• ASOSIY XOTIRA
  • Kirish nazariy qism




    Download 2.95 Mb.
    bet3/11
    Sana09.06.2023
    Hajmi2.95 Mb.
    #71459
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    xotira qurilmalari
    22.00, Microsoft PowerPoint Presentation, 17-Mavzu Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja Skaner , ppppppppppppppppppppppppppppppp, Документ Microsoft Word (2), ,,,,,,, 111111111, Turaev Opredelenie lokalizacii, Qulasharova Mashxura mustaqil ish yangi, Sattorov Abror Sobir o’g’li, ENERGETIKADA QO‘LLANILUVCHI MATEMATIK SONLI USULLAR, BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI, 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH..., 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH...
    Registrli kesh-xotira - nisbatan katta sig’imli yuqori tezlikli xotira bo’lib, u AX va MP o’rtasida buferdir va amallar bajarish tezligini oshirish imkonini beradi. Uni berish generatorining taktli chastotasi 40 MGc va undan yuqori bo’lgan SHK larda yaratish maqsadga muvofiqdir. Kesh-xotira registrlariga foydalanuvchi murojaat ega olmaydi, shuning uchun ham uni kesh (Cache) deb nomlangan, bu ingliz tilidan tarjima qilganda «maxfiy joy» ma’nosini bildiradi.
    Kesh-xotirada MP olgan yoki o’z ishining yaqin taktlarida oladigan qiymatlar saqlanadi, bu qiymatlarga tezda murojaat qilish dasturning navbatdagi buyruqlarini bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Dasturning bajarilish vaqtida AX dan birmuncha ilgari uqilgan qiymatlar kesh-xotiraga yoziladi.
    Natijalarni yozish principi bo’yicha kesh-xotiraning ikki tipi bor:
    «teskari yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari u AX ga yozilishidan oldin kesh-xotirada qayd qilinadi, keyin esa kesh-xotira nazoratchisi bu qiymatlarni mustaqil ravishda AX ga qaytadan ko’chirib yozadi;
    • «to’g’ridan to’g’ri yoziladigan» kesh-xotirada amallarning natijalari bir vaqtning o’zida parallel ravishda ham kesh-xotiraga, ham AX ga yoziladi.
    80486 MP laridan boshlab mikroprocessorlar o’zining sozlangan xotirasiga (yoki 1-darajali kesh-xotiraga) ega, shu bilan, xususan, ularning yuqori unumdorligi kelib chiqadi. Pentium va Pentium Pro mikroprocessorlari qiymatlar uchun alohida va buyruqlar uchun alohida kesh-xotiraga ega: Pentium da bu xotira sig’imi katta emas - 8 Kbaytdan, Pentium MMX da - 16 Kbaytdan, Pentium Pro da 1-darajali kesh-xotiradan tashqari, mikroprocessor platasiga sozlangan va mikroprocessorning taktli chastotasida ishlaydigan, sig’imi 256 yoki 512 Kbayt bo’lgan 2-darajali kesh-xotira ham mavjuddir.
    Shuni inobatga olish kerakki, hamma MP larda 2-darajali qo’shimcha kesh-xotira ishlatilishi mumkin, u MP dan tashqarida bosh platada joylashtiriladi va sig’imi bir necha megabaytlargacha etishi mumkin.
    Izox,. Tezkor xotira dinamik (Dynamic Random Access Memory - DRAM) yoki statik (Static Random Access Memory - SRAM) tipidagi mikrosxemalarda qurilishi mumkin. Xotiraning statik tipi sezilarli darajada yuqoriroq tezkorlikka ega, lekin dinamik tipga qaraganda ancha qimmatroqdir. SRAM registrli xotiraning (MPX va kesh-xotira) asosi hisoblanadi, asosiy xotirada TeSKJK, ning asosini odatda DRAM-mikrosxemalar tashkil etadi.
    Mikroprocessorli xotira (MPX) - unchalik katta bo’lmagan, lekin o’ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar - mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o’lchanadi).
    U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo’ljallangan; MPX mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprocessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.
    Mikroprocessorli xotira razryadliligi mashina so’zidan kam bo’lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprocessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta o’nlab registrlargachadir.
    Mikroprocessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.
    Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari - Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari - Abaza, Aqayd , Asil buyruqlar va b.), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi.
    Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatga ishlatilgan bo’lishlari shart.
    MPX registrlarining tarkibi va vazifalari to’g’risidagi batafsilroq ma’lumotlarni [4] ishda ko’rib chiqish mumkin.
    ASOSIY XOTIRA



    Download 2.95 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 2.95 Mb.