Ayollar milliy kо‘ylagi yengini tayyorlash




Download 1.36 Mb.
bet10/11
Sana14.04.2023
Hajmi1.36 Mb.
#51246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xumora (2) 20.15
808 06.10.2018, Документ Microsoft Word, 6Eps79linxSHxdyytff9HTiivqaFtN4NADK2Pkvi, gigiyena laboratoriya 2, 2-sinf tasviriy, 1350906687 20367, rasmm, 7f53f8c6c730af6aeb52e66eb74d8507 (1), Rustamov Rahimbergan 913-21 Tajriba ishi №6 Mavzu Funktorlarnin, media-savodxonlik-tushunchasi-va-uning-ilmiy-nazariy-tahlili, Maktabgacha ta\'lim muassalarida jismoniy tarbiya bo\'yicha ishni rejalashtirish Xolboyeva F, amaliyot 12, 5-semestr.Amaliy-8, Kurs ishi
2.2.Ayollar milliy kо‘ylagi yengini tayyorlash

Ayollar milliy kо‘ylagi yengini tayyorlashda operatsiyalar ketma-ketligi quyida berilgan tartibda amalga oshiriladi.





10-rasm. Ayollar milliy kо‘ylagi yengini loyihalash chizmasi
-. Yeng uzunligi. AV-yeng uzunligi  old koketka uzunligi (AV) yoki yelka qiyaligi B1B2213,5 227 sm ga teng;
2-qadam. Yeng kengligi Yeng kengligini aniqlash uchun qо‘yidagi formuladan foydalanamiz (R:3420sm) A nuqtadan о‘ngga 20 sm о‘lchab B nuqta qо‘yiladi.
3-qadam. Yeng о‘mizining chuqurligi Yeng о‘mizining chuqurligini yoki yeng balandligini aniqlashda qо‘yidagi formuladan foydalanamiz (R:3218sm) B nuqtadan pastga 18 sm о‘lchab B1 nuqta qо‘yiladi.
4-qadam. Yeng balandligini aniqlash. AB1 nuqtalar tо‘\ri chiziq yordamida tutashtiriladi va bu chiziq 3 qismga bо‘linadi. 1- bо‘lish nuqtasidan 1,5 sm о‘lchab 1,5 raqami qо‘yiladi; 2-bо‘lish nuqtasiga x raqami qо‘yiladi, 3-bо‘lish nuqtasining yuqori tomonidan 2 sm о‘lchab 2 raqami qо‘yiladi. A; 2; X; 1,5; B1 nuqtalar chizmada kо‘rsatilganidek tutashtiriladi.
5-qadam. Yeng buklovini topish. G nuqtadan yuqoriga 2 sm о‘lchab G1 nuqta qо‘yiladi. G1 nuqtadan о‘ngga 2 sm о‘lchab G2 nuqta qо‘yiladi va B1;G2;G nuqtalar chizmada kо‘rsatilgandek tо‘\ri chiziq yordamida tutashtiriladi.
6.-jadval



Kо‘ylak yengini tayyorlash formulalari

Kо‘ylak yengi chizmalari

Yeng qirqimlari-
ning nomlanishi

1.

AVengAVOld koketka uzunligi  27 sm



Yeng uzunligi

2.

AVengAB koketka kengligi 20 sm yoki
ABR:3420 sm

Yeng kengligi

3.

BB1R:3218 sm




Yeng balandligi

4.

AB1:3x

X nuqtalarni belgilaymiz

5.

A;2; X;1,5; B1
Yuqoridagi 1-bо‘lish nuqtasidan 2 sm о‘lchab 2 raqami о‘rtadagi 2-bо‘lish nuqtasi-x, 3-bо‘lish nuqtasidan pastga 1,5 sm о‘lchab 1,5 raqami qо‘yiladi.



X-bо‘lish nuqtalari



6.

A; 2; X; 1,5; B1
nuqtalar chizmada kо‘rsatilgandek birlashtiriladi



Yeng yuqori qismi

7.

G G1 2 sm,
G1G2 2 sm




Yeng buklovi

8.

B1; G2; G nuqtalar birlash
tiriladi.



