Nashrlarni ta’mirlash va qarab ehtiyot qilish




Download 428.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana23.03.2023
Hajmi428.76 Kb.
#46292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axborot kutubxona muassasalarida axborot kutubxona fondlarini saqlash
bellashuv uz - 11-sinf-tarbiya, Тема реферат 2023 (узб), hisobot, GURUH RAHBARINING, IJTIMOIY PEDAGOGIKA IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA222222, 88 (33), 88 (14), 88 (59), 5- 6-Mavzular-www.hozir.org, 2 kurs amaliyotchilar uchun zaochniy yangisi 2024, 400910860124017094100079003 06.01.2023 07:12:06, хасан, 1523440605 70960, 15-ma\'ruza (1)
Nashrlarni ta’mirlash va qarab ehtiyot qilish. Vaqtlar o‘tishi bilan havo va 
yorug‘lik ta’siri ostida nashrlar fizikaviy, ximiyaviy o‘zgarishlarga uchraydi. Bu 
jarayon tabiiy eskirish deyiladi. Bundan tashqari ko‘p foydalanilganligi uchun 
mexanik mustahkamligini yo‘qotadi. Kitob hasharotlar ta’sirida zararlanadi. 
Xususiyatini yo‘qotgan nashrlar zudlik bilan ta’mirlanadi. Mayda ta’mir – 
shikastlangan joylarni ta’mirlash odatda kutubxonachi rahbarligida jamoatchilar 
kuchi bilan amalga oshiriladi. Ta’mirlash-tiklash bu nashrni dastlabki holga yoki 
shunga yaqin holga keltirishdir. Katta kutubxonalarda ta’mirlash ishlarini olib 
boradigan laboratoriyalar bor. Tabiiy eskirish jarayonini to‘xtatish uchun eng 
qimmatli usul doimiy saqlashga mo‘ljallangan nashrlarni o‘rab, ehtiyot qilishdir. Ana 
shu maqsadda saqlash va muhofaza rejimiga rioya etish lozim. 
Kutubxona fondini yong‘indan saqlash. Agar kutubxona o‘z fondini yong‘in 
xavfidan saqlamasa, fondni ta’mirlashga doir yuqoridagi tadbirlar samara bermaydi. 
Yong‘in moddiy va ma’naviy boyliklarni yo‘q qilmasdan, balki unda ishlab turdan 
kishilar hayotiga ham xavf solishi mumkin. Kutubxona fondi – yong‘in xavfi ortib 
borishi uchun doimiy manba. Yong‘in yonadigan, oksidlovchi va o‘t chiqaruvchi 


