• 5.1-jadval Litsenziya beruvchi tashkilotlar
  • Kichik biznes subyektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan roʻyxatdan oʻtkazish valitsenziya berish tartibi




    Download 158,29 Kb.
    bet2/7
    Sana25.01.2024
    Hajmi158,29 Kb.
    #145252
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    5-mavzu

    5.2. Kichik biznes subyektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan roʻyxatdan oʻtkazish valitsenziya berish tartibi
    Mustaqillik yillarida mamlakatimizning davlat boshqaruvida tub islohotlar o‘tkazilib, ijtimoiy munosabatlarni maʼmuriy-huquqiy tartibga solishning shakllari, usullari va vositalari qayta ko‘rib chiqildi, ularning zamonaviy shakllari qo‘llanila boshlandi, shaxs manfaatlari ustuvorligi belgilandi. Litsenziyalash maʼmuriy-huquqiy tartibga solish usuli sifatida faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilishiga faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida yo‘l qo‘yilishi tartibini belgilaydi hamda shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini muhofaza qilish vazifasini bajaradi. O‘tgan yillar mobaynida litsenziyalash sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish maqsadida yuzga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ularda litsenziyalash tartibi, shartlari, talablar, jarayonlari va litsenziyalashtiriladigan faoliyat turlari belgilab berildi.
    Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi.
    5.1-jadval
    Litsenziya beruvchi tashkilotlar

    Litsenziya beruvchi organlar

    Faoliyat turi

    Vazirlar Mahkamasi

    –raketa-kosmik majmui;
    –aloqa tizimlari;
    –qimmatbaho metallar;
    –qimmatbaho toshlar qazib olish;
    –qimmatbaho toshlar va metallardan zargarlik buyumlari yasash;
    –havo transporti va boshqalar

    Adliya vazirligi

    –yuridik shaxslarning yuridik faoliyat bilan shugʻullanishga, masalan, advokatlik maslahati, notarial idora va boshqalar

    Moliya vazirligi

    –qimmatli qogʻozlarni chiqarish;
    –lotereya oʻyinlarini oʻtkazish va boshqalar

    Markaziy bank

    –valuta qiymatliklari bilan operatsiyalar oʻtkazish;
    –tijorat banklari ochish va boshqalar

    Ichki ishlar vazirligi

    –ovchilik va sport oʻqotar qurollari va ularga oʻqdorilar ishlab chiqarish, tuzatish va sotish;
    –sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish;
    –tarkibida narkotik moddalar boʻlgan ekinlarni ekish, qayta ishlash va sotish;

    Sogʻliqni saqlash vazirligi

    –farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish;
    –tibbiy xizmat koʻrsatish;
    –parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy kimyo tovarlarini tayyorlash va boshqalar.

    Xalq ta’limi,Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirliklari

    –sogʻlomlashtirish va bolalar, oʻsmirlar hamda yoshlar lagerlarini tashkil qilish;
    –xususiy oʻquv muassasalarini ochish va boshqalar.

    Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

    –tur operatorlik;
    –tur agentlik.

    Litsenziyalar namunaviy(oddiy) va yakka tartibdagi bo‘lishi mumkin. Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi, agar ushbu shaxslar tegishlifaoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona shartlar va talablarga javob bersalar. Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat obyekti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa asoslarga ko‘ra miqdoriy cheklanadi.
    Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan tanlovlarni (tenderlarni) o‘tkazish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya daʼvogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
    Аmalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
    Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda rioya etiladigan litsenziya talablari va shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanib, ular quyidagi normalarni o‘z ichiga olishi lozim:
    •litsenziatning qonun hujjatlariga rioya etishi shartligi to‘g‘risidagi;
    •faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishga daʼvogar shaxslarga qo‘yiladigan malaka talablari, jumladan maxsus bilimlarga qoʼyiladigan talablar to‘g‘risidagi;
    •faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishning maxsus shartlariga qo‘yiladigan talablar, jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi.
    Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda litsenziyalanayotgan faoliyat turi xususida qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.

    Download 158,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 158,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kichik biznes subyektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan roʻyxatdan oʻtkazish valitsenziya berish tartibi

    Download 158,29 Kb.