Kirish nazariy qism




Download 2.95 Mb.
bet7/11
Sana09.06.2023
Hajmi2.95 Mb.
#71459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xotira qurilmalari
22.00, Microsoft PowerPoint Presentation, 17-Mavzu Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja Skaner , ppppppppppppppppppppppppppppppp, Документ Microsoft Word (2), ,,,,,,, 111111111, Turaev Opredelenie lokalizacii, Qulasharova Mashxura mustaqil ish yangi, Sattorov Abror Sobir o’g’li, ENERGETIKADA QO‘LLANILUVCHI MATEMATIK SONLI USULLAR, BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI, 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH..., 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH...
Vinchester atamasi sig’imi 16 Mbayt ( IBM, 1973 yil ) bo’lgan qattiq disk birinchi modelining jargonli nomidan kelib chiqqan bo’lib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yo’lkaga egadir, bu malum bo’lgan «Vinchester» ov miltig’ini «30/30» kalibri bilan aynan mos keladi.
Bu yig’uvchilarda bitga yoki bir nechta qattiq disklar bo’lib, ular alyuminiy yoki keramika qotishmasidan tayyorlangan va ferrilok bilan qoplangan, germetik yopik korpusga o’qish-yozish magnit kallagi bloki joylashtirilgandir. Bu yig’uvchilarning sirini olinmaydigan konstrukciya hisobiga erishiladigan o’ta yuqori yozish zichligi tufayli bir necha ming megabaytgacha etadi; ular tezkorliligi ham EMDY ga nisbatan jiddiy darajada juda yuqoridir.
1997 yildagi eng katta qiymatlar:
- sig’imi 9000 Mbayt (1997 yilga sig’im standarti - 1200 Mbayt);
- aylanish tezligi - 8000 ayl/min;
- murojaat qilish vaqti - 5 ms;
- transferi - 17 bayt/s.
QMDY juda rang-barangdir. Disk diametri ko’pincha 3,5" (89 mm) , lekin boshqalari ham bordir, xususan 5,25" (133 mm) va 1,8" (45 mm) ham bor. Diskovodning eng ko’p tarqalgan korpusining balandligi stol usti SHK larda-25 mm, mashina-serverlarda-41 mm, ixcham SHK larda-12 mm va b.
Zamonaviy vinchesterlarda zonali yozish usuli ishlatila boshlandi. Bu holatda diskning butun yuzasi bir nechta zonalarga bo’linadi, shu bilan birga sektorlarning tashqi zonalariga ichkisiga nisbatan ko’proq qiymatlar joylashadi. Bu, xususan, qattiq disklarning sig’imini taxminan 30 % oshirish imkonini beradi.
O’z tarkibiga yo’lkalarni va sektorlarni olgan disk strukturasini magnit tashuvchida tasvirlash uchun unda fizik, yoki past darajali formatlash deb ataladigan jarayon bajarilishi kerak (physical, yoki low-level formatting). Bu jarayonni bajarish paytida nazoratchi tashuvchiga xizmatchi ma’lumotni yozadi, u sektorda disk cilindrlarini belgilashni aniqlaydi va ularni nomerlaydi. Past darajali formatlash diskni ishlatish jarayonida buzuq sektorlarga murojaat qilishni inkor qilish uchun ularni markirovka qilib ham chiqadi.
Maksimal sig’im va qiymatlarni uzatish tezligi yig’uvchi ishlaydigan interfeysga bog’liqdir (diskli interfeyslar oldingi paragrafda ko’rib chiqilgan). Standart aylanish tezligi masalan, EIDE interfeysi uchun - 3600, 4500 va 5400 ayl/min.
Processorning disklar bilan malumotlar almashish tezligini oshirish uchun QMDY ni keshlash kerak, disklar uchun kesh xotira asosiy xotira uchun keshning funkcional vazifasi kabi vazifaga egadir, ya’ni diskka yozilayotgan yoki undan o’qilayotgan malumotlarni qisqa vaqt saqlash uchun tez harakatlanadigan xotira buferi bo’lib xizmat qiladi. Kesh-xotira diskovodga nisbatan sozlangan bo’lishi mumkin, tezkor xotirada dasturli yo’l bilan yaratilishi ham mumkin (masalan, Microsoft Smartdriv drayveri bilan). Processorning disk kesh-xotirasi bilan malumotlarni almashish tezligi 100 Mbayt/s ga etishi mumkin.
SHK da odatda bitga, kam hollarda bir nechta qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar bo’ladi. Lekin MS DOS da dastur vositalari bilan bitga fizik disk bir nechta «mantiqiy» disklarga bo’limishi mumkin; shu bilan birga bitta yig’uvchida bir nechta QMD initaciya qilinadi.
Olinadigan vinchesterlar ham ishlatiladi - ularning sig’imi odatda 1 Gbaytdan oshmaydi.