21 
manbalardan paydo bo‘ladi. Kutubxonadagi pol, tom, mebel, qog‘oz yonishi 
mumkin. Oksidlovchi havo kislorodi binoning hamma joyida bor. Elektr o‘tkazgich 
tizimidan noto‘g‘ri foydalanish, fondxonada chekish yomon oqibatlarni keltirib 
chiqaradi. Yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra, uning oldini olish ma’qulroq. Kutubxona 
binolarini to‘g‘ri loyihalash va qurish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish 
zarur. Kutubxonalarda ma’lum darajada elektr yo‘llarini to‘g‘ri joylashtirish va 
undan to‘g‘ri foydalanish kerak. Elektr toki yo‘llarini loyihalashda barcha tip va 
turdagi kutubxonalarning elektr sig‘imi muttasil oshib borishi jarayonini nazarda 
tutmoq muhim – buni tobora ko‘payib borayotgan texnika vositalarini qo‘llash 
ko‘rsatib turibdi. Kutubxonalarda ishdan keyin elektr uskunalari tokdan o‘chirilishi 
uchun ajratgichlar o‘rnatilishi shart. Fondni saqlash uchun stelajlar yonmaydigan 
materiallardan yasaladi. Yog‘och stelajlardan foydalanilgan holda ularga yong‘inga 
qarshi ishlov berish kerak. Fond saqlanadigan binoni yonmaydigan to‘siqlar bilan 
ajratib qo‘yish ma’qul. Kutubxonada yong‘inga qarshi signalizatsiya bo‘lishi shart. 
Yong‘in chiqishiga qarshi kurash qanchalik erta boshlansa, yong‘inni o‘chirish 
shunchalik oson bo‘ladi.
Yong‘inni o‘chirishda eng samarali vosita yonmaydigan gaz korbanat angidrid va 
azotdir. Shu sababli suvdan foydalanish kitoblarga zarar yetkazishi mumkin. 1,2 
million hisob birligi hajmidagi fondxonalar avtomat tarzda o‘chiradigan qurilmalar 
bilan jihozlanishi kerak. Fondxonada bir kishi ishlata oladigan yong‘inni o‘chirish 
vositalari bo‘lishi lozim. Ichki yong‘in kranlari, kigiz, qum shunday vositalar 
jumlasiga kiradi. Fonxona karbonat angidrit, brom etinli o‘t o‘chirgich vositasi bilan 
ta’minlangan bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi ishlar uchun javobgarlik kutubxona 
direktoriga yuklangan. U yong‘inni aniqlaydigan va o‘chiradigan avtomat vositalar
suv quvurlari tarmoqlari, tutun chiqadigan tuynuklar va boshqa uskunalarning soz 
holda turishini ta’minlaydigan javobgar shaxslarni tayinlaydi. Kutubxonaning barcha 
xodimlari yong‘in javobgarligi qoidalarini yaxshi bilishi loz’im. Ana shinday 
qoidalarga amal qilinganda kutubxonalarimizda yong‘in chiqmaydi va kitob 


22 
fondlarimiz uzoq-uzoq vaqtlar yaxshi saqlanib, butun ilm ahliga beminnat xizmat 
qilaveradi. Fondni asrash haqida g‘amxo‘rlik qilganda, fond saqlovchining ish 
sharoitini unutmaslik kerak. Fondni saqlashning fizikaviy, ximiyaviy, biologik 
rejimining buzilishi kutubxonachi uchun kasb kasalligini keltirib chiqaradi. 
Fondxonadagi chang, yorug‘likning yetishmasligi namlikning ortiq va kamligi 
sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun davlat tomonidan 
sanitariya-gigena tadbirlari ko‘zda tutilgan. Fond saqlash binosining yoritilish 
darajasi, harorat va namlik normasi insonning fiziologik ehtiyojlarini hisobga oladi. 
Ish jadvali yoxud yer osti binolarida joylashgan fondxonalarda ishlovchilar uchun 
ushbu qoidalar asosida belgilangan ish vaqti to‘rt soatdan oshmasligi kerak. Zararli 
binolarda – simobli, azot, fosfor kislotalari bilan ishlaydigan xodimlarga bepul sut 
mahsulotlari berilishi kerak. Fond gigenasi kishilar salomatligini saqlashga yordam 
beradi, kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalar kitoblarga zarar yetkazmaydi
ammo inson ushun yuqumli kasalliklar keltirib chiqaradigan manba hisoblanadi. 
Kutubxona fondining sanitariya-gigena holatini obdon kuzatib bormoq zarur, ya’ni 
changning muttasil ravishda yo‘qolishi, fondxona va o‘quv zali yaqinida qushlarning 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, binoni dezinfeksiya qilishni muntazam ravishda amalga 
oshirish lozim. Bolalarga xizmat ko‘rsatadigan kutubxonalarda gigena qoidalariga 
qattiq rioya qilish zarur. Fondni saqlash deb qulay fizikaviy, ximiyaviy va biologik 
rejim sharoitida maxsus jihozlangan binolarda asrash tushuniladi. Saqlash bo‘limi 
asosiy ombordagi fondning ahvoliga javobgargina bo‘lib qolmay, balki kutubxonaga 
qarashli barcha kichik fondlar uchun javob beradi.

Download 428.76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 428.76 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nashrlarni ta’mirlash va qarab ehtiyot qilish

Download 428.76 Kb.
Pdf ko'rish