• 1.3. O ‘simlik dunyosiga antropogen ta’sir hamda uning ekologik oqibatlari
  • O'simliklarning yana bir eng asosiy ahamiyati turli ishlabchiqarish va qurilish sohalari uchun muhim xomashyo ekanligidir




    Download 33.81 Kb.
    bet6/15
    Sana05.12.2022
    Hajmi33.81 Kb.
    #33273
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (2)
    2 3 Mustaqil qo`zg`atishli o`zgarmas tok motorining statik tavsiflarini, rftgyuikol, 2 5373000144516026976, bu aziz vatan barchamizniki 5-9 sinf, Документ Microsoft Word, Telekom-ya texnologiya Ishchi dastur 1-kurs , 1-amaliy topshiriq, ETQ m ish 1, IQTISODIYOTNI TARTIBLASHNING BOZOR MEXANIZMI.2, 639836ea661da172076081, 8 Le-Shatele Principi jáne onıń ximiyalıq processlerdegi áhmiyeti, 4 Elementlerdiń túrleri hám áhmiyeti, 8- mavzo\' taqtimoti, IELTS WRITING COLLOCATIONS
    O'simliklarning yana bir eng asosiy ahamiyati turli ishlabchiqarish va qurilish sohalari uchun muhim xomashyo ekanligidir.O‘simlik xomashyosidan olinadigan mahsulotlaming sanabsanog‘iga yetish qiyin. Ular oziq-ovqat sanoatini don, meva,sabzavotlar va boshqa xomashyolari bilan, chorvachilikni ozuqa,yem-xashak bilan, sanoatni to‘qimachilik va boshqaxomashyolar bilan, farmatsevtika sanoatini esa dori-darmonxomashyosi bilan ta’minlaydilar. Qurilish, mebelsozlikda va xalqhunarmandchiligida yog‘och azaldan eng muhim material sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Hozirgi kunda birginayog‘ochning o ‘zidan 20 ming xildagi turli mahsulotlartayyorlanadi. Birgina kimyo sanoatida yog‘och va boshqao‘simlik mahsulotlarini qayta ishlash yo‘li bilan glyukoza, ozuqashakari, oshlovchi moddalar, spirt, selyuloza, viskoza, sun’iykauchuk, plastmassa, nitrolak, kinoplyonka, kanifiol, atseton,sirka kislotasi, formalin, skipidar, kamfora va boshqa turdagimahsulotlami ishlab chiqarish mumkin.
    Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, sayyoramizdagi hayot,biosferadagi tabiiy muvozanat, tirik mavjudotlaming normalyashashi, xalq xo‘jaligining ko‘p sohalaridagi ishlab chiqarishunumdorligi, insonlarning jismoniy va ma’naviy barkamolligio‘simliklar dunyosining holati bilan uzviy bog‘liq ekan. Aynanmana shu holatlar o'simliklarning ekologik ahamiyatini va o‘zo‘zidan ularni muhofazalash zaruratini belgilab beradi.
    x


