Kirish nazariy qism




Download 2.95 Mb.
bet8/11
Sana09.06.2023
Hajmi2.95 Mb.
#71459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xotira qurilmalari
22.00, Microsoft PowerPoint Presentation, 17-Mavzu Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja Skaner , ppppppppppppppppppppppppppppppp, Документ Microsoft Word (2), ,,,,,,, 111111111, Turaev Opredelenie lokalizacii, Qulasharova Mashxura mustaqil ish yangi, Sattorov Abror Sobir o’g’li, ENERGETIKADA QO‘LLANILUVCHI MATEMATIK SONLI USULLAR, BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI, 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH..., 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH...
Qayta yozilmaydigan lazer-optik disklarni odatda kompakt-disklar - Compact Disk (CD) ROM deb atashadi. CD diametri 4,72 dyuym va qalinligi 0,05 dyuymli plastik diskdan iborat, markazida diametri 0,6 dyuymli teshik bor, ikki qatlamli: yupqa kaytaruvchi metall aktiv qavati va lakli qoplama. Bu disklar firma-tayyorlovchi tomonidan oldindan yozilgan ma’lumot (xususan dastur ta’minoti) bilan etkazib beriladi. Ularga ma’lumotni yozish laboratoriya sharoitlarida kuchli quvvatli lazer nuri bilan SHK dan tashqarida amalga oshirilishi mumkin, bunda lazer nuri CD ning aktiv qatlamida iz - mikroskopik chuqurchali yo’lka qoldiradi. SHunday qilib, birlamchi «usta-disk» yaratiladi. CD-ROM ning ommaviy ko’paytirish jarayoni «usta-disk» bo’yicha bosim ostida qo’yish yo’li bilan bajariladi.
CD dagi yo’lka, magnit disklaridan farqli o’laroq, spiral va juda tordir. CHuqurcha chuqurligi taxminan dyuymning 5 milliardinchi ulushiga va keyingi dyuymning 24 milliardinchi ulushiga tengdir; yo’lkalar zichligi - dyuymda 16000 ta yo’lka. Butun spiral yo’lkaning uzunligi 5 km dan ko’proq.
SHK ning optik diskovodida yo’lkalardan ma’lumot nisbatan kam quvvatli lazer nuri bilan o’qiladi. Lazer nuri disk yo’lkasida fokuslanadi va aktiv qatlamdan qaytadi: agar u erda chuqurcha bor bo’lsa, nurning qaytish burchagi o’zgaradi va kaytgan nur fotoqabul qilgichga (fotodiodga) tushmaydi.
O’qishda (yozishda) CD ni burchak tezligi tashuvchining kallak ostidagi doimiy chiziqli tezligini ta’minlash maqsadida o’kiladigan (yoziladigan) yo’lka uchastkasining joylashgan joyiga bog’liq ravishda o’zgaradi - bu bilan yozilayotgan qiymatlarning doimiy optimal zichligi bilan ishlash imkoniyati va disklarning yuqori sig’imi ta’minlanadi.
CD-ROM ma’lumotni o’ta yuqori yozish zichligi sababli 250 Mbaytdan 1,5 Gbaytgacha sig’imga egadir, murojaat qilish vaqti turli optik disklarda 50 dan 350 ms gacha tebranadi, ma’lumotlarni o’qish tezligi 150 dan 3000 Kbayt/s gacha.
Mutaxassislarning bahosiga ko’ra, hozirgi vaqtda 85 % dan ko’proq shaxsiy kompyuterlar CD-ROM diskovodlari bilan jixozlangan, 65 % dan ko’proq SHK lar bu ko’rinishdagi standart o’rnatilgan diskovodlar bilan sotilmoqda.
Tashqi eslab qolish qurilmalari texnikasidagi haqiqiy burilishni, birinchi marta 1996 yilda paydo bo’lgan va o’lchamlari oddiy CD-ROM niki kabi bo’lgan yangi raqamli videodisklar yaratadi, lekin ularning sig’imi hozirdayoq 17 Gbaytgacha etadi va nafaqat DVD-ROM, balki DVD-RAM ni ham ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
CD-ROM da qiymatlarni yozishni zichlashtirish o’qiydigan nur diametrini ikki marta kamaytirish yo’li bilan erishilgan, bunda yo’lkadagi qo’shni nuqtalar orasidagi masofa kamayadi va yo’lkalar soni ortadi. YOzishni zichlashdan tashqari ikki qatlamli va ikki tomonlama yozish ishlatila boshlandi. SHunday texnologiya bo’yicha tayyorlangan disklarni raqamli DVD-ROM videodisklari deb atala boshlandi.
Bugungi kunda o’z ichiga to’rtta DVD-ROM tipini olgan standart mavjuddir:
DVD5 - sig’imi 4,7 Gbayt; bu bir qavatli yoziladigan bir tomonlama disk (bir tomonlama CD-ROM ga o’xshash, lekin yozuvi zichlashtirilgan);
DVD9 - sig’imi 8,5 Gbayt; bu bir qavatli yoziladigan bir tomonlama diskdir; yuqori qavati lazer nuri uchun yarim shaffof - pastki qavatidan o’qish birinchisidan to’lqin uzunligi bilan farq qiladigan ikkinchi lazer bilan bajariladi;
DVD10 - sig’imi 9,4 Gbayt; bu bir qavatli yoziladigan ikki tomonlama diskdir;
DVD18 - sig’imi 17 Gbayt; bu ikki qavatli yoziladigan ikki tomonlama diskdir.
Ularda eng yuqori o’qish tezligi hozircha 1400 Kbayt/s dan oshmaydi.
Tayyor maxsulot sifatida hozir faqat bir tomonlama o’qiydigan diskovodlar chiqarilmoqda, DVD10 va DVD18 disklarini ishlatganda ularni qo’lda teskarisiga aylantirishga to’g’ri keladi.
Qayta yoziladigan disklarga kelsak (DVD-RAM va DVD-R), ularning 2,6-9,4 Gbayt sig’imli birinchi modellari bozorda 1997 yil oxirida paydo bo’ldi.
ODY larning asosiy afzalliklari:

  • yig’uvchilarni almashinishi va kompaktligi (ixchamligi);

  • katta ma’lumot sig’imi;

  • CD va o’qish-yozish kallaklarining yuqori ishonchliligi va ko’pga chidashi (50 yil);

  • kirlanishlarga va silkinishlarga kichik sezgirligi (MDY larga nisbatan);

  • elektromagnit maydonlarga sezgirmaslik.

 

Download 2.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 2.95 Mb.