Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni to’la va chuqur o’rganish, targ’ib etishni talab etadi; o’rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika fani malum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir-biriga bog’liq qa’tiy ketma-ket keluvchi qonunlarni ochib beradi. Fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning boshlang’ich asosi bo’lib hisoblanadi.
Matematika o’quv predmeti sifatida: o’quvchilarga matematikadan bilim, ko’nikma va malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda o’quvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi; o’qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; o’quv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas.
Matematika o’qitishda predmetlararo aloqalar. Matematika boshqa o’quv fanlari bilan uzviy aloqada. Ayniqsa fizika, astronomiya, biologiya, chizmachilik, kimyo va xokazo fanlar bilan o’zaro bog’lanishlarga ega, bu aloqalar predmetlararo aloqalar deyiladi. Matematika o’qitishda bu aloqalar hisobga olinishi za’rur. Har bir matematik tushunchani o’rganishda boshqa fanlardagi bunga mos tushunchalar va bilimlar muvofiq ravishda o’rgatish talab etiladi. Masalan, tenglamalarni o’rganishda fizik tushunchalar: harakat, issiqlik va boshqa xodisalarni ifodalovchi tenglamalar ma’nosini bayon etish va ularga doir matnli masalalarni echish mumkin, yoki funksiyalarni o’rganishda ham turli fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni tavsiflovchi funksiyalarga misollar keltirish va ularning grafiklarini yasash va tekshirishni amalga oshirish mumkin. Matematika boshqa predmetlar bilan birga ichki aloqalarga ega, ya’ni geometriya va algebra orasida ham aloqalar mavjud. Bunday aloqalarni, masalan, geometriya masalalarini echishda algebraik usullarni qo’llash va aksincha, geometrik usullar yordamida
algebraik masalalarni hal qilish mumkin. Algebrani o’qitishda geometriya bilan uzviylikni geometrik tasvir va usullardan foydalanishda ko’rish mumkin. Masalan, funksiya grafiklarni siljitishlarda, funksiyalar xossalarini keltirib chiqarishda geometrik usullarni qo’llash ichki predmetlararo aloqalarni o’rnatish uchun imkon beradi.
Yosh avlodga hozirgi zamon fani yangiliklarini, uning murakkab qirralarini o’rgatish bilan bir qatorda o’tmish merosimizni o’rganishga imkoniyat tug’dirilishi lozim. Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Fargoniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abul Vafo Buzjoniy, Fiyosiddin al-Koshiy, Umar Xayyom, Nasriddin At-Tusiy, Mirzo Ulug’beklarning va hozirgi zamon mashxur o’zbek matematiklarining matematika faniga qo’shgan xissalari haqida tushuncha berish maqsadga muvofiq.
2-§. “ Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi ” mavzusini nazariy o’qitish bo’yicha umumiy ko’rsatmalar
O’zbekiston Respublikasi taraqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma’lumki, kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p marta takrorlanib, “yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o’qitishni jadallashtirish” ko’zda tutilgan.Pedagogik texnologiyaga YuNESKOning bergan ta’rifini keltiramiz: “Pedagogik texnologiya – bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo’llash (va belgilash)ning tizimli usulidir”. Bu ta’rifdagi asosiy tushuncha “tizimli usul” bo’lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyaning, o’qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish usullari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro bog’liqlikda loyihalash ko’pincha a’nanaviy o’quv jarayonida etishmaydigan narsadir.
Jahon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti tasirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy ma’sul bermoqda.
Pedagogik texnologiya usullari (boshda) dastlab o’qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi (belgilangan qoida bo’yicha) o’zlashtirish talab etiladigan ma’suldor (reproduktiv) darajasi uchun ishlab chiqilgan. Ma’suldor ta’lim har qanday ta’limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg’argan tajribani aniq o’quv fani doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va ko’nikmalarning ma’lum “poydevori” hosil qilingandan keyingina ta’limning natijali (produktiv) va ijodiy yondashish usullariga ko’chish mumkin. Pedagogik texnologiya oqimi 70-80 yillarda AQShda yuzaga keldi va YuNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo’llab – quvvatlandi va hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o’zlashtirilmoqda.
Ma’lumki, tubdan farq qiluvchi uchta ta’lim turlarini ajratish mumkin. Bular: og’zaki-ko’rgazmali, texnologik va izlanuvchan-ijodiy ta’lim turlari hisoblanadi.
1. Og’zaki – ko’rgazmali a’nanaviy bo’lib, o’qituvchining axborot berishi, talabalarning bilimlarni qabul qilishi, to’plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. Ta’limda og’zaki-ko’rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega bo’lib, ismlarga ajratib ishlab chiqilgan va ta’lim tizimida katta xizmat ko’rsatdi. Jadal suratlar bilan o’sib borayotgan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi islohatlar, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish istaklarini to’laroq qondirishga bo’lgan jamiyat ehtiyojlari o’qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda.
