• 5.4. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi
  • -rasm. Boshqarishning matritsali strukturasi




    Download 158,29 Kb.
    bet6/7
    Sana25.01.2024
    Hajmi158,29 Kb.
    #145252
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    5-mavzu

    5.5.-rasm. Boshqarishning matritsali strukturasi
    Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyiha yoki dastur rahbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga quyilgan masalalar maqsadli hal qilinadi. Ishni tashkil qilish bo‘yicha rahbarning mas’uliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo‘yicha rahbarning mas’uliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajadaqisqartirishga, boshqaruvning harxil darajalari va har bir zveno chegarasida alohida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, xalq xo‘jaligi, korxonalar (firmalar) tarmoqlarining xo‘jalik mustaqilligini ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi.
    Tashkiliy tuzilmalarning mukammal yoki ideal shakli mavjud emas. Barcha asosiy tuzilmalar strategiyaga nisbatan kuchli va zaif tomonlarga ega. Tuzilmani strategiyaga moslashtirishni zarur darajada amalga oshirish uchun strategiya ijrochilari asosiy tuzilmani tanlab olishi, zarur hollarda kompaniyaning o‘ziga xos xislatlariga mos holga keltirish uchun uni modifikatsiyalash va bu tuzilmani kompaniyaning strategiyasini samarali bajarish uchun talab qilinuvchi kommunikatsiya va muvofiqlashtirish mexanizmlari bilan to‘ldirishi lozim. Amalda ko‘p hollarda bir-biriga bo‘ysunish munosabatlari, ichki siyosat, shaxs psixologiyasi va firmaning boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zaruratini talab qiladi, biroq bunda doimo “strategiya-tuzilma”nisbatlarini belgilab beruvchi omillar asosiy rol o‘ynaydi.
    5.4. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi
    Boshqaruv uslubi –muayyan maqsadlarga erishish maqsadida boshqariluvchi obyektga ta’sir ko‘rsatish usullari va vositalari majmui. Menejer muayyan vazifani hal qilayotganida turli uslublar uning ixtiyoriga maqsadlar qo‘yish va ularni amalga oshirish uchun zarur vaqt va boshqa resurslar sarfini kamaytiruvchi qoidalar, usullar va yondashuvlar tizimini beradi. Biz ko‘rib chiqayotgan boshqaruv uslublari mehnat jamoalariga, shu jumladan, alohida xodimlarga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur yondashuv boshqaruvning boshqariluvchi obyektlarga izchil ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutuvchi umumiy konsepsiyasi bilan bog‘liq. Mehmonxonalar, birlashmalar va mehnatkashlarning jamoalari boshqaruvning boshqariluvchi obyektlaridir.
    Boshqaruv uslublarining ko‘pligi va ularni tasniflashga nisbatan yondashuvlarning har xilligi muayyan boshqaruv vazifalarini hal qilishda ularning orasidan ko‘proq samara beradigan uslublarni tanlab olish vazifasini og‘irlashtiradi. Boshqaruv uslublarining rang-barangligi ma’lum mezonlarga ko‘ra tasniflash yordamida ularning butun majmuini tartibga solishni taqozo etadi. Boshqaruv uslublarini tavsiflashda ularning mo‘ljali, mazmuni va tashkiliy shaklini ochib berish lozim. Boshqaruv uslublarining mo‘ljali ular muayyan boshqaruv obyekti (firma, bo‘lim, bo‘linma, kompaniya va h.k.)ga yo‘naltirilganligini anglatadi.Boshqaruv uslublarining mazmuni deganda obyektga ta’sir ko‘rsatish o‘ziga xos usullarining majmui tushuniladi. Boshqaruv uslublarining tashkiliy shakli –yuzaga kelgan muayyan vaziyatga ta’sir ko‘rsatish usullari. Ta’sir to‘g‘ri (bevosita)
    yoki egri (bilvosita, ya’ni vazifani qo‘yish va uni hal qilishga rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlar yaratish) bo‘lishi mumkin.
    Turizm korxonalarini boshqarish amaliyotida turli uslublar va ularning har xil uyg‘unliklari birvarakay qo‘llanadi. Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv uslublari mazmuni, ta’sir obyekti va ularning tasnifi tushunchalarining yagona talqini mavjud emas. Biroq, tasniflash usulidan qat’i nazar, boshqaruv uslublarining barchasi bir-birini to‘ldiradi. Zero, ularning mo‘ljali bitta –turli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarga yordam berish. Boshqaruvning muayyan uslubida mazmun ham, mo‘ljal ham, tashkiliy shakl ham muayyan tarzda mujassamlashadi. Shundan kelib chiqib, boshqaruvning quyidagi uslublarini ajratish mumkin:
    1) iqtisodiy uslublar;
    2) tashkiliy-ma’muriy uslublar;
    3) ijtimoiy-psixologik uslublar.
    Boshqaruv usullari boshqaruv subyektining muayyan natijalarga erishish maqsadida boshqaruv obyektiga ta’sir o‘tkazish usullari yig‘indisidir. Boshqaruv usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etiladi.
    Boshqaruv usullarining nazariy asoslarini chuqur va atroflicha tahlil etish lozim bo‘ladi. Negaki, engmaqbul usullar ham noto‘g‘ri qo‘llanilganda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
    Boshqaruv usullarini turkumlashga turlicha yondashuvlar mavjud. Ammo har qanday inson yoki jamoaga faqatgina ularning manfaatlariga mos keluvchi ta’sir choralarini qo‘llash samarali hisoblanadi. Ta’sir ko‘rsatish mazmuniga ko‘ra boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud.
    Tashkiliy-farmoyish usullari korxona boshqaruvchilarining vakolati va hokimiyati kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Ko‘p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquq va hokimiyat kuchini qo‘llash, ya’ni buyruq, qaror va farmoyishlarniamalga oshirishga asoslanadi (5.6-chizma). Tashkiliy-farmoyish usullari direktiv xarakterga ega bo‘lib, ularni bajarmaslik moddiy, ma’naviy va ma’muriy shakldagi javobgarlikka sabab bo‘ladi.

    Texnik-texnologik normativlar

    Kvotalar

    Standartlar

    Iqtisodiy normativlar

    Litsenziyalar

    Yo`riqnomalar

    Nizomlar

    Qoidalar

    Qonunlar

    Og‘zaki Ko‘rsatmalar

    Buyruqlar

    Direktivalar

    Qarorlar

    Farmonlar

    Farmoyish

    Reja-naryad va topshiriqlar

    Tavsiyanomalar

    Operativkengashqarorlari

    Operativ-tavsiya

    Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari

    Me’yorlash

    Reglamentlash

    Tashkiliyta’sir etishusullari

    Operativ-farmoyish usullari



    Download 158,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 158,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Boshqarishning matritsali strukturasi

    Download 158,29 Kb.