Kirish nazariy qism




Download 2.95 Mb.
bet6/11
Sana09.06.2023
Hajmi2.95 Mb.
#71459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xotira qurilmalari
22.00, Microsoft PowerPoint Presentation, 17-Mavzu Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja Skaner , ppppppppppppppppppppppppppppppp, Документ Microsoft Word (2), ,,,,,,, 111111111, Turaev Opredelenie lokalizacii, Qulasharova Mashxura mustaqil ish yangi, Sattorov Abror Sobir o’g’li, ENERGETIKADA QO‘LLANILUVCHI MATEMATIK SONLI USULLAR, BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI, 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH..., 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH...
Tashuvchi - ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga ega bo’lgan moddiy ob’ektdir.
Tashuvchining tipiga bog’liq ravishda barcha TEQQ larni magnit lentadagi yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.
Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki turli bo’ladi: bobinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimerlar). SHK da faqat strimerlar ishlatiladi.
Disklar bevosita murojaat qilinadigan ma’lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir. «Bevosita murojaat» tushunchasi shuni bildiradiki, SHK qidirilaetgan ma’lumot boshlanadigan yoki yangi ma’lumotni yozish lozim bo’lgan yo’lakchaga yozish/o’qish kallagi qaerda joylashishidan qaty nazar bevosita «murojaat qilishi» mumkin.
Disklardagi yig’uvchilar xilma-xildir:

  • disklarda yoki disketalarda;

  • qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar yoki vinchesterlar;

  • almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar, ularda Bernulli effekti ishlatiladi;

  • floptik disklardagi yig’uvchilar, boshqachasiga floptical-yig’uvchilar;

  • o’ta yuqori zichlikdagi yozuvli yig’uuvchilor boshqachasiga, VHD-yig’uvchilar;

  • optik kompakg-disklardagi CD ROM (Compact Disk) yig’uvchilar;

  • CC WORM tipidagi (Continnous Composite Write Once Read Many, bir marta yozish-ko’p marta o’qish) optik disklardagi yig’uvchilar;

  • magnit optik disklardagi yig’uvchilar (MODY);

  • raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig’uvchilar va b.