2. Ta’limga texnologik yondashuvning umumiy tavsifnomasi (ismlarga ajratilmagan holda), ta’limning juda oddiy ma’suldor darajasi sifati misolida qaraladi. O’quv ishlari yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo’lib, yo’naltirilganlik, mashg’ul bo’lish, musobaqalashish va o’zaro yordamlashish tushunchalari mavjud bo’ladi.
3. Izlanuvchan yondashuvdagi maqsad, talabalarda muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani o’zlashtirish, tasir etishning yangi yo’llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir. Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o’zaro ta’siri natijasida shaxsda tadqiqotchilik va jadal ijodiy harakterli faoliyat yo’li boshlanadi.
O’quv jarayonining texnologik shakl modeli va uning amaliy tadbiqi yangilik xususiyatiga ega bo’lib, ananaviy ta’limni qayta shakllantiradi. “Pedagogik texnologiya” so’z birikmasi asosida “Texnologiya”, “Texnologik jarayon” tushunchasi yotadi. Bu tushuncha orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi hujjat, ta’limda esa fan bo’yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Pedagogik texnologiyada asosiy yo’l aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o’zaro aloqani o’rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti-harakati orqali o’qitishdir. O’zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o’quv jarayonini to’liqqamrab olish kerak.
Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo’yish usuli, o’qitish maqsadlari o’quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko’rinadigan hamda o’lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Maqsadlar o’qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, qaytib berish va hokazo atamalar orqali qo’yiladi. O’quvchining harakatlarida ifodalanadigan vazifalar esa ta’limining natijalarida ifodalanadi. Natija, talabaning tugallangan xatti-arakatini ifodalovchi keltirib chiqaring, sanab o’ting, so’zlab bering, tanlang, ko’rsatib bering, hisoblang kabi atamalar bilan ifodalanishi kerak.
Shunday qilib, ananaviy o’quv jarayonlarida asosiy omil – bu pedagog va uning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o’ringa o’qish jarayonidagi o’quvchilarning faoliyati
qo’yiladi. Har bir vazifa raqamlanib, u bitta natijani ko’zlashi lozim. Har bir vazifani shunday qo’yish kerakki, u o’qituvchining o’tadigan darsining bosqichlarini emas, balki, talabaning o’zini keyin qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin.
Ma’lumki, ilg’or texnologiyalarni qo’llashda asosiy e’tibor loyihalash bosqichiga qaratiladi, bunday tizimli yondoshuv asosida o’quv jarayonini loyihalash, kutilayotgan natija shaklidagi o’quv maqsadlarini mumkin qadar aniqlashtirish, rejalashtirilgan o’quv maqsadlariga kafolatli erishishga undaydi.
“ Maktab matematika kursida ayniy shakl almashtirishni o’qitish metodikasi ” mavzusini nazariy o’rganishning taxminiy bosqichlari quyidagilardan iborat deb bilamiz:
1) mavzu va uning rejasi beriladi;
2) o’quv faoliyati natijalari eslatiladi;
3) mavzuni uning ahamiyatga qisqacha to’xtalinadi;
4) mavzuni tushuntirish ketma-ketligi texnologik loyiha asosida o’qituvchi maqsadiga mos kelishi lozim;
5) talabalar diqqatini jalb etib, mavzu savollari haqida muammoli vaziyatlar hosil qilish;
6) tushuntirish jarayonida o’quv adabiyotlari yoki tarqatma material bilan ishlashga ahamiyat beriladi;
7) talabaning tarqatma material yoki o’quv adabiyotlardan
asosiy tushunchalarni o’qish va yozishni tashkil etishga imkoniyat yaratish;
8) mavzuni o’rganish darajasini tekshirish, talabalarga og’zaki savollar berib borish orqali, (masalan, eng katta qiymat va eng kichik qiymat tushunchasining mohiyati nima?);
9) talabalar javoblariga izoh berish yoki to’ldirish, to’g’ri javoblarni rag’batlantirish;
10) egallangan bilimlarni tekshirish va baholash; bunda tayyorlangan savollar hamma talabalarga tarqatiladi. Savollarga javob berish uchun muayyan (masalan, 5 minut) vatq beriladi. Berilgan savol varaqalari yig’ishtirib olingach, savollar oldindan tayyorlab qo’yilgan javoblar bilan solishtirib tekshiriladi. To’g’ri javoblar ekranda ko’rsatiladi yoki doskaga ilinadi. Har bir talaba o’zlarining bilimlarini o’zlari tekshirib ko’radilar va baholaydilar baholash reyting tizimida bo’ladi, o’qituvchi talabalar javoblariga munosabat bildiradi. Yuqori baholanganlar rag’batlantiriladi va kam baho olganlarga tanbeh bermasdan, ularni o’qish-o’rganishga davat etiladi;
11) egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va mustaqil ishlash ko’nikmasini hosil qilish masadida uyga vazifa beriladi. Bunda beriladigan vazifa aniq bo’lishi, berilgan vazifaning bajarilish shakli (referat, konspekt qilish, misol va masalalarni echish) aniq bo’lishi zarur.
3-§. Maktab kursida ayniy shakl almashtirish
|