Yeng yon qismi



Ayollar yozgi ko’ylagi paxta tolali sidirg’a gazlamadan tikilgan. Ko’ylak sal yopishib turadigan siluetli. Yoqasi yaxlit bichilgan. Old bo’lak belgacha bir qator tugmaga taqiladi. Yengi o’tqazma, kalta, uchi qaytarma manjetli. Old va ort bo’lak yelka qismi koketkada bo’lib, etak qismigacha rel’ef chokida. Ort bo’lak o’rta etak qismi shlitsa bilan ishlangan. Koketka va rel’eflar ustidan bezak chok berilgan. 23 Old va ort bo’lak yelka, yon qirqimlarini biriktirib tikish T-34 modulda ayollar ko’ylagining old va ort bo’laklariga ishlov berilgan edi. Old va ort bo’laklarini tayyor holatga keltirib qo’yilgandan so’ng ko’ylak yoqasiga ishlov beriladi. Ikki bo’lakdan iborat adip bilan yaxlit bichilgan ustki yoqaga yelimli qotirma yopishtiriladi, bo’laklari qirqimlar bilan biriktirib tikiladi. Ostki yoqa o’rta qirqimlari ham bir-biri bilan biriktirib tikib olinadi. Qaytarma manjetli yengni esa oldin manjeti tayyorlanib olinadi. Manjet yaxlit bo’lakdan iborat hollarda, o’ngini o’ngiga qo’yib yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklari yorib dazmollanadi. Manjet o’ngiga ag’dariladi va ikki bukib dazmollanadi. Yeng qirqimlari biriktirib tikilib yo’rmalangandan so’ngra tayyor manjet qirqimlarini yeng uchi qirqimlariga to’g’ri keltirib, manjetni yengning teskarisiga qo’yib tikiladi, chok qirqimlari yo’rmalanadi. Chok haqini yeng tomonga bukib, biriktirma chokdan 0.1-0.2 sm kenglikda yengga bostirib tikiladi. Tayyor holdagi old va ort bo’laklarini bir-birining ustiga o’ngini o’ngiga qilib ziylari tekislanib yelka va yon qirqimlari ko’klanadi. So’ngra biriktirib tikiladi. Yon qirqimini biriktirib tikishda old va ort bo’lak bel chiziqlariga qo’yilgan kertimlar bir-biriga to’g’rilanib to’g’nog’ich to’g’naladi va ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanib mashinada biriktirib tikiladi. Tavsiya etilgan ko’ylakni tikishda oldin old bo’lak relef qirqimlarini biriktirib tikiladi, chok haqi bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Old bo’lak relef chok haqi qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Modelga muvofiq old bo’lak o’ng tomonidan relef ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ko’ylak old bo’lagiga bezak uchun kiritilgan koketkani relef bo’laklari tikib tayyor qilingan old bo’lakka kertimlari asosida o’ngini-o’ngiga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va biriktirib tikiladi. Choklar koketka tomonga yotqizib dazmollanadi. Koketka chok haqining qirqimlari maxsus 24 mashinada yo’rmalanadi. Old bo’lak o’ngiga ag’darilib koketka ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ort o’rta bo’lak qirqimini shlitsa kertimigacha biriktirib tikiladi, choklar bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Shlitsa qismiga yelimli qotirma namlangan mato yordamida dazmollanib yopishtiriladi. Shlitsa qismi qirqimlari alohidaalohida maxsus mashinada yo’rmalanadi. Orqa bo’lak relef qirqimlari, koketkasi old bo’lak relef qirqimlari koketkasi kabi tikiladi. Ko’ylakning ko’krak qismi va yubkasi alohida-alohida yoki yaxlit bichiladi. Ko’ylaklar etagi siluetiga qarab to’g’ri, toraytirilgan, past tomonga kengaytirilgan yoki bo’lak-bo’laklardan iborat bo’ladi. Ko’ylak yenglari uzun, kalta, sal uzaytirilgan yoki yengsiz bo’lib, ular asosiy bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yengli, reglan yengli, chala reglan yengli bo’lishi mumkin. Yeng uchlari manjetli, rezinkali va hokazo bo’ladi. Yoqalar qaytarma, shol yoqa, tik yoqa shaklida, old va orqa bo’laklar bilan yaxlit bichilgan, o’tqazma yoki turli xil bezakli bo’lishi mumkin. Yoqa o’mizi aylana, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak yoki turli shaklda bo’ladi. Ko’ylak cho’ntaklari ham turlicha bo’lib, qoplama, qirqma, biriktirma chokda joylashishi mumkin. Ko’chalik kiyim murakkabroq bo’lib, yeng yoqalari turli bo’laklar bilan bezatiladi. Old bo’lak rel’ef chok haqi qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Modelga muvofiq old bo’lak o’ng tomonidan rel’ef ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Ko’ylak old bo’lagiga bezak uchun kiritilgan koketkani rel’ef bo’laklari tikib tayyor qilingan old bo’lakka kertimlari asosida o’ngini-o’ngiga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va biriktirib tikiladi. Choklar koketka tomonga yotqizib dazmollanadi. Koketka chok haqining qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Old bo’lak o’ngiga ag’darilib koketka ziylaridan bezak bahyaqatori yuritiladi. Tayyor holdagi old va ort bo’laklarini bir-birining ustiga o’ngini o’ngiga qilib ziylari tekislanib yelka va yon qirqimlari ko’klanadi. So’ngra biriktirib tikiladi. Yon qirqimini biriktirib tikishda old va ort bo’lak bel chiziqlariga 25 qo’yilgan kertimlar bir-biriga to’g’rilanib to’g’nog’ich to’g’naladi va ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanib mashinada biriktirib tikiladi. Ko’ylakni tayyor holatga keltirish oxirgi ishlov berish jarayonlari bajariladi. Bunda ostki yoqani yoqa o’miziga o’ngini o’ngiga qo’yib, o’rta choki koketka o’rta kertimiga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’nab ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanib universal mashinada biriktirib tikiladi. Tikilgan chok haqi orasini yorib dazmollanadi. Ustki yoqa bilan yaxlit bichilgan adipni o’ngini ostki yoqa o’ngiga qaratib qo’yiladi, o’rta choklar to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi va bort tomondan ostki yoqaga ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanib mashinada ag’darma chokda tikiladi. Ko’klangan iplar olib tashlanib chok haqi orasini yorib dazmollanadi. Yelka va bort ziylarini chiqarib dazmollashdan oldin bu ziylar qo’lda qiyalama sirma qaviq bilan ko’klanishi ham mumkin yoki chok haqilari bostirib tikilishi ham mumkin. Bu ko’ylak yoqasida ushbu modelda yoqa ziylarini ko’klash o’rniga universal mashinada yoqa choki qaytarma qismida qirqimlari teskari tomonga buklanadi. Ostki yoqaning o’tkazma chokini yopib yelka choklari orasida ort bo’lakka bostirib tikiladi. Ko’ylakning etak qismi andoza yordamida tekislanadi, buklash chiziqlari belgilanib buklab tikiladi. Yengni yeng o’miziga to’g’nog’ichlar yordamida kertimlarini to’g’rilab o’mizga to’g’nab chiqiladi. Keyin yengni yeng o’miziga burmalar bir tekisda qilib ko’klanadi. To’g’nog’ichlar olib tashlanadi. So’ngra mashinada tikiladi. Ko’klangan iplar olib tashlanib salqilar kirishtirib dazmollanadi.


