• Tarbiyachi-metodist
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodist lavozimining malaka tavsiflari




    Download 31.83 Kb.
    bet2/7
    Sana28.04.2023
    Hajmi31.83 Kb.
    #54521
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    10-variyant
    17 Мактаб паспорти 2023, Q.Muhammadiy referat, KOMPLEKS HADLI QATORLAR. TEYLOR QATORI.LORAN QATORI., OPERASION HISOB YORDAMIDA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA TENGLAMALAR, Matritsalar, ular ustida bajariladigan arifmetik amallar. Matritsa turlari. Matritsa ditermenanti. Teskari matritsalarni topish usuli, 3-labaratoriya ishi, 5-6 ona tili va adabiyot fan yillik ish reja Kamalova Nodiraga, #3, 2-amaliy (3), 4-LABARATORIYA MO`, 2-amaliy mashg\'ulot , HARFLAR, Bekmetova Gulnoz, Texnologiya 7-sinf 2 yo\'nalish
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodist lavozimining malaka tavsiflari
    Lavozim vazifalari:
    a) maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi o’quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
    b) barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
    v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo’naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko’rsatish;
    g) maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o’stirish bo’yicha metodik materiallarni umumlashtirish;
    d) ilg’or tajribalarni o’rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o’tkazish;
    e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning ishtirokini ta’minlash;
    j) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qabul qilingan buyruqarning bajarilishini nazorat qilish;
    z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida turli yosh guruhlar bo’yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash;
    i) ta’lim tashkiloti faoliyatiga qo’yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
    y) tarbiyalanuvchilarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo’lgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish.
    Tarbiyachi-metodist:
    a) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagida”, ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” va “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi qonunlarini;
    b) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;
    v) maktabgacha yoshdagi bolalarnining rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablarining mazmunini, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
    g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash shakl va uslublarini;
    d) maktabgacha ta’limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va uslublarini, bolalar hayoti va sog’ligini muhofaza qilish qoidalarini;
    e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o’quv va tarbiya jarayonida o’qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini bilishi lozim.

    Download 31.83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 31.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodist lavozimining malaka tavsiflari

    Download 31.83 Kb.