• Himoya kuni _______________ DAK bayoni _______________ DAK bahosi _______________ DAK kotibi _______________ Buxoro–2016 yil
  • Kirish I. Texnologik qism.
  • II. Loyihalash-konstruktorlik qismi.
  • ,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik




    Download 211.46 Kb.
    bet2/31
    Sana23.02.2024
    Hajmi211.46 Kb.
    #161032
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Kimyoviy texnologiya-fayllar.org
    Kiber 6-amaliy, Kiber 5.1-amaliy, MB 3 mustaqil ish.pdf-1, 1-мавзу...Кадрлар тайёрлаш миллий дастури, INFECTION DISEASES, murod fizika 8, jismoniy, TechnoWays-OTM-ilova, 13263 1 25766084B7E7A9DC1B4EE54596A0BCBBD0A96E1B, SHAXZOD DES TAQDIMOT, Taqdimot (27), 2-mustaqil ish Toshniyozov Shuhrat, 5-mustaqil ish Toshniyozov Shuhrat, 1-Topshiriq, NI 2-3-4 sinflar ona tili 1,2 чорак
    21,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik 

    hisoblash va o’rnatish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish 

    Bajardi: 36–12 TJNG guruhi talabasi


    Rafikov Sh.A.

    Rahbar: Hayitov O.O.

    Tushuntiruv – yozuv ishlari ___________ varaq 


    Grafik qismi ________ ta chizma

    Himoya kuni _______________ DAK bayoni _______________ 

    DAK bahosi _______________ DAK kotibi _______________ 

    Buxoro–2016 yil 
    «NKST» kafedrasi mudiri 
    _______ dots.Bozorov G’.R.
    «____» __________2016 yil 



    Kirish 

    I. Texnologik qism. 
    I.1. Neftning kimyoviy tarkibi va olinadigan mahsulotlar;
    I.2. Suyuqliklarni haydash va aralashmalarni ajratish usullari;
    I.3. Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi; 
    I.4. Issiqlik almashinish jarayonlari va qurilmalari.


    II. Loyihalash-konstruktorlik qismi. 
    II.1. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik hisoblash;
    II.2. Jihozni 
    o’rnatish va ta’mirlash

    III. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi 
    III.1. Fuqaro muhofazasi 
    III.2. Texnika xavfsizligi

    IV. Grafik qismi 
    IV.1. Mazutni vakuumli haydash qurilmasi texnologik sxemasi; 
    IV.2. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichning umumiy k
    o’rinishi chizmasi; 
    IV.3. Jihozni
    o’rnatish va ta’mirlash sxemalari; 
    IV.4. Qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni alohida qismlari va detallari ishchi
    chizmalari. 
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar r
    o’yxati.




    Kirish 
    2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga 
    mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
    majlisida Davlatimiz rahbarining nutqida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom 
    etayotganligiga qaramay, 2015 yilda iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va
    ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes 
    manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo’yicha har tomonlama puxta
    Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot o’sishining barqaror 
    va yuqori sur’atlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi.
    Nufuzli halqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy markazlar tomonidan 
    yuqori baholanayotgan yutuqlar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari
    butun jahonda “o’zbek modeli” sifatida e’tirof etilib, bu tanlangan rivojlanish 
    strategiyasining yuqori samaradorligi va muvaffaqiyatini yana bir bor tasdiqlagani
    alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq O’zbekiston 2014-
    2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari
    bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan.
    Mulkchilik tarkibini tubdan o’zgartirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini
    qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinstiplari va yondashuvlarini o’zgartirish 
    bo’yicha tizimli chora-tadbirlar, keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha
    akstiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy tuzilmasi joriy etildi. 
    Tarkibiy o’zgartirishlar, tarmoqlarni modernizastiyalash, texnik va texnologik
    jihatdan yangilash bo’yicha chora-tadbirlar va investistiya loyihalarining faol amalga 
    oshirilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilmaning shakllantirilishi 15,8 milliard AQSh
    dollari miqdorida yoki 2014 yildagiga qaraganda 9,5 foiz ko’p investistiyalar 
    o’zlashtirilishini ta’minladi. Yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga
    yo’naltirilgan tarmoqlar jadal rivojlanishga ega bo’ldi. 158 ta yirik ishlab chiqarish 
    ob’ekti foydalanishga topshirildi.


    Neft va gaz sanoati O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlardan biri 


    hisoblanadi. Mustaqillikdan so’ng mazkur soha dinamik rivojlanib, Respublika
    mustaqilligini mustahkamlashga o’z hissasini qo’shib bormoqda. 
    Iqtisodiyotning ustivor sohalarini modernizastiya qilish, texnikaviy va texnologik
    qayta jihozlash, ularda zamonaviy chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilish 
    Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan inqirozni bartaraf
    qilish dasturining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
    Mustaqillika erishilgach, 1997 yilda gaz kondensatini qayta ishlashga mo’ljallangan
    chet el ilg’or zamonaviy texnologiyalardan biri Fraksiya “Teknip” kompaniyasi 
    texnologiyasiga ko’ra Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Zavodning
    umumiy quvvati yiliga 2,5 mln. tonna neft va gaz kondensati aralashmasini qayta 
    ishlashga mo’ljallangan
    Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish 
    maqsadida 17 fevral 1998 yil “O’zbekneftegaz” va “ABB Lummus Global”(AQSh),
    “ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari 
    o’rtasida gaz kimyo majmuasini loyihalash, qurilmalarni etkazish, o’rnatish va ishga
    tushirish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi 
    ishga tushirildi va 2002 yil 15 avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo
    majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m
    3
    tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan.

    Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen


    mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil 
    Halqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi.
    Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda. 
    Ya’ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo
    (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, 
    Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
    Sohaning muhim rolini inobatga olib, mamlakatimiz rahbariyati neft va gaz sanoati 
    rivojiga alohida ahamiyat qaratmoqda.O’tkazilayotgan geologik tadqiqotlar Buxoro,
    Xiva va Surxondaryo regionlarining yuqori istiqbolga ega ekanligini tasdiqladi. Boy 
    zaxiralar aniqlangan Ustyurtda Surgil, Sharqiy Berdax, Uchsoy kabi yirik gaz konlari



    ochildi. 2015-2019 yillarda “O’zbekneftgaz” MXK 50 dan ziyod investistion loyihalarni 


    amalga oshirishni ko’zda tutgan.
    Surgil koni bazasida barpo etilayotgan 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta 
    ishlab, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish va
    mahsulotlarning asosiy qismi Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarida 
    sotilishi ko’zlangan “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Janubiy Koreyaning
    “Kogas”, “Lotte Petrochemicals” kompaniyalari va “Uz-Kor Chemicals” qo’shma 
    korxonasi hamkorligidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi va Lukoil Uzbekistan Operaiting
    Company MChJ buyurtmasiga ko’ra Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering Co., Ltd. 
    kompaniyasi tomonidan «Qandim – Xauzak – Shodi – Qo`ng`iorot» gaz konlari bazasida
    qurilishi tugallanayotgan gazni qayta ishlash zavodi (GQZ) kompleksini qurish 
    Respublikamiz yoqilg’i – energetikasi sohasida yana bir muhim qadamlardan sanaladi.
    Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda 
    “O’zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi.
    Hozirda Respublikamizda jaxon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft 
    maxsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti.





    Download 211.46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 211.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ,6 tonna bo’lgan qobiq quvurli issiqlik almashtirgichni texnologik

    Download 211.46 Kb.