3 savol Temir (II)-oksid va temir (III)-oksidning bir xil
birikmalarmi?
Javob: Temir (II)-oksid va temir (III)-oksid bir xil tarkibga ega
bo’gan ikki xil maddalardir.
4. Yangi mavzu bayoni
1) O‘qituvchining ma’ruzasi
Yangi dars bayoni Tabiatdagi har qanday modda izsiz qolmaydi. Juda ko’plab
kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari o’rganilganida
reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya mahsulotlari
massasiga miqdordan teng bo’lishi aniqlangan. Bu kabi hodisalarni ulug’
ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa
mutafakkirlar tajriba xonalarida og’zi payvandlangan idishlarda olib
borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan.
1748 yilda rus olimi M.B.Lomonosov ham og’zi payvandlangan
kolba – retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat
qilgan. 1772-1789 yillarda fransuz olimi A.Lavuaze ham yopiq
idishda olib borgan tajribalarida umumiy massa o’zgarmasligini
kuzatgan va bu o’ziga xos yanglik-yangi qonun ekanligini tushunib
yetgan. Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan biri massaning
saqlanish qonuni ochilgan.
Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy
massasi reaksiya mahsulotlari umumiy massasiga teng. A.Lavuaze bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada
qatnashayotgan har bir element atom massasi reaksiya davomida
o’zgarmasligini ta’kidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element
atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi.
Kimyoviy reaksiyalarda atomlar yoqolib ketmaydi, yo’qdan bor
bo’lmaydi, atomlarning umumiy soni o’zgarmaydi. Har bir atom
massasi kimyoviy reaksiyalarda o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun
moddalarning umumiy massasi ham o’zgarmasdan qoladi.
Bu qonun tabiatning eng muhim qonunlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Massaning saqlanish qonunini tajriba yo’li bilan tushuntirish ya’ni
moddalarni massalarini o’zaro reaksiyaga kirishganda ham qanday
12
bo’lsa shundayligicha qolishini matematik hisoblash va tajriba yo’li
bilan isbotlash.
Laboratoriya ishini bajarishda oldindan tayyorlab qo’yilgan asbob
“Massaning saqlanish qonunini aniqlovchi asbob” bilan tajriba olib
boriladi.
Tajriba uchun quruq holatdagi toza idishlar tanlanadi.