Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana13.12.2023
Hajmi0,85 Mb.
#117648
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dorixona c
2 5231305342310157402, 2.05.Органик кимё 240, Muhammadiyeva Lola Po’latovna, 2-test, AhmadjonovXurshidbekedited, op 4-amaliy, Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti, 1 ma\'ruza ”Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha , Оммалаштириш янги тартиби Буйрук 279, PQ-3654-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi, Презентация по основам электроники на тему Инверторы , 4-topshiriq P.P, Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga ega va
 


Kirish 
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish-ning asosi 
hisoblangan 
dasturiy 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarish 
milliy 
iqtisodiyot 
rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv 
texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga 
xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. “Axborotlashtirish 
to‘g‘risida”gi, “Telekommuni-katsiyalar to‘g‘risida”gi, “EHM dasturlari va 
ma’lumotlar bazasini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar soha rivojida muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Bugun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan 
sohaning o‘zi yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, softver sanoatining izchil rivojlanishiga 
keng yo‘l ochmoqda. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy 
mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi 260 
dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda. 
Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish 
uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini 
yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va 
Vazirlar Mahka-masining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. 
Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga 
oshirilayotir.Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan 
“Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini 
rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu 
yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. 
Hozirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarning 
faol iste’molchisi hisoblanadi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va 
idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes 
rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari va 
resurslarini yaratish, dasturiy mahsulotlar hamda interfaol davlat xizmatlarini joriy 


etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib 
borilmoqda. Joriy yildan e’tiboran davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining 
idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish, idoralararo 
ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini yaratish, “Elektron hukumat” tizimini hamda 
internet tarmog‘ining milliy segmentini shakllantirish bo‘yicha loyihalarni 
ro‘yobga chiqarish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish 
borasidagi ishlar boshlab yuborilgan. 
Mazkur hujjat dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish, davlat organlarida 
ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni tartibga soluvchi 
me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron hukumat” loyihasini 
amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarning faol ishtirokini rag‘batlantiradi. 
2006 yildan buyon “Best Soft Uzbekistan” dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi 
tashkil etib kelinmoqda. Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasida sohada 
erishilgan muvaffaqiyatlar namoyish etilib, mahorat darslari, taqdimotlar va ta’lim 
seminarlarida respublikadagi soft industriyaning dolzarb loyihalari va istiqbollari 
sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida muhokama qilinadi. Ko‘rgazmada 
xalqaro va mahalliy kompaniya — dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar 
hamda integratorlar, kontent-ishlab chiqaruvchilar, provayderlar, ilmiy va ta’lim 
muassasalari, vazirliklar, idoralar vakillari ham ishtirok etishadi. 

Download 0,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish