Kimyoviy texnologiya




Download 211.46 Kb.
bet6/31
Sana23.02.2024
Hajmi211.46 Kb.
#161032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org
Kiber 6-amaliy, Kiber 5.1-amaliy, MB 3 mustaqil ish.pdf-1, 1-мавзу...Кадрлар тайёрлаш миллий дастури, INFECTION DISEASES, murod fizika 8, jismoniy, TechnoWays-OTM-ilova, 13263 1 25766084B7E7A9DC1B4EE54596A0BCBBD0A96E1B, SHAXZOD DES TAQDIMOT, Taqdimot (27), 2-mustaqil ish Toshniyozov Shuhrat, 5-mustaqil ish Toshniyozov Shuhrat, 1-Topshiriq, NI 2-3-4 sinflar ona tili 1,2 чорак
Rektifikastiya usuli: Haydash ajralib chiqqan bug’ kondensastiya jarayoniga
uchraydi, hosil bo’lgan kondensat distilyat yoki rektifikat deb ataladi. Rektifikastiyali 
haydash, atmosfera bosimida yoki vakuum ostida olib boriladi. Hattoki, XIX asrning
oxirlarida rektifikastiya usuli bilan neft fraksiyalarga ajratilib identifikastiya qilingan 
edi.Bular jumlasiga: pentan, izopentan, 2–metilpentan, 2 va 3–metilgeksan, 2,3–
dimetilbutan va qator past haroratda kaynovchi uglevodorodlar kiradi. 
Ko’p komponentli aralashmani rektifikastiya qilishda misol uchun benzinni xaydash
jarayonida haroratning ixtiyoriy intervalida (5,6 yoki 10 
0
S da) kam mikdordaga 

koiponentlarni taxlil kilish uchun qisman olib tekshirish mumkin. Laboratoriya sharoitida


rektifikastion kolonna ko’p pog’onali bo’lib, ajralishning aniqlik darajasi ko’p omillarga 
bog’liq. Bu erda muhim ahamiyatga ega bo’lgan narsa nasadka formasi va materiali
bo’lib, u juda yaxshi ishlov berilgan yuzaga ega bo’lishi kerak, chunki unda bug’larning 
flegmalar bilan o’zaro to’qnashuvi sodir bo’ladi. Agar nasadkaning sifati qanchalik
yaxshi bo’lsa, bitta nazariy hisoblangan tarelkaning balandligi shunchalik kam bo’ladi, 
buning hisobiga kolonnaning balandligi ham kamayadi. Flegma sonini xam to’g’ri tanlab
olish o’ta muhim hisoblanadi. Flegma soni–flegma xajmining bir vaqt oralig’ida olingan 
xajmning nisbatiga aytiladi.
Rektifikastiyalashning aniqligi bundan tashqari yana kolonna diametriga xamda 
boshqa konstruktiv xarakteristikalariga xam bog’liq. Boshqacha qilib aytganda,
issiqlikdan izolyastiyalanganligiga ham bog’liq. Laboratoriya kolonnasining ish 
sharoitida effektivligini nazariy tarelkalar soni bilan baholash qabul qilingan. Amaliyotda
foydalani-ladigan komponentlarning tarkibiga qaprab, ya’ni aralashmalarga qarab 
tarelkalar soni 20 dan to 150 tagacha bo’lish mumkin.
Aralashma komponentlarining uchuvchanligi o’rtasidagi farq ancha katta bo’lsa, 
bunda oddiy haydash usulidan foydalaniladi. Oddiy haydash paytida suyuqlikning bir
marta qisman bug’lanishi yuz beradi. Odatda bu usul suyuq aralashmalarni birlamchi 
ajratish hamda murakkab aralashmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalash uchun
ishlatiladi. 
Suyuq aralashmalarni komponentlarga to’la ajratish uchun rektifikastiya usulidan
foydaniladi, ya’ni rektifikastiya usuli bilan bir jinsli suyuq aralashmalarni 
komponentlarga ajratishda foydalaniladi.


