• 5.3. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari. 5.4. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi.
  • 5.1-rasm. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarinitashkil etish tartibi
  • Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish




    Download 158,29 Kb.
    bet1/7
    Sana25.01.2024
    Hajmi158,29 Kb.
    #145252
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    5-mavzu


    5-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
    5.1. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi.
    5.2. Kichik biznes subyektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan roʻyxatdan oʻtkazish valitsenziya berish tartibi
    5.3. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari.
    5.4. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi.
    5.1. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
    Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bir necha bosqichdan iborat. Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi 5.1-rasmda aks ettirilgan.

    Ta’sischilar tarkibini aniqlash va ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish

    Korxonani tashkil etish va uning faoliyati haqida ta’sischilar tomonidan shartnoma tuzish

    Korxona nizomini tasdiqlash va bayonnomani rasmiylashtirish

    Bankda vaqtincha hisob raqamini ochish

    Korxonani roʻyxatdan oʻtkazish

    Davlat reyestriga kiritishuchun korxona haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash

    Korxona ishtirokchilari omonatlarini bankka toʻla kiritish

    Bankda doimiy hisob raqamini ochish

    Korxonani tuman soliq inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish

    Dumaloq muhr va burchakli shtamp tayyorlashgaruxsatnoma olish va ularni tayyorlash

    5.1-rasm. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarinitashkil etish tartibi
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʻminlash, ularnijadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
    2015-yil 15-maydagi PF-4725-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini taʻminlash maqsadida:
    Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari negizida tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha”markazlari) tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari tashkil etilsin.
    Bunda, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarida mavjud“yagona darcha”xizmatlarining faoliyati 2016 yilning
    1-yanvaridan boshlab toʻxtatiladi.
    “Yagona darcha” markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
    “Yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;
    tadbirkorlik subyektlariniroʻyxatdan oʻtkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtishda shaffoflikni ta’minlash;
    tadbirkorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratik gʻov-toʻsiqlarga yoʻl qoʻymasdan davlat xizmatlari koʻrsatayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish;
    arizachilarga informatsion yordam koʻrsatish, shuningdek,davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida bepul konsultatsiya berish.
    Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
    –korxona rahbarining arizasi;
    –hokimiyat tasdiqlagan taʼsis hujjatlari;
    –notarius tasdiqlagan imzo namunalari;
    –muhr va tamg‘a bilan tasdiqlangan kartochkalar;
    –hokimiyatning mahalliy kengashikorxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi qaroridan ko‘chirma yoki notarius tasdiqlagan maʼlumotnoma;
    –soliq organidan ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi maʼlumotnoma.

    Download 158,29 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 158,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish

    Download 158,29 Kb.