• Internet- provayderlar
  • Internet tarmog’i bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar




    Download 1,13 Mb.
    bet14/206
    Sana12.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #135483
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206
    Bog'liq
    Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmi-hozir.org
    Microsoft Word Word-da murakkab hujjatlarni yaratish. Ro‘yxatlar (1), 1-kurs-fakultativ-kurs-maruza, Amaliyot kundaligi yuzi, Morfologik uslublar, 253-260, 2 dars, 1-modul, 1-sinf Informatika ish reja, 2-sinf, 1-topshiriq, фарогат опа, 1. Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi-fayllar.org, IMG 20240203 142538 246, 1-Oktabr Muallim olamning yorug’ chirog’i ssenariy
    1.2. Internet tarmog’i bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar 
    Internet – Yer sharining turli burchaklaridagi millionlab hisoblash 

    qurilmalarini yagona butunlikka bog‘lovchi butun dunyo kompyuter tarmog‘idir:


    – stol ustida turadigan shaxsiy kompyuterlar, serverlar, PDA (personal 
    digital assistant), televizorlar, mobil kompyuterlar – xost tizimlar yoki oxirgi
    tizimlar; 
    – ishchi stansiya – kompyuter tarmog‘ining abonenti bevosita ishlaydigan
    kompyuterdir; 


    22
    – server – bu kompyuter tarmog‘ining umumiy masalalarini bajaruvchi va 


    ishchi stansiyalarga xizmatlarni taqdim etuvchi kompyuterdir;


    – IP adres – Internet yoki lokal tarmoqqa ulangan qurilmaning unikal 
    identifikatori;
    – xost – bu IP-adresga ega, Internet tarmog‘iga ulanadigan universal 
    nuqtadir. Bu kompyuter bo‘lib, u ilovalarni bajaradi va TCP/IP protokolini qo‘llab-
    quvvatlovchi bitta yoki bir nechta foydalanuvchilarga ega bo‘ladi. Xost 
    kommunikatsiya tarmog‘ining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi.
    Xost tizimlar orasida bog‘lanish maxsus kommutatsiyalovchi qurilmalar – 

    marshrutizatorlar ulaydigan ketma-ket liniyalar to‘plami yordamida amalga


    oshiriladi. Marshrutizator o‘zining kirish aloqa kanalidan birida uzatilayotgan 
    ma’lumotlar porsiyasini qabul qiladi va uni o‘zining chiqish aloqa kanallaridan
    biriga yo‘naltiradi. Paketlar – uzatilayotgan ma’lumotlar porsiyasi. Paket o‘tadigan 
    aloqa kanallari va marshrutizatorlar ketma-ketligi – marshrut yoki paketning
    tarmoqdagi yo‘lidir. Paketning yo‘li avvaldan ma’lum emas va u bevosita uzatish 
    jarayonida aniqlanadi.
    Oxirgi qurilmalarni Internetga kirishi Internet xizmatlarini yetkazib 
    beruvchilar yoki Internet provayderlar orqali amalga oshiriladi. Internet-
    provayderlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    – marshrutizatorlar va aloqa liniyalari tarmog‘ini taqdim etadi va oxirgi 
    qurilmalarni tarmoqqa turli usulda ulanish imkoniyatlarini taklif etadi, masalan,
    Dial-Up, raqamli AL yordamida keng polosali ulanish, lokal tarmoq orqali yuqori 
    tezlikli kirish, simsiz kirish;
    – Web-saytlar tarmog‘iga bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) ulanish. 
    Mahalliy Internet provayderlar milliy va xalqaro zvenolar provayderlariga
    ulanishadi.
    2

