• File/New Project
  • File/New/Project
  • Microsoft Visual C++ da konsol ilova dasturlar yaratish




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/8
    Sana13.12.2023
    Hajmi0,85 Mb.
    #117648
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    dorixona c
    2 5231305342310157402, 2.05.Органик кимё 240, Muhammadiyeva Lola Po’latovna, 2-test, AhmadjonovXurshidbekedited, op 4-amaliy, Korrektsion pedagogika reja Korrektsion pedagogikaning predmeti, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti, 1 ma\'ruza ”Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha , Оммалаштириш янги тартиби Буйрук 279, PQ-3654-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi, Презентация по основам электроники на тему Инверторы , 4-topshiriq P.P, Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga ega va
    1.2.Microsoft Visual C++ da konsol ilova dasturlar yaratish 
    C/C++ ni o’rganishda biz maxsus ilovalar ko’rinishidan foydalanamiz – 
    shablonlarni tayyorlash muhitida oldindan tayyorlangan konsol ilovalar asosida 
    shakllantiriladi. 
    Konsol ilovalar – bu grafik interfeyssiz ilovalar bo’lib, ular foydalanuvchi 
    bilan maxsus buyruqlar satri orqali o’zaro aloqada bo’ladi yoki asosiy menyu 
    muhitidagi maxsus buyruqlar bilan ishga tushiriladi. Bunday ilovalar File/New 
    Project buyrug’i bajarilishidan so’ng ochiluvchi dialog oynasiga ega bo’lgan 
    maxsus shablonlar yordamida yaratiladi. 
    Konsol ilovalar shabloni yaratiluvchi ilovaga barcha zarur elementlarni 
    qo’shadi, shundan so’ng dasturchi bu shablonga o’zining C/C++ tilidagi 
    operatorlarini qo’shadi. Keyin ilova avtonom ishga tushuvchi fayl sifatida 
    kompilyatsiyalanadi va bajarish uchun ishga tushirilishi mumkin. Foydalanuvchi 
    bilan muloqot ilova ishga tushirilgandan so’ng ochiluvchi maxsus konsol oynasi 
    orqali amalga oshiriladi (shu oynada dastur habarlari tasvirlanadi, u orqali 
    hisoblash uchun ma’lumotlar kiritiladi va uning o’ziga hisoblangan natijalar chop 
    qilinadi). 
    Kompilyatsiya va proyektni bitta joyga jamlash asosiy menyuning Build 
    buyrug’I orqali amalga oshiriladi. Kompilyatsiya va proyektni bir joyga yig’ishdan 
    so’ng uni bajarish uchun ishga tushirish mumkin. Bajarilish uchun ishga tushurish 


    asosiy menyuning Debbug buyrug’i yordamida amalga oshiriladi. 
    Konsol ilovalar yaratish uchun quyidagi qadamlarni bajarish zarur: 
    1. 
    Visual C++ ni ishga tushirish. 
    2. 
    Asosiy menyuning File/New/Project buyrug’ini bajarish. 3.1 – 
    rasmdagi dialog oynasi hosil bo’ladi. Unda quyidagilarni ketma – ket bajaring: 
    Win32 bandini tanlang; Win32 Console Application qismini tanlang; Ilovaning 
    saqlanish joyini ko’rsatish uchun “Browse…” tugmasidan foydalaning; Name 
    maydoniga hosil qilinuvchi ilova nomini kiriting; OK tugmasini bosing. 
    New Project dialog oynasi. 


    Yaratiluvchi loyiha turini belgilash dialog oynasi. 
    Yaratiluvchi loyihaning turini aniqlashtirish dialog oynasi. 
    Yatiluvchi loyihaning turini tanlash taklif etiladi (aniqrog’i, siz konsol loyiha 
    yaratayotganingizni tasdiqlash). Buning uchun “Finish” tugmasini bosish yetarli. 


    Gap shundaki, muhit ko’plab boshqa turdagi loyihalarni yaratishga va unