy vazifalari va ustuvor yo’nalishlari
17
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda O’zbekiston
Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida" 2010
yil 15 dekabrda № PQ-1442-sonli qarori qabul qilindi. Mahsulotning
raqobatbardoshligi aniq bir bozordagi aniq iste’molchilar aloqalari bilan, ya’ni
bozor strategik segmentatsiyasidagi belgilarga mos kelishi bilan tuziladi.
Ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi
tarmoqlarining respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va xududlarini istiqbolda
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan uzviy bog’liq holda
ildam rivojlanishini ta’minlash hamda buning negizida yangi ish joylarini
yaratish, aholining bandligi va turmush darajasi uzluksiz o’sib borishini
ta’minlash, 2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya
qurilishini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo’nalishlarini belgilash maqsadida,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda infratuzilmani,
transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish
to’g’risida" 2010 yil 21 dekabrda №PQ-1446-sonli qarori qabul qilindi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishda davlatimiz
rahbari tomonidan "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish
uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida"gi № PF-4354-sonli Farmoni 2011 yilning 24 avgustida
qabul qilindi. Ushbu Farmonda ta’kidlanishicha, 2011 yilning 1 oktyabridan
boshlab soliqlar, bojxona bojlari va yig’imlari, shuningdek boshqa majburiy
to’lovlarni to’lash muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori kechiktirilgan
har bir kun uchun penyani hisoblash tartibi saqlangan holda, amaldagi
mikdoriga nisbatan uchdan bir qismga kamaytirildi;
yuridik shaxslar tekshiruvlar natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan
soliq va boshqa majburiy to’lovlarni, shuningdek moliyaviy sanktsiyalarni
undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida teng
ulushlarda to’lash huquqiga ega.
|