• 2.Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi
  • Kirish mtt uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi va mtt uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari




    Download 31.83 Kb.
    bet6/7
    Sana28.04.2023
    Hajmi31.83 Kb.
    #54521
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    10-variyant
    17 Мактаб паспорти 2023, Q.Muhammadiy referat, KOMPLEKS HADLI QATORLAR. TEYLOR QATORI.LORAN QATORI., OPERASION HISOB YORDAMIDA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA TENGLAMALAR, Matritsalar, ular ustida bajariladigan arifmetik amallar. Matritsa turlari. Matritsa ditermenanti. Teskari matritsalarni topish usuli, 3-labaratoriya ishi, 5-6 ona tili va adabiyot fan yillik ish reja Kamalova Nodiraga, #3, 2-amaliy (3), 4-LABARATORIYA MO`, 2-amaliy mashg\'ulot , HARFLAR, Bekmetova Gulnoz, Texnologiya 7-sinf 2 yo\'nalish
    Malaka talablari:
    -o'z yo‘nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo‘yicha kurslarni tugatganlik;
    -xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
    -uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
    2.Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish
    Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi
    Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini birgalikda ko’rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mahorat maktabi va ilgor tajriba minbaridir.
    Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengash muhokamasiga bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, tashkilotda pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqlarni va yetuk pedagog-tarbiyachilar ilgor tajribasini amaliyotga joriy etish, tarbiyachilar pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi.
    Pedagogik kengash Maktabgacha ta’limi vazirligi, maktabgacha ta’lim bo’yicha buyruq, yo’l-yo’riq, nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni;
    -maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasini;
    - bolalar sog’ligini mustahkamlash tadbirlarini;
    - har bir yosh guruhlari bo’yicha “Ilk qadam” o’quv dasturining sifatli bajarilishi jarayonini;
    - ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg’or tajribalarini;
    - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga doir boshqa masalalarini muhokama qiladi.
    Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiradigan dolzarb mavzularning kiritilishini ta’minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi faol va sermahsul bo’ladi.
    -Pedagogik kengash tarkibiga;
    -uslubchi, tarbiyachilar,musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat qiladigan shifokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi, ota-onalar qo’mitasi hamda vasiylik kengash raislari kiradi.
    Pedagogik kengash yig’ilishiga jamoat tashkilotlari vakillari, maktab o’qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
    Pedagogik kengash maktabgacha tashkilotining yillik ish rejasiga kiritilgan va Pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan reja asosida faoliyat yuritadi.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jamoaviy organi hisoblangan Pedagogik kengash faoliyati pedagog xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga yo’naltirilgan.

    Download 31.83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 31.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish mtt uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi va mtt uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari

    Download 31.83 Kb.