    1.3. O ‘simlik dunyosiga antropogen ta’sir hamda

    uning ekologik oqibatlari
    Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra sayyoramizda o‘simliklarning 500mingdan ziyodroq turi o‘sadi. Shulardan hozir inson faoliyatida6 ming turi foydalaniladi. Jumlad an , respublikamizda4200(4148)ta o'simlik turi mavjud bo'lib, ulardan 577 tasidorivor, 103 tasi bo‘yoqdor, 560 tasi efirmoyli o'simliklarhisoblanadi. Sayyoramizda o'simliklar ko'p uchraydiganmaydonlarni shartli ravishda quyidagi 4 ta guruhga bo'lishmumkin: o'rmonlar, yaylov o‘tloqlari, madaniy ekinzorlar, suvo ‘simliklari tarqalgan suvliklar. O‘simliklar turi va massasiningasosiy qismi o‘rmon va o‘tloqlarda joylashgan. Quruqlikningdaraxtsimon va butasimon o'simliklar bilan zich qoplanganmaydonlari o ‘rmonlar, o'tsimon o'simliklar bilan qoplanganmaydonlari esa yaylov-o‘tloqlar deb ataladi. Yer yuzidagio'rmonlarning yalpi maydoni 4.06 mlrd.gektarni tashkil etadi.Bu maydonlar hududiy jihatdan notekis taqsimlangan. Yiriko'rmonlarning asosiy qismi Amerika, Osiyo va Afrikaqit’alarining mo'tadil va tropik iqlimli mintaqalarida joylashgan.Respublikamizning o'rmon fondi (zaxirasi) 5,3 mln. gektar bo'lsa-da, o'simliklar bilan yoppasiga qoplangano'rmonzorlar atigi 4,5-5% ni tashkil etadi, xolos.
    Respublikamizning cho‘l o'rmonlarida asosan qora saksovul,qandim, juzg'un, qum akatsiyasi va ba’zi butasimonlar hamdaefemer o'tlar, yantoq, shuvoq kabi o'simliklar o'sadi. Bulargarchi juda zich o'simlik qoplamini vujudga keltirmasalar-da,cho'l-sahroekotizimlarining barqarorligini ta’minlashda, uchmaqumliklarni mustahkamlashda va cho'l chorvachiligining asosisifatida beqiyos ahamiyatga egadirlar. O'rmon zaxiralariningkatta qismi shu guruhga xos o'rmonlar bo'lib, ularning maydoni3,6 mln. gektarni, jumladan, yoppasiga qoplangani esa 1,86 mln.gektarni tashkil qiladi.
    x
    O‘zbekistondagi tog‘ o‘rmonlariningumumiy maydoni 1,4 mln. gektarni tashkil etsa-da shundan boryo‘g‘i 0,28 mln. gektari yoki 1/5 qismigina yoppasiga o'simliklarbilan qoplangan, xolos. Bu o'rmonlarda asosan archa, doiana,olcha, yong‘oq, olma, pista, bodom, na’matak, zirk hamda turlio‘tsimon O‘simliklar o‘sadi.Togo‘rmonlari hududning suvrejimini maromida saqlashda, yonbag‘irliklami eroziyadan, selva ko‘chkilardan himoyalashda, vitaminlarga boy mevalar vadorivor xomashyolar tayyorlashda, chorvachiliknirivojlantirishda o ‘ziga xos rol o‘ynaydilar. Respublikamizdagio‘rmonlarning yana bir turi bu vodiy o‘rmonlaridir.Bundayo ‘rmonlar vodiy va vohalarimizning asosan sernam, soy vadaryo bo‘ylarida saqlanib qolgan. Ularning umumiy maydoni0,21 mln. gektar. Jumladan, yoppasiga qoplangani 0,13 mln.gektarni tashkil etadi. Bu o‘rmonlarda asosan jiyda, turangi,toi, akatsiya, terak, zarang, qayrag‘och va boshqa to‘qayo ‘simliklari o‘sadi.Bunday o ‘rmonlarning asosiy ekologikahamiyati shundaki, ular suv havzalarining namlik rejiminiushlab turishda, tuproqlarni eroziyalanish va shamol ta’siridanhimoyalashda, hudud iqlimini mo‘tadillashda, vodiylarga xosekotizimlaming bir me’yordagi funksiyasini ta’minlashda muhimrol o‘ynaydilar. Quruqlikda tabiiy holda o‘simliklar ko‘po‘suvchi maydonlardan yana bir turi yaylov va o‘tloqlarhisoblanadi. Bunday maydonlarda o‘simliklarning asosiy qisminio’tsimon va qisman buta holda o‘suvchi daraxtsimonlar tashkiletadi. Yaylov va o‘tloqlar sayyoramizning tundra, dasht, choi,savanna va tog‘li mintaqalarida katta-katta maydonlarni ishg‘oletadilar. Yer yuzasidagi o‘tloq va yaylovlarning yalpi maydoni2,6 mlrd. gektarni tashkil etadi. Respublikamizning ham kattaqismi, ya’ni salkam 24 mln.gektari shunday maydonlardaniborat.

    x
    Respublikamizning o‘rmon, yaylov-oiloqlari, bog‘-rog‘lariva madaniy ekinzorlarida yetmak, erman, gazanda, suvqalampir,qoqi o‘t, zubturum, na’matak, itburun, chuchukmiya. isiriq.kovrak, yantoq, otquloq, sedana, yovvoyi piyoz, zira, ilonquyruq,kakra kabi juda ko‘plab noyob dorivor o ‘simliklar o‘sadi.Bulardan xalq tabobatida va zamonaviy tibbiyotda eng zarurdorivor xomashyo sifatida foydalaniladi.