Birinchi qattiq magnit diskli yig’uvchi 45 yil ilgari paydo bo’lgan, uning hajmi 5 M bayt bo’lib, narxi 50 ming dollar atrofida va hajmi kiyim shkafidek bo’lgan. HDDning bu birinchi avlodi 24 dyuymli (61 sm, sovet televizorlari kabi) diametrda 50 diskli plastinaga ega bo’lgan, aylanish tezligi 1200 ob/min va urtacha kirish vakti-1 sek bo’lgan. Hozirgi kunda urtacha HDD odatda 95 mmli (notbuklar uchun bundan ham kichik) ikkita plastinaga ega, hajmi 120 Gbayt, aylanish tezligi 7200 ob/min (HDD SCSI uchun esa 15000 ob/min) va urtacha kirish vakti 5 msdan ham kam. Mana shunday taraqqiy etish.
Umumiy kurinishda HDD turtta asosiy elementlardan tashkil topgan: tarqatuvch i- disk plastinalar to’plami, bir ukda aylanuvchi yozish- ukish (golovkasi) moslamasi, pozitsioner (moslamani kerakli izga pozitsiyalashtiradi) va kontrolyor ( u ma`lumotlar etkazish va boshqarishni ta`minlaydi). HDDning unumdorligi shpindel aylanishi tezligi, bir plastinaga yozish zichligiga bog’lik buladi, kam midorda kontrolyorning kyosh buferi hajmiga hamda HDD va xususan kompyuter o’rtasida ma`lumotlar almashishda foydalaniladigan interfreysdan kamroq darajada bog’liq bo’ladi. Aylanish tezligiga kelsak, ish joyi shahsiy kompyuterlarida ikki turdagi HDD bo’lib ularning tezligi 5400 va 2700 ob/min. Bir plastinaga yozish zichligi bugungi kunda 20-40 Gbaytni tashkil qiladi. Kesh buferi hajmi 2 dan to 4 Mbayt orasida (SCSI HDD da u 16 M baytgacha etadi). 2 Mbaytli bufer standart hisoblanadi. Eng kup tarqalgan deb bugungi kunda ATA 100 (uzatish tezligi 100 Mbayt/sek gacha uni yana E1DE UDMA 100 deb ham ataydilar) interfreysi hisoblanadi. Mening bilishimcha faqat Maxtog kompaniyasi ATA 133 interfreysli qattiq disklarni ishlab chiqaradi. Serverlar va jiddiy ish stantsiyalarida SCSI interfreysidan faol qo’llaniladi, ammo ATA 100 maxsuldorligi bo’yicha SCSI ga yaqinlashdi va ish joyi shahsiy kompyuterlarida xususan faqat u ishladiladi. 2003 yili yangi Serial (SATA), ma`lumotlar etkazish tezligi 150 Mbayt/sek bo’lgan muntazam interfreysga faol ravishda o’tish ko’zda tutilmoqda. Bundan tashqari yangi interfreysda uzatish tezligi oshirilgan, kabeli ancha ixchamroq (ATA katta, ko’p simli shleyfidan farqli ravishda) va havo aylanishiga imkon beradi, kabelning mumkin bo’lgan uzunligi ham 0,45 metrdan 1 metrgacha oshdi (to’g’ri har bir HDD o’z kabeli bilan o’z kontrolyoriga ulanadi, ATA da esa ikkita HDD ni umumiy shleyfga ulash mumkin edi). Bugungi kunda xali SATA interfreysli HDD uchramay turibdi, shuning uchun HDD ATA 100 eng yaxshisi hisoblanadi.
Boshlangich darajadagi kompyuterlar uchun ATA 100 turidagi 5400 ob/min aylanish tezligiga ega qattiq disklarni tavsiya qilish mumkin (lekin 7200 ob/min tezlikka ega bulgan atigi 7-10$ kimmatrokdir) Pentium 4 va Ahlton bazasi tizimlar uchun yaxshisi 7200 ob/min. HDDni tanlagan yaxshi. Hajmi haqida gapirsak, bugungi kunda 40 Gbayt bulgan disklarni eng kichik deb hisoblash mumkin (bundan kichiklari bor bo’lsa ham). Men 60 Gbayt hajmli disklarni sotib olishni tavsiya etardim, chunki ular 1,5 barobar ko’proq hajmga ega bo’la turib (yozish zichligi ham yuqori, demak, tezligi ham katta) 40 Gbayt hajmli HDD bor yug’i 10-15 dollarga qimmat turadi.
Ishlab chiqaruvchilar haqida gapiradigan bo’lsak, bugungi kunda qattiq disklarni 8 ga yaqin firmalar ishlab chiqaradilar (Fujitsu, Hitchi, IBM, Maxtor, Samsung, Seagate, Toshiba va Western Digital). Shu bilan birga Fujitsu, Hitachi va Toshiba firmalari faqatgina notbuklar uchun ishlab chiqaradilar.
Bizda ko’proq Seagate va WD lar ishlab chiqargan HDDlar sotiladi. Bizning bozorimizda savdo qiluvchi deyarli hamma ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti yaxshi hisoblanadi, alohida biror bir ko’rsatmalar bera olmayman. Ularga kafolat berishda esa bizda nimagadir xatto sifati yaxshi bo’lganlari uchun ham bir yillik kafolat berishadi (odatda 6 oy kafolat berishadi), ko’plab ishlab chiqaruvchilar esa o’z mahsulotiga 3 yillik kafolat beradilar.
Seagate qattiq diskini qismlarga ajratish
Qo`limizga Seagate ga tegishli SCSI interfeysli qattiq disk olamiz. Bu qattiq diskni biror bir ishga yaroqsiz ekaniga amin bo`lsangiz.

