Kirish nazariy qism




Download 2.95 Mb.
bet2/11
Sana09.06.2023
Hajmi2.95 Mb.
#71459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xotira qurilmalari
22.00, Microsoft PowerPoint Presentation, 17-Mavzu Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja Skaner , ppppppppppppppppppppppppppppppp, Документ Microsoft Word (2), ,,,,,,, 111111111, Turaev Opredelenie lokalizacii, Qulasharova Mashxura mustaqil ish yangi, Sattorov Abror Sobir o’g’li, ENERGETIKADA QO‘LLANILUVCHI MATEMATIK SONLI USULLAR, BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O\'RGATISH METODIKASI, 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH..., 4- SINF OQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI O\'QISH...
II. NAZARIY QISM
XOTIRA QURILMALARI VA ULARNI ISHGA TAYYORLASH


Xotira – har bir axborot so`zini saqlovchi joy xizmatini o`tovchi yacheykalar majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko`rsatilishi lozim.
Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to`rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytgan edik. Xotira ma`lumot va programmalar saqlash uchun xizmat qiladi.
Ko’rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi xotira sig’imi va uning tezkorligi. Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o’lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (tkid) va o’qish tezligi (Vo’qish) bilan o’lchanadi.
Tmur - malumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi;
tkid - yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti;
Vo’qish - axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi.
Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’taniz: sekund, ms - millisekund, mks - mikrosekund; 1 s=103 ms=106 mks=109 ns.
Asosiy xotira -tezkor xotira qurilmasi, doimiy xotira qurilmasi, tashqi xotira va KESH xotiradan iborat.
Xotira - tashqi atrof muhitdan qabul qilingan va qayta uzatiladigan ma’lumotlarni ma’lum vaqt davomida saqlash uchun muhim vositadir. Xotira tabiatdagi tirik jonzotlarda ham mavjud bo’lib, ular hayot kechirish jarayonida muhim o’rin tutadi.
Hisoblash texnikasida kompyuterning barcha ish faoliyatini tashkil etish uchun xotira muhim vosita sanaladi. Tabiatdagi tirik jonzotlarda xotira avloddan avlodga o’tadigan genlar va ishlab chiqilgan instinktlar orqali boshqariladi. Mashinada esa amallar oldindan o’rnatilgan tartibda bajarish algoritmi bo’yicha boshqariladi.
Komp’yuter kim tomonidan va qaerda ishlab chiqarilganligidan qat’iy nazar, uning xotirasi asosan 4 turga bo’linadi:

  1. Doimiy xotira.

  2. Asosiy - Tezkor xotira

  3. Tashqi xotira

  4. KESH xotira

Doimiy xotira kompyuterning ichki qismida mikroprotsessorlar va mikrosxemalardan tashkil topgan bo’lib, u kompyuterning asosiy ish faoliyatini tashkil etadi.


Doimiy xotira qurilmasida axborot deyarli o’zgarmasdan doim saqlanadi.Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, disk yurituvchi, monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, operatsion tizim diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar joylashgan bo’ladi.
Doimiy xotira BIOS deb ataladi. Uning hozirgi kunda o’zgarmas, bir marta o’zgartiriladigan, ko’p marta o’zgartiriladigan turlari mavjud.