    2
    James F. Kurose, Computer Networking ATop-Down Approach 6


    th
    Edition// 2013 by Pearson Education 


    23

    1.1-rasm. Internet-provayderlarning strukturasi
    Magistral operatorlari ulkan territoriyalarda (mamlakat, kontinent) magistral 

    aloqa kanallariga ega bo‘lishadi. Regional operatorlar bitta regionda (viloyat,


    o‘lka, shtat) xizmatlarni taqdim etadi. Lokal operatorlar shahar chegarasida 
    xizmatlarni taqdim etadi.
    Har bir Internet provayder ma’muriy birlik bo‘lib, IP protokoli bo‘yicha 
    ma’lumotlarni uzatadi va Internetda qabul qilingan ismlar va adreslar bo‘yicha
    kelishuvlarga rioya qiladi. Xostlar, marshrutizatorlar va Internetning boshqa 
    komponentlari tarmoq ichida axborotni qabul qilish va uzatishni boshqarish uchun
    protokollardan foydalanadi. 
    Protokol – tarmoqda axborotni uzatishning butun qonun-qoidalari
    to‘plamidir. Apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun 
    barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol – xabarlar
    turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi.
    Internet tarmog‘i turli qoidalar (protokollar) bo‘yicha ishlaydigan
    tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun shlyuzlar (maxsus 
    kompyuterlar) qo‘llaniladi.
    Internet tarmog‘ida protokollarni 2 turi mavjud – bazaviy va amaliy. 
    Bazaviy protokollar (TCP/IP) ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha fizik jo‘natilishiga
    javob beradi. Amaliy protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob 


    24
    beradi (masalan, HTTP – gipermatnli xabarlarni uzatish protokoli, FTP – fayllarni 


    uzatish protokoli).


    TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server amaliy daraja 
    (sath) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u mijoz sathida bajariladi. Port
    nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16 bitli kattalikdir. 
    Umum ma’lum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda
    ishlatiladi. Ular 0 dan 1 023 gacha diapazondagi sonlar bilan raqamlanadi. Misol 
    uchun, port 25 – SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning oddiy protokoli), port
    80 – HTTP protokoli. 
    1.2-rasm. O‘rnashgan joy va funksiyalar. 

    Brauzer (browser) – (ingl. tilidan To Browse – ko‘rib chiqish, sahifalash) 


    Internet sahifalarini ko‘rish uchun maxsus dastur.



    25

    1.3-rasm. Brauzerda web-sahifa ochilishi (browser)ga misol.
    Internetda Web-hujjatning har birida (va har bir ob’yektda) o‘zining 

    murakkab adresi mavjud – u resursni ko‘rsatuvchi URL (Uniformed Resource


    Locator) deyiladi yoki qisqacha URL-adres deb ataladi. 
    1.4-rasm. URL-adres strukturasi. 

    Uznet (Uznet=uz+net) — Internet tarmog‘ining O‘zbekistondagi qismi. 


    Uznetda rus tili keng tarqalgan, bu Uznetni Runetga “qisman kiritish” imkonini
    beradi. O‘zbek tilidagi saytlar orasida O‘zbekiston Vikipediyasi mavjud. Ko‘p 
    hollarda Uznet deyilganda Tas-IX trafikni almashtirish tarmog‘i tushuniladi,



    26
    chunki Tas-IX ichidagi resursga kira oladigan ko‘pchilik provayderlar abonentlari 


    uchun u tekindir.


    .uz domen zonasi 1995 yil 29 aprelda ro’yxatdan o‘tdi va 2001 yil oxiriga 
    qadar erkin foydalanishda bo‘ldi. Bu vaqtda domen zonasini ma’muriyatlash
    huquqi nemis kompaniyasi Euracom Equipment GmBH ixtiyoriga o‘tdi, uning 
    O‘zbekistondagi vakili Tomas kompaniyasidir.
    2002 yil dekabrida .uz domen zonasiga huquq O‘zAAA (Aloqa va 
    axborotlashtirish
    agentligi, 
    hozirgi
    O‘zbekiston 
    Respublikasi
    axborot

    texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi) tizimiga kiruvchi


    UZINFOCOM markaziga berildi, bu markaz hozirgi vaqtgacha bu huquqqa ega. 
    2010 yil fevralida10 000 domen ro‘yxatga olingan bo’lsa, bu ko’rsatkich
    2017 yil mart oyida 31500 dan oshdi. 

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   206




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet tarmog’i bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar

    Download 1,13 Mb.