Suyuq aralashmalarni rektifikastiya yordamida ajratish kolonnali qurilmalarda olib 


boriladi, bunda bug’ va suyuqlik fazalari o’rtasida uzluksiz va ko’p marotobalik kontakt
yuz beradi. Fazalar o’rtasida modda almashinish jarayoni boradi. Suyuq fazadan engil 
uchuvchan komponent bug’ tarkibida o’tadi, bug’ fazasidagi kiyin uchuvchan komponent
esa suyuqlikka o’tadi. Rektifikastion kolonnaning yuqorigi qismidan chiqayotgan bug’ 
asosan engil uchuvchan komponentlardan iborat bo’lib, u kondensastiyaga uchraganda
so’ng ikki komponentga ajraladi. Kondensatning birinchi komponenti distilyat yoki 
rektifikat (yuqoridagi mahsulot) deb aytiladi. Kondensatning ikkinchi komponenti esa
qurilmaga qaytariladi va u flegma deb yuritiladi.
Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologiyaning ko’pchilik sohalari ayniqsa neft sohasida
shuningdek, organik sintez, izotoplar, polimerlar, yarim o’tkazgichlar va hokazolar toza 
mahsulot ishlab chiqarishda rektifikastiya keng qo’llaniladi. Bundan tashqari spirt, vino,
likyor-aroq va efir moylari ishlab chiqarishda ham rektifikastiyadan foydalaniladi. 
Ekstrakstiya – bu moddalarni aralashmalardan erituvchilar bilan ajratib olish usuli
bo’lib, bitta moddani aralashmalardan toza holda ajaratib olish yoki kondentrastiyalash 
yoki aralashma tarkibidagi hamma moddalarni alohida–alohida toza holda ajratib olish
usulidir. Ekstrakstiya usuli ikkita bir–birida aralashmaydigan suyuqliklarda moddaning 
taqsimlanish qonuniga va tozalanayotgan aralashmadagi moddaning erituvchilarda har
xil erishiga asoslangan. 
Ajralishi zarur bulgan aralashma eritmasini yoki emulstiyani ajratish voronkasiga
solib aralashma erigan erituvchida aralashmay-digan, lekin moddani yaxshiroq eritadigan 
erituvchi (ektragent)dan ozroq solib chaykatsak, ajratib olinayotgan modda ikkala
erituvchi orasida taksimlanadi. 
Erituvchini ma’lum miqdoridagi moddani to’laroq ajratib olish uchun erituvchi
qayta-qayta ekstrakstiya qilish kerak. Qattiq moddalarni aralashmadan kamroq 
miqdordagi erituvchi bilan qayta-qayta ekstrakstiya qilib ajratib olish mumkin. Bu usul
agar xona haroratida olib borilsa migrastiya, qizdirish bilan olib borilsa, digerirlash
agar to’xtovsiz ekstrakstiya qilinsa perkolyastiya deyiladi.
Yuqorida aytganimizdek ekstrakstiyalash deb – eritmalar yoki qattiq moddalar 
tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish
jarayoniga aytiladi. Ekstrakstiyalash jarayoni ham asosan rektifikastiya kabi suyuqlik 


aralashmalarni ajratish uchun ishlatiladi. Bu usullarni qaysi birini tanlash aralashma 


tarkibidagi moddalarning xossalariga bog’liq. Rektifikastiyalashda odatda issiqlik kerak.
Ekstrakstiyalashda esa isssiqlik talab etilmaydi. Aralashma komponentlarining qaynash 
haroratlarga beqaror bo’lsa, bunday xollarda ekstrakstiyalash jarayoni qo’llaniladi.
Ekstrakstiya usulida tanlab olingan erituvchining zichligi ekstrakstiyalanishi lozim 
bo’lgan suyuqlik zichligidan kam bo’lishi shart. Ekstrakstiyalash jarayonida eritma va
erituvchi o’zaro ta’sir ettirilganda ikkita faza (ektrakt va rafint) hosil bo’ladi. Ajratib 
olingan modda erituvchidagi eritmasi ektrakt, dastlabki eritma qoldig’i esa rafinat
deyiladi. Rafinat tarkibida ma’lum miqdorda erituvchi bo’ladi. .
Ekstrakstiyalash usulida suyuqliklarni ekstrakstiya qilish boshqa usullardan ko’ra
bir qancha afzalliklarga ega. Jarayon past haroratda olib boriladi, eritmani eritmani 
bug’latish uchun issiqlik talab etilmaydi, yuqori tanlovchilikka ega bo’lgan istalgan
erituvchini ishlatish mumkin.



Download 211.46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 211.46 Kb.