Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari




Download 158,29 Kb.
bet3/7
Sana25.01.2024
Hajmi158,29 Kb.
#145252
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu

5.3. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari
Mehmonxonalar nafaqat iqtisodiy faoliyat korxonalarining muhim turi, balki boshqarish maqsadlari va vazifalari bo‘limlar hamdamuayyan xodimlar o‘rtasida taqsimlanishi bilan tavsiflanuvchi murakkab tashkiliy tuzilma hamdir. Boshqarishning tashkiliy tuzilmasi deganda bir-biriga bo‘ysunadigan tarzda joylashgan, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlovchi boshqaruv bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasi mehmonxona muayyan kichiktizimlarining tarkibi, o‘zaro nisbati, joylashishi va o‘zaro aloqalaridan tarkib topadi. Bunday tuzilmani tashkil etish eng avvalo, mehmonxonaning muayyan bo‘limlari o‘rtasida huquqlar va javobgarlikni taqsimlashni nazarda tutadi. Mehmonxonani boshqarish tuzilmasida quyidagi tarkibiy qismlar farqlanadi: boshqaruv bo‘g‘inlari (bo‘limlar), boshqaruv darajalari (pog‘onalari) va boshqaruv aloqalari – gorizontal va vertikal aloqalar. Boshqaruv bo‘g‘inlariga mehmonxonaning tarkibiy bo‘limlari, shuningdek, tegishli boshqaruv funksiyalarini yoki ularning bir qismini bajaruvchi muayyan mutaxassislar (masalan, bir nechta tarkibiy bo‘limlar faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi menejerlar) kiradi. Boshqaruv bo‘g‘inini tashkil etish zamirida boshqaruv muayyan funksiyasining bo‘lim tomonidan bajarilishi yotadi. Bo‘limlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalar gorizontal xususiyatga ega bo‘ladi.
Boshqaruv darajasi deganda mehmonxonani boshqarish tizimida muayyan pog‘onani egallaydigan boshqaruv bo‘g’inlari majmui tushuniladi. Boshqaruv pog‘onalari o‘rtasida vertikal aloqalar o‘rnatiladi va ular bir-biriga bo‘ysunadi: boshqaruvning nisbatan yuqori pog‘onasi menejerlarimuayyanlashtirilib, quyi bo‘g‘inlarga tushiriladigan qarorlar qabul qiladi.
Mehmondo‘stlik sanoatini boshqarish amaliyotida tashkiliy tuzilmalarning quyidagi turlari ayniqsa keng tarqalgan:
chiziqli (pog‘onali) tashkiliy tuzilma;
funksional tashkiliy tuzilma;
chiziqli-funksional tashkiliy tuzilma.
Tashkiliy tuzilmalar juda turli-tuman, lekin ular umumiy izchil bog‘liqlikka ega va qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasining asosiy to‘g‘ri chiziqli va funksional turlaridir. Ular birikishi asosida turli xil chiziqli-funksional tuzilmalar tarkib topadi.
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalariquyidagi rasmlarda aks ettirilgan.


Download 158,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 158,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari

Download 158,29 Kb.