XULOSA

Tikuvchilik ishlab chiqarish yo'nalishi rasm chizish loyihalash , materialshunoslik, shu bilan birga jihozlar fanini o'z ichiga oladi Davomida tikuv mashinasidan foydalanish qoydalarini, usullarini o'rgandim. Iborat. Loyihalash' , harbir narsa yaratishdan oldin avvalo uning loyihasi chizmasi yaratiladi, libos ham xuddi shunday avvalo loyihasi yaratilib so'ng fason tanlanadi.v.h.k Materialshunoslik; tikuvchi kasbi oldiga qo'yilgan eng Katta talab fasonga mos mato tanlay bilishda materialshunoslik fani bizga chuqroq o'rgatadi. Korhona jihozlari; Biz ishlatadigan oddiy qo'l ignadan tortib Men 3yil davomida Bayovut agrosanoat kasb -hunar kollejida yo'nalishi Rasm chizish inson turli xil qomat egalariga mos libos tanlab chiza olishdan Tikuv mashinasi, dazmol qaychi stol ham korhona jihozlariga kiradi.Men 3yil davomida tikuv mashinasidan foydalanish qoydalarini,usullarini o'rgandim Mashinani ishlatishda ostki iplari taqish oldidan qopqoq 23ni ochish kerak, taqish Oson bo'lishi uchun plastina 33 surilib chiqilsa hambo'ladi. Mashina quydagicha moylanadi. Mashina platformasi tagida karter bo'lib, unga 3 surib moy quyiladi.. Tikuvchilik ishlab chiqarish Sohasida buyimlami loyihalash, matematik asosida Rivojlantirish, electron hisoblash mashinalaridan foydalanish munkun bo'ladi. Bugungi kunda jahon bozorida tabbiy mahsulotlarga talab juda katta shu boyis mahsulotlarga talab juda katta shu boyis Respublikamizda mahaliy,tabiiy Xomashyodan ishlab chiqariladigan tikuvchilik mahsulotlarini hajimini Ko'paytirish kiyim sturukturasini yanada takomilashtirish sifatini yahshilash Raqobat bardosh va xaridorgir mahsulotlami ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bugungi kunda dolzab vazifa hisoblanadi.




Download 1.36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayollar milliy kо‘ylagi yengini tayyorlash

Download 1.36 Mb.