• 1.3. SEDIMENTATSIYA HODISASI.
  • 3.1.4. KOLLOID ERITMALARNING OSMOTIK BOSIMI
  • Kolloid eritmalarning molekulyar kinetik va optik xossalari




    Download 73 Kb.
    bet2/5
    Sana05.12.2023
    Hajmi73 Kb.
    #111956
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    12 kolloid eritmalar

    1.2. BROUN HARAKATI.
    1827 yili ingliz botanigi R.Broun gul changining suvda tarqalganligini mikroskop yordamida kuzatib, gulning chang zarrachalari eritmada uzluksiz, tartibsiz harakat qilayotganini aniqladi.
    Bunday harakat anorganik va organik moddalardan tayyorlangan emulsiya va suspenziya-kolloid eritmalarida ham kuzatiladi.
    Bu xodisa keyinchalik Broun harakati deb nom oldi, Broun hara­kati moddalarning tabiatigagina emas, balki haroratga va zarracha­larning o’lchamiga ham bog’liq zarrachalar kattalashgan sari Broun harakati kamayib boradi. Masalan, zarrachalarning o’lchami 1-Zmk bo’lganida Broun harakati kuchli bo’lib, 4-5 mk da kuchsiz va 5 mk dan katta bo’lganda to’xtaydi.
    Zarrachalar uzluksiz harakatlanishi natijasida bir nuqtadan ik-
    kinchi nuqtaga siljiydi va shu nuqtalar orasidagi masofa siljish qiy-
    mati (X) deb ataladi.
    1906 yili Eynshteyn gaz qonunlariga asoslanib, Broun harakatidagi siljish qiymatini quyidagi formula bilan aniqladi:



    bu yerda, ΔХ2 – siljish qiymatining kvadrati, R – gaz konstantasi, T – absolyut harorat, Δt – vaqt, N – Avagadro soni, η – suyuqlikning qovushqoqligi, r – zarrachaning radiusi.




    1.3. SEDIMENTATSIYA HODISASI.
    Kolloid eritmalardagi zarrachalarning og’irlik kuchi ta‘sirida eritma tagiga chukishi sedimentatsiya hodisasi deyiladi. Bu jarayonda birinchi navbatda og’ir (katta.) zarrachalar chukadi, so’ngra qolgan zarrachalar massasiga qarab chukaveradi. Masalan, loyqa suv turishi natijasida undagi tuproq zarrachalari cho’kib, suv tiniqlashadi. Ayrim kolloid ertmalarda sedimentatsiya hodisasi sutt bo’lib, zarrachalar cho’kmaydi, suv tiniqlashmaydi. Bunday holda zarrachalarga markazdan qochuvchi kuch ta‘sir ettiriladi. Buning uchun tsentrifugalar ishlatiladi.
    Sedimentatsiya usuli bilan kolloid eritmalardagi zarrachalarning o’lchami va ularning molekulyar massasi angaqlanadi.
    3.1.4. KOLLOID ERITMALARNING OSMOTIK BOSIMI
    Kolloid eritmalarda ham chin eritmalarga o’xshash osmotik bosim mavjud. Kolloid eritmalarda zarrachalar soni kam bo’lgani uchun, ularda osmotik bosim kichik bo’ladi. Kolloid eritmalardagi osmotik bosimni topish uchun Vant-Goff formulasidan foydalaniladi:

    bu yerda, R - osmotik bosim, n - zarrachalar soni, N - Avagadro soni, R - gaz konstantasi, T -absolyut harorat.
    Kolloid eritmalarning osmotik bosimi, eritmadagi erigan modda molekulyar massasini aniqlashda yordam beradi.



    Download 73 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kolloid eritmalarning molekulyar kinetik va optik xossalari

    Download 73 Kb.