Bularning barchasi kompyuter ishlab chiqarilgan joyda o’rnatilgan bo’ladi. Ular kompyuter yoqilgan vaqtdan boshlab, ketma-ket uning barcha ish faoliyatini tashkil etish uchun kerakli ma’lumotlarni tezkor xotiraga yuklab boradi. O’zgarmas turdagi xotirani o’zgartirib yoki o’chirib va unga ma’lumotlar qo’shib bo’lmaydi. Bunday amallar maxsus texnologik sharoitda etakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Mos ravishda bir marta o’zgartiriladiganlari bir marta va ko’p marta o’zgartirish mumkin bo’lgani ko’p marta o’zgartirilishi mumkin.
Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida xosil bo’luvchi barcha axborotlar va ma’lumotlarni ishlash uchun zarur bo’ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma’lumotlar kompyuterlar elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o’chib ketadi.
Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr - ma’lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo’ljallangan qurilma. Har bir registr o’z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti kondenator bo’lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda-" 1", zaryadlanmagan holda- "0 "ni ifodalaydi.
Tezkor xotira haqida gapirganda, uning bir qismi sifatida mikroprotsessorli xotira (MPX)ni ham aytib o’tish mumkin. Mikroprotsessorpi xotira mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqchash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan. MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, chunki asosiy xotira tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi.
Registrdagi triggerlar miqdori kompyuterning necha zaryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalariing har bnr razryadida bir bit axborot joylashadi, ya’ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda, 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o’z tartib raqamiga, ya’ni adresiga ega bo’ladi. Har bir xotira yacheykasi ham o’z adresiga ega, u shu uyachadagi boshlang’ich bayt adresi bilan ifodalanadi.
Tezkor xotnra qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo’yicha istagan qismiga o’tish mumkin bo’lgan xotira), chunki undagi bor. istagan adresli uyachaga to’g’ridan-to’g’ri o’tish imkoniyati mavjud.
Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma’lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb yuritiladi. Agar tezkor xotirani misol tariqasida IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha taqsimlanadi: dastlabki 640 Mbaytgacha bo’lgan qismi tizimli foydalanish uchun qo’llaniladi.
Tezkor xotira esa kompyuter ishga tushgandan so’ng tashkil etiladigan maxsus bo’sh joy bo’lib, unda foydalanuvchi kompyuter bilan muloqot davomida amalga oshirgan ma’lumotlarning kiritish-chiqarish jarayoni ma’lum vaqtgacha saqlanib turadi. Komp’yuter o’chirilishi bilan undagi axborot ham o’chib ketadi.
Tezkor xotiraga misol tariqasida insonda ma’lum bir vaqt ichida bir soha yuzasidan savol-javob qilinishini keltirish mumkin. Lekin insonning xotirasi shunisi bilan ham murakkab va ustun turadiki, u uyg’oq paytida ko’rgan, eshitgan, o’qigan va bilgan ma’lumotlarini o’zining doimiy xotirasiga ham yozib, eslab qolish qobiliyatiga ega. Mashinada esa bunday imkoniyat yo’q.
Tezkor xotiraning hozirgi kunda SIMM, DIMM, DDR kabi turlari mavjud. Hajmi 256 Mbaytdan 512 Mbaytgacha bo’lishi mumkin.
Doimiy va tezkor xotiraning yuqoridagi tasniflarini o’quvchilar tushunishi osonroq bo’lishi uchun ularni misol tariqasida Odamning xotirasi bilan solishtirib berish mumkin. Bunda o’qituvchi tomonidan fanlararo bog’lanish amalga oshiriladi (ya’ni Odam anatomiyasi fani bilan bog’lanish bo’ladi) ham o’quvchilar boshqa fandan o’z bilimlarini charhlab oladilar.
Masalan: doimiy xotira sifatida inson bolasi tug’ilishi bilan yashashi uchun yuzaga keladigan talablarni misol keltirishimiz mumkin:

Tezkor xotira xolatini quyidagicha tasvirlab berish mumkin:
EHM va Odam holati: OZU xolati:

Shu erda endi kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqot natijasida operativ xotirada to’plangan ma’lumotlarni o’chib ketmasligi uchun yozib qo’yish kabi masala qo’yiladi va shu erda kompyuterning tashqi xotirasiga murojaat etiladi. Ularni tushuntirishga o’tiladi.
Tashqi xotirada ma’lumotlarni saqlash uchun kompyuterning qurilmasi - disk yurituvchidan foydalaniladi. Foydalanuvchi bunda quyidagi vositalarni ishlatishi mumkin:

  • Egiluvchan magnit qatlamli disk (disketalar, Floppy disk)

  • Qattiq qatlamli magnit disk (vinchester, Hard Disk)

  • Kompakt disklar (CD-R, CD-RW, DVD-R, DVD-RW va h. k.)

