|
Tajriba quyidagi ketma-ketlikda, xavfsizlik qoidalariga rioya
|
bet | 10/17 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 78,32 Kb. | | #135022 |
Bog'liq Kimyo fanidan dars ishlanmalar-fayllar.orgTajriba quyidagi ketma-ketlikda, xavfsizlik qoidalariga rioya
qilingan tarzda namoyish etiladi:
1. Teng elkanli shayinni yuqori ilmogi yordamida laboratoriya
shtativiga mustahkamlangan halqa sterjeniga osib qo’yiladi.
Shayinning o’ng ilmog’iga osma halqa yordamida Landolt idishi
mahkamlanadi. Shayining chap ilmog’oga osma xalqa yordamida
kosacha mahkamlanadi.
1-tajriba. Landolt idoshining chap bo’lmasiga pipetka yordamida bariy
(II)-xloridning 10 % li eritmasidan 2 ml, o’ng bo’lmasiga sulfat
kislotaning 10 % li eritmasidan 2 ml miqdorida quyiladi. Lamdolt
idishi rezina tiqin bilan berkitiladi va muvozanat yuzaga kelgunicha
kosachaga og’irlikka qarshi kukun solinib muvozanatni yuzaga
keltiriladi. Muvozanat yuzaga kelgach,
Landolt idishning chap tomonidagi moddani o’ng tomoniga o’tishi
uchun idish o’ng tomonga engashtiriladi (qiyshaytiriladi), natijada
idishning o’ng bo’masida kimyoviy reaksiya ketadi va oq rangli
cho’kma- bariy (II)-xlorid hosil bo’ladi.
Moddalar og’irligi o’lchanadi, yangi modda hosil bo’lishiga
qaramasdan moddalarning og’irligi saqlanganligi aniqlanadi.
Tajriba
yordamida
kimyoviy
reaksiyaga
kirishayotgan
moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlari umumiy
massasiga tengligi isbotlanadi.
2-tajriba. Landolt idishi bo’lmalaridan biriga 1 g qizil fosfor
solinib, idish og’zi rezina tiqin bilan berkitiladi va muvozanat yuzaga
kelgunicha kasachaga kukun solinadi. Landolt idishi quruq yonuvchi
(urotropin) yordamida qizdiriladi. Landolt idishi ichida reaksiya
borishi kuzatiladi va natijada oq bug’ ko’rinishida fosfor (V)-oksid
hosil bo’ladi.
Maktab
laboratoriyasidagi
moddalarning
bor-yo’qlik
imkoniyatidan kelib chiqib berilgan tajribaning 1 tasini bajarish
|
| |