MD markazidan bir xil masofada joylashgan MD yo’lkalar yig’indisini «cilindr» deb ataladi.
Har bir yo’lakcha sektorlarga bo’lingan. Har bir sektorda 128, 256, 512 yoki 1024 bayt joylashtirilishi mumkin, lekin odatda 512 bayt qiymatlar joylanadi.
MDY va AX o’rtasidagi qiymatlarni almashish ketma-ket butun sondagi sektorlar bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumotni yozishda va o’qishda MD o’z o’ki atrofida aylanadi, magnit kallakni boshqaradigan mexanizm esa uni ma’lumotni yozish yoki o’qish uchun tanlangan yo’lkaga olib keladi.
Magnit diskdagi ma’lumotni o’qish va yozish qurilmasi diskovod deb ataladi.
Uzining asosiy tavsifi - axborot sikinidan tashqari, diskli yig’uvchilar ikkita vaqt ko’rsatkich bilan: murojaat qilish vaqti va qatorasiga o’qish tezligi bilan tavsiflanadi.
Diskdagi ma’lumotga murojaat qilish vaqti (access time), ya’ni diskovod qiymatlarni o’qishni boshlagunga qadar sarf qiladigan vaqti bir necha tashkil etuvchilardan iboratdir:
- magnit kallakni kerakli yo’lkaga siljish vaqti (seek time);
- kallakni o’rnatish va uning tebranishini so’ndirish vaqti (setting time);
- aylanishni kutish vaqti (rotatoin latemy) - diskning aylanishi natijasida kerakli sektor kallak ostiga tug’ri kelish momentini kutish.
Ma’lumotga murojaat qilingandan keyin uni ketma-ket satrlab o’qish amalga oshiriladi - yaxshi diskovodlar sekundiga 1 Mbayt va undan yuqori satrlab o’qish tezligini (transfer rate) ta’minlaydi.
Disklardagi qiymatlar fayllarda saqlanadi, ular shu ma’lumotlarni tashuvchilardagi xotira uchastkalari (soxa, maydon) bilan odatda bir-biriga tenglashtiriladi.
Yaratilgan faylga xotira maydoni klasterlarni aniqlangan soniga juft qilib ajratiladi. Klaster - ma’lumotlarni diskda joylashtirishning eng kichik birligi bo’lib, u yo’lkani bir yoki bir nechta yonma-yon sektorlaridan tashkil topgan. Bitta faylga ajratilgan klasterlar diskli xotirani istalgan bo’sh joyida joylashishi mumkin va albatta yonma-yon bo’lishi shart emas. Diskdagi tarkatilgan klasterlarda saqlanayotgan fayllar lavholashtirilgan deb ataladi.
BIOS tizimida 3 o’lchamlik cilindr (yo’lka), magnit kallagi (disk tomoni), sektor nomeri. DOS tizimida tashqi 0-cilindrdan (yo’lqadam), 0-kallak, 1-sektordan boshlab sektorlarni satrlab ketma-ket nomerlash.
Har bir disketada 2 ta soxani: tizimli va qiymatlar soholarini ajratish mumkin.
Tizimli soxada (0-yo’lqadam, 0-tomondan, 1-sektordan boshlanadi) 3 ta zona joylashgan, ular o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Yuklovchi yozuv (boot record) - DOS ni tizimli diskdan AX
ga boshlang’ich yuklovchi dasturni (1 ta sektorni eslaydi);
2. Fayllarni joylashtirish jadvali (file allocation table - FAT) - format kodini va sektorlarni fayllarga tegishlilik to’liq haritasini o’z ichiga oladi. FAT klasterlar ro’yxati ko’rinishida tashkil etilgan (ular 2 dan NQ1 gacha nomerlanadi, bu erda N - EMD dagi klasterlarning to’liq soni), har bir klaster uchun jadvalda uning belgisini o’n oltilik kodi ko’rsatiladi: FF7 - nuqsonli klaster, 002-FFO - fayllar bilan ishlatiladigan klasterlar, FFF - klaster faylning oxirgi qismini o’z ichiga oladi, 000 - bo’sh klaster, FF8-FFE - yo fayl oxiri (kam holda), yoki bo’sh. Disketada bor bo’lgan har bir fayl uchun katalogda (tizimli soxaning 3-zonasi) uning boshlang’ich klasterining nomeri ko’rsatiladi, bu boshlang’ich va keyingi klasterlarda FAT da mos ravishda faylning keyingi klasterlari va shu tartibda oxirisigacha ko’rsatilib, bunda FFF kodi (kamroq FF8-FFE kodi) ko’rsatiladi.
Fayllarni joylashtirish jadvali juda muhimdir, negaki uningsiz diskda faylni ketma-ket o’qish mumkin bo’lmay qoladi (ayniqsa, agar fayl klasterlari satrlab emas, balki boshqa fayllar bilan band bo’lgan oraliqlarga yozilgan bo’lsa). SHu sababli ishonchlilik uchun FAT takror yozib quyiladi.
Fayl diskdan o’chirilgan paytda uning hamma klasterlari bo’sh kabi belgilab chiqiladi, lekin faylning o’zini qiymatlari o’chirilmaydi (faqat ularning o’rniga boshqa qiymatlar yozilganda o’chirib tashlanadi), ya’ni o’chirilgan fayllarni tiklash mumkin (DOS ning UNDELETE/UNERASE buyruqlari, NC ning UNERASE utilita);
3. Disketning o’zakli katalogi - fayllarning yoki qims kataloglarning uning parametrlari bilan ro’yxati.
Kiymatlar soxasida qismkataloglar va qiymatlarning o’zlari joylashgan.
Xuddi shunday tarzda qattiq disklar ham strukturlashtirilgan, bunda tizimli soha har bir mantiqiy diskda yaratiladi.
Egiluvchan magnit diskda (EMD) magnit katlani egiluvchan asosga yurgiziladi. UIK da ishlatiladigan EMD 5,25" va 3,5" form-faktorga ega bo’ladi. EMD sig’imi 180 Kbaytdan 2,88 Mbaytgacha oraliqda bo’ladi. 5,25 dyuym diametrli zich egiluvchan konvertga joylashtiriladi, 3,5 dyuymlisi esa changdan va mexanik buzulishlardan himoya qilish uchun plastmassali k assetaga o’rnatiladi.

Vinchester nomi ostidagi qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (KMDY) SHK larda keng tarqilishgan.

Download 2.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 2.95 Mb.