  • Fleshkalar

  • Strimmerlar (kasseta tasmasi)


Strimmerlar yordamida axborotlar magnit tasmali kassetalarga yoziladi. Ular deyarli kompyuter ishlab chiqilgan vaqtdan buyon ishlatib kelingan. Magnit tasmali kassetalarning bir kamchiligi shunda ediki, agar kerakli axborot tasmaning o’rta qismida joylashgan bo’lsa, u holda shu joygacha bo’lgan barcha tasmani aylantirishga to’g’ri kelardi. Hozirgi kunda ham bir marotaba ketma-ket o’qiladigan va bajariladigan axborot bo’lsa, agar shu xotira vositasidan ham foydalanish qulay.
Magnit tasmali kassetalar o’rnini kelajakda hajm jihatidan ancha kichik, axborotni yozish va o’qish tezroq amalga oshiriladigan egiluvchan magnit disklar egalladi. Ular adabiyotda Floppy disk deb yoziladi. Ular asosan 2 turda bo’ladi: 3,5 va 5,25 dyuymli hajmga ega disketalar.
Hozirgi kunda barcha kompyuterlarni qattiq magnit disksiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki ular axborot sig’dirish jihatidan, ularni yozish va o’qish tezligi jihatidan deyarli tengi yo’q, desak ham bo’ladi. Ularga axborot yozish va o’qish magnit kallagining diametri vinchester qurilmasining o’q diametri bilan teng bo’lganligi sababli, shartli ravishda vinchester deb ataladi. Shu kunga qadar 500 Mb, 1 Gb, 10 Gb, 20 Gb, 40 Gb, 60 Gb, 80 Gb, 120 Gb va hattoki 160 Gb axborot sig’dirish hajmiga ega turlari mavjud. Har sohada kompyuterdan foydalanuvchilar turli firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan vinchesterlarni ma’qul ko’rishadi.
Agar tashqi jismoniy kuch ta’sirida shikast etkazilmasa, o’zida axborotni deyarli umrbod saqlab qoluvchi kompakt disklar hozirgi kunda keng qo’llaniladi. Ularning hajmi 700 Mbaytni tashkil etadi. Ularning CD-R, CD-RW, DVD-R, DVD-RW va h.k. turlari mavjud. Ularga axborot yozish uchun mos ravishda maxsus disk yurituvchi qurilmalar ishlatiladi. Ayrimlariga bir marotaba axborot yoziladi, ayrimlariga bir-necha marotaba axborot yozish va o’chirish mumkin.
Fleshkalar ham hozirgi kunda foydalanuvchilar orasida keng ishlatiladi. Ular hajm jihatdan juda kichik, ishlatish jarayoni juda oson. Komp’yuterga USB porti orqali ulanadi. Komp’yuter avtomatik ravishda uni tanib oladi va unga axborot yozadi hamda o’qiydi. Ularning axborot sigdirish hajmi deyarli katta emas, lekin foydalanuvchi uchun etarli darajada, desak bo’ladi - 32 Mbaytdan to 1 Tbaytgacha turlari mavjud.
Inson ham o’z hayoti davomida ega bo’lgan, lekin uning hammasini eslab qolish imkoni bo’lmagan vaqtda "tashqi xotira vositalari"dan foydalanadi. Bunga misol sifatida u ishlatadigan yo'n daftarchasini, konspekt uchun daftarlar, kitoblar, gazetalar, jurnallar va boshqalarni keltirish mumkin.
Disk yurituvchilarning unumdorligini oshirish uchun ularni bufеr xotira (KESh xotira) bilan jihozlaydilar. KESh xotiralarning standart hajmlari 64, 128, 256, 512 va 1024 Kbayt. KESh xotira - disk yurituvchining bufеri ma'lumotlarni CD-ROMdan o’qigandan so’ng, markaziy protsеssorga jo’natishgacha bo’lgan vaqt davomida, qisqa muddatga saqlash uchun maxsus xotira hisoblanadi. Bunday bufеrlashtirish disk qurilmasiga ma'lumotlarni protsеssorga kichik miqdorlarda uzatish imkonini bеradi.

KESH-XOTIRA





Download 2.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 2.95 Mb.