    Yer yuzida aholi sonining tez ortib borishi, ilmiy-texniktaraqqiyotning jadallashuvi, insoniyatning biologik resurslargabo‘lgan ehtiyojlarining keskin ortib ketishi va boshqa bir qatorijtimoiy-iqtisodiy omillar tabiat tizimining eng katta boyliklaridan biri bo‘lgan
    o‘simliklar dunyosiga salbiyantropogen ta’sirlarning haddan ziyod kuchayishiga sababbo‘lmoqda. Natijada o‘simliklarning turi, miqdori va ularo‘sadigan maydonlar kamayib ketmoqda.Bu o‘z navbatidao‘simliklar dunyosidagi o‘zgarish bilan bog‘liq turli ekologik,ijtimoiy-iqtisodiy muammolami vujudga keltirmoqda.
    Hozirga kelib 30 mingdan ortiq turdagi o‘simliklar butunlayyo‘qolib ketgan, yana 25 ming turi esa yo‘qolish arafasida.Respublikamizda esa mavjud o‘simlik turlarining 10—12%ihimoyaga muhtoj. Bu xavfli jarayonning oldini olish eng dolzarbekologik muammolardan biri bo‘lib turibdi.
    Yer yuzasining o ‘simliklarga boy maydonlari, ya’nio‘rmonlar, yaylov-o‘tloqlar so‘nggi davrlarda xalq xo‘jaliginingturli ehtiyojlarini qondirish maqsadida nooqilona, ba’zan esashafqatsizlarcha foydalanildi. Natijada bepoyon maydonlardagituproq, suv va hayvonotlar o‘zining tabiiy qalqoni, himoyachisi,yashash makoni va vositasidan mahrum bo‘ldilar, tabiatningekologik muvozanati izidan chiqdi.
    x
    Insoniyat o ‘zi uchunqimmatli xomashyo boyligining bir qismini yo‘qotdi va haletilishi mushkul bo‘lgan ekologik tangliklarga duchor bo‘ldi.Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, sayyoramizdagi o ‘rmonlarbundan 1,5 ming yil avval quruqlikning 47%ni qoplagan bo‘lsa,hozirga kelib bu ko‘rsatkich 27% ga tushib qoldi. Ko'pchilikmamlakatlarda xomashyo, qurilish materiallari olish, sanoat vafuqaro inshootlari qurish maqsadida yirik o‘rmonzorlar kesibyuborilmoqda, yaylov-o‘tloqlar toptalmoqda. Buning ustigasanoat korxonalaridan, transport vositalaridan chiqarilayotganturli chiqindilar bilan atrof-tabiiy muhitning ifloslanishi judako‘plab qimmatli va noyob o'simliklarning kamayib, mahsuldoriigining pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, yevropaliklar istilosiga qadar ShimoliyAmerikadagi o'rmonlar sharqdan g'arbgacha, ya’ni Atlantikasohillaridan Tinch okeani sohiligacha yoppasiga o'rmonlar bilanqoplangan bo'lib, olmaxonlar daraxtdan daraxtga o'tib yergatushmay sharqdan g'arbgacha yetishi mumkin ekan. So'nggi 300yil ichida o'rmonlarning 540 ming gektari, birgina AQSH ningo'zida esa 141 mln. gektari yoki teng yarmi kesib yuborildi vamillionlab gektar tabiiy o 'tloqlar betartib yo'qotildi.O'rmonlarning qisqarishi, ayniqsa, sayyoramizning aholisi zichjoylashgan hududlarida keskin tus oldi.Oqibatda bundayhududlardagi o'rmonlarning 2/3 qismi yo'qotilib, 500 mln.gektardan ziyod maydon unumsiz dasht-u biyobonlarga aylanibqoldi. Qadimda Ispaniya hududi yoppasiga o'rmonlar bilanqoplangan bo'lsa, hozirga kelib bu yerda ularning maydoni 1/8ni tashkil etmoqda. Birgina Jazoir mamlakatida bor-yo'g'i 70yil mobaynida 1 mln.gektar o'rmonzor kesib tugatildi.

    x
    Amazoniyadagi va boshqa hududlardagi tropik o'rmonzorlarmaydoni garchi kichikroq bo'lsa ham o'simlik turining ko'pligi,biomassasining tez o'sishi tufayli sayyoramizning o'ziga xos«o'pkasi» rolini bajaradi. Ular yer iqlimini maromida ushlabturishda katta rol o'ynaydilar.Hozirga kelib ana shundaymahsuldor tropik o'rmonlarning 40%i butunlay yo'qotilgan,qolganlari minutiga 20 gektar tezlik bilan qirib yuborilmoqda.Afrikaning tropik mintaqalaridagi yuqori mahsuldor tropiko'rmonlarning 1/3 qismigina saqlanib qolgan, xolos. So'nggi 5asr davomida Madagaskar orolidagi o'rmonlarning deyarlihammasi yo'qotib yuborilishi natijasida hozir bu hududning 78%yerlari kuchli eroziyaga chalinib, tabiatidagi muvozanat izidanchiqqan.


    x


    Download 33.81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 33.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'simliklarning yana bir eng asosiy ahamiyati turli ishlabchiqarish va qurilish sohalari uchun muhim xomashyo ekanligidir

    Download 33.81 Kb.