|
Mavzu: Rul boshqarmasining nosozliklari, ularning sodir bo‘lish alomatlari
|
bet | 155/164 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 6,09 Mb. | | #109742 |
Bog'liq yurish qismiga txk O\'MT (2)49.Mavzu: Rul boshqarmasining nosozliklari, ularning sodir bo‘lish alomatlari.
Reja:
1. Rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari, ularga diagnoz qo'yish.
2.To'xtatish tizimi, uning turlari, uchraydigan asosiy nosozliklari va ularning alomatlari.
3. Rul boshqaruvini sozlash, moylash va mahkamlash ishlarini bajarish texnologiyasi
Rul boshqarmasining asosiy nosozliklari. Rul mexanizmi karteri, rul chambaragi va kolonkasining bo'shab qolishi, mexanizm va chervyak jufti, reyka va tishli valning yeyilib ketishi asosiy nosozliklar hisoblanadi. Gidrokuchaytirgichli rul boshqarmalarida, yuqoridagi nosozliklardan tashqari, nasos idishida moyning me'yoridan kam yoki ko'p bo'lishi, tizimda havo va suvning yig'ilishi, nasos ishlamay va filtrning kirlanib qolishi, moyning sizib chiqishi, nasosdagi himoya va o'tkazish klapanlari nosoz ishlashi, nasos uzatmasi tasmasining me'yor bilan tortilmasligidir.
Rul boshqarmasini diagnostikalash. Diagnostikalash ko'r-satkichlariga rul chambaragining salt yurishi va uni burash uchun kerakli kuchni aniqlash kiradi. Rul chambaragining salt yurish yo'lini yoki burchagini aniqlashda lyuftomer-dinamometr turidagi asboblardan foydalaniladi (2.59-rasm). Bu ko'rsatkich yengil avtomobillar uchun 712 (VAZ va NEXIA avtomobillarida 5), avtobus va yuk avtomobillari uchun 1015 (ZiL-130 da 15, KAMAZ va MERSEDES BENS uchun 15) ni tashkil qilishi hamda rul chambaragini burash uchun sarflanadigan kuch 4060 N oralig'ida bo'lishi kerak.
Rul boshqarmasiga TXK. Rul boshqarmasiga TXK da tortqilar, sharnir va rul mexanizmi birikmalaridagi tirqishlar yo'qotiladi. Rul mexanizmidagi chervyak podshipnigining o'q bo'yicha siljishi qistirmalar yordamida sozlanadi. Rul soshkasining o'q bo'yicha siljishi esa tayanch bolt yordamida sozlanadi.
Rul boshqarmasidagi mahkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni qotirilganligini tekshirishdan iborat bo'lib, buni bajarishdan oldin rul mexanizmi karterining avtomobil ramasiga, rul tortqilari richagining burish mushtiga, soshkaga, bo'ylama va ko'ndalang rul tortqisi barmog'iga mahkamlanishi tekshirib ko'riladi.
Y uqorida aytilganidek rul chambaragi erkin yurish yo'lini aniqlash uchun lyuftomer-dinamometr(2.59-rasm) rul chambaragiga o'rnatiladi. U shkala-3 dan, rul kolonkasiga qisqichlar-1yordamida mahkam qotirilgan ko'rsatkich-2 dan tashkil topgan. Dinamometr qisqichlar-4 yordamida rul kolonkasiga qotiriladi. Dinamometr shkalalari shtok-5 da ko'rsatilgan bo'lib, u rul chambaragiga qanday kuch bilan ta'sir etilayotganini ko'rsatib turadi (ta'sir etish kuchi 20-120 N bo'lishi mumkin). Shtok yordamida 10 N kuch bilan chambarak o'ng tomonga, so'ng chap tomonga harakatlantiriladi. Strelkaning o'ng va chap tomonga og'ish kattaliklarini qo'shib, umumiy erkin yurish yo'li aniqlanadi.
|
| |