Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi




Download 381.46 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2024
Hajmi381.46 Kb.
#132844
  1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi
808 06.10.2018, Документ Microsoft Word, 6Eps79linxSHxdyytff9HTiivqaFtN4NADK2Pkvi, gigiyena laboratoriya 2, 2-sinf tasviriy, xumora (2) 20.15, 1350906687 20367, rasmm, 7f53f8c6c730af6aeb52e66eb74d8507 (1), Rustamov Rahimbergan 913-21 Tajriba ishi №6 Mavzu Funktorlarnin, media-savodxonlik-tushunchasi-va-uning-ilmiy-nazariy-tahlili, Maktabgacha ta\'lim muassalarida jismoniy tarbiya bo\'yicha ishni rejalashtirish Xolboyeva F, amaliyot 12, 5-semestr.Amaliy-8

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


«Matematika-informatika» ta’lim yo‘nalishining 4- o‘zbek guruhi talabasi Ashirov Tolibjanning Matematika o’qitish metodikasi fanidan

« Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi» mavzusidagi


KURS ISHI



Kafedra mudiri:

B. Prenov


Ilmiy rahbar:

B.Allabergenov




Bajargan:

T. Ashirov

Mundarija




Kirish 2
1-§. “Matematika” fanining rivojlanish bosqichlari 3
2-§. “ Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi ” mavzusini nazariy o’qitish bo’yicha umumiy ko’rsatmalar 6
3-§. Maktab kursida ayniy shakl almashtirish 10
XULOSA 16




Kirish
Bugungi kunda, yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, zamon talablari darajasiga ko’tarish, ertangi kunimiz uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biridir.Yuqorida qayd etilgan fikrlar bilan oliy o’quv yurtlarida amalga kiritilgan fanlarining nazariy va amaliy muammolari, shuningdek, matematika fanini o’qitishdagi innovaciyalar, o’quv dasturi, ma’ruza matnlari, matematika fanidan tayyorlanayotgan keyslar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari shu kunga qadar oliy ta’lim muasasalari professor-o’qituvchilari tomonidan lozim darajada o’rganish talab etiladi. Biz ushbu kurs ishida “ Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi ” mavzusini oliy ta’lim muassalarida nazariy o’qitish va o’rgatish haqida fikr yuritamiz. Kurs ishining maqsadi ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab, talabalarda maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi barcha xossalari, hisoblash qoidalarini o’rgangan holda, algebra, geometriya, iqtisodga oid masalarni echishga ko’nikmalar hosil qilishdir. Yana o’quvchilarda matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish,maktab darsliklaridagi murakkabroq bo’lgan masalalarni yechishda oson bo’lgan usullarni o’rgatishdan iborat.Oliy ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan matematik fani taraqqiyotining ustivor yo’nalishlarini nazariy tahlil qilish.Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish davomida talabalarni ko’nikma va malakalarni faol o’zlashtirishni ta’minlovchi uslubiy shart-sharoitlarni, uslublarini aniqlash.Kurs ishi kirish, uchta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat holda yoritib berilgan. Kurs ishining vazifalari. Matematika fanining rivojlanish bosqichlari, “ Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi ” mavzusini nazariy o’qitish bo’yicha umumiy ko’rsatmalardan iborat.

1-§. “Matematika” fanining rivojlanish bosqichlari


Biz ushbu paragrafda «Matematika» fanining rivojlanish bosqichlari, shuningdek, “ Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi ” mavzusini nazariy o’qitish bo’yicha umumiy ko’rsatmalar haqida fikr yuritamiz.
“Matematika” so’zi yunoncha “bilish, fan” so’zidan olingan bo’lib, bizga qadimgi Yunonistondan etib kelgan. Bu fan o’z rivojlanish davri mobaynida quyidagi davrlarni bosib o’tgan:
1) matematikaning paydo bo’lish davri - amaliy hisoblashlar va o’lchashlar, son va figura tushunchalari shakllanishi bilan belgilanadi. Bu davrda arifmetika va geometriya kabi matematikaning bo’limlari o’z boshlang’ich asoslariga ega bo’ldi.
2) o’zgarmas miqdorlar davri- eramizgacha VI-V asrlardan boshlanib, bu davrda matematika fani tadqiqot tushunchalariga (son va shakl), usullariga ega bo’lgan mustaqil fan sifatida shakllandi. Bu davrda matematikaning yangi sohasi algebra fani paydo bo’ldi va rivojlandi. Bunda buyuk vatandoshlarimiz Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom, Abu Ali Ibn Sino, Ulug’bek, Al-Farg’oniylarning xizmati katta bo’lgan.
3) o’zgaruvchi miqdorlar davri- XVII asrdan boshlanib XIX asr birinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, matematikaning tadbiq qilish sohalari ko’paydi, funksiya va u bilan bog’liq, uzluksizlik va harakat g’oyalari asosiy o’rinni egalladi. Matematik analiz tarkib topdi va takomillashtirildi.
4) o’zgaruvchi munosabatlar davrida abstrakt nazariyalar, matematik tuzilmalarning roli oshdi va modellashtirish usuli keng qo’llanila boshlandi. Bu davr XIX asr ikkinchi yarmidan boshlanib to hozirgacha bo’lgan davrni qamrab olib, fanda algebraik strukturalar, yangi nazariya va yo’nalishlarning paydo bo’lishi va rivojlantirilishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda matematika yanada taraqqiy etib, turli nazariy kashfiyotlar bilan birgalikda uning amaliy tadbiqlari ko’payib bormoqda.
Matematika fan sifatida ham, o’quv predmeti sifatida ham yosh avlodga o’rgatilishi talab etiladi. Bunga sabablar quyidagilar:

Download 381.46 Kb.
  1   2   3   4




Download 381.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi

Download 381.46 Kb.