Ma`lumotlarni saqlovchi disk, ya`ni bu qattiq disk, elektro-mexanik qurilma qattiq diskning mexanik qismi zamonaviy mashinalar bilan teriladi, chunki qattiq disk zarba, to`lqin va korpus xavosining tozaligiga bog’liq ravishda ishlaydi. Elektronika qismiga esa boshqaruv kontrolleri va ma`lumotlarni o`qish-yozish kanali kiradi.

1. Diskli plastinkalar paketi


Ma`lumotlar qatti? diskning alyuminiy yoki shishadan ishlangan diski yoki bir nechta diska yoziladi. Plastinkalar diametri qattiq diskning kattaligiga bog’liq: 5,25; 3,5; 2,5; 1,8; 1,0 dyuym. Plastinkaning yuzasi yaxshilab silliqlanadi, uning ustiga magnitli ishchi qatlam yuritiladi.
2. Shpindel
Plastinkalar to`plami qattiq disk motoridagi shpindelga qotiriladi. Bu shpindel juda kata tezlik bilan aylanish uchun yordam beradi (zamonaviy vinchesterda 5400 dan 15000 ayl/min.), shuning uchun ularni o`rnatishda juda katta e`tiborlik talab etiladi. Qattiq diskning shovqinini pasaytirish uchuí shpindelning ulanish joyida gidrodinamik podshipniklar o`rnatiladi.
3. O`qish va yozish golovkalari
Ma`lumotlarni o`qish va yozish qattiq diskning miniatyurali golovkalari yordamida amalga oshiriladi. Ishlash jarayonida golovkalar plastinka qatlamlariga tegmaydi. O`qish va yozish golovkalari har xil bo`lib, ularning soni plastinkalar ishchi yuza soxasiga qarab sanaladi.
4. Golovka sudragichlari
O`qish va yozish golovkalari egiluvchan metall sudragichlarga mahkamlangan, aerodinamik shakli shakli samolyotning qanotlarini eslatadi va u plastinka ustida golovka parlanishini ta`minlaydi.
5. Golovka bloki richaglari
Golovkalar bilan sudragichlar chetlari bilan qattiq richagga mahkamlanadi, bu qattiq richag plastinkalar ustida golovkaning radius bo`ylab harakatlanishiga yordam beradi.
6. Golovka o`qi o`tkazgichlari.
Golovka bloki o`qqa mahkamlangan, u o`q golovka blokiga mayatnik singari harakatlanishiga yordam beradi.
7. Golovka o`tkazgichi
Golovka blokining harakatlanishi aloxida simga beriladi. Undan golovka bilan richaglarning plastinkalar ustida pozitsiyasini tez va aniq o`zgartirish talab qilininadi. Avval golovka bloki o`tkazgichlarida kvarts soatlarda ishlatiladigan qadamli elektrmatorlar ishdatilgan.
8. Elektronika platasi, interfeys xajmlari va manba
Qattiq diskning hamma elektronika qismi atigi bitta plataga qotirilgan, u qattiq diskning korpus jamlagichiga qotirilgan. Xajmlar, asosan qattiq diskning elektr manbaga ulanishiga mo`ljallangan.
So’nggi yillarda optik disklardagi yig’uvchilar (ODY) borgan sari ko’proq tarqalmoqda. Kichik o’lchamlari (ko’proq 3,5", 4,72" va 5,25" diametrli kompaktdisklar ishlatiladi, lekin 12" va 14" ham bordir), katta sig’imi va ishonchliligi tufayli bu yig’uvchilar yanada ommaviylashib bormoqda.

Download 2.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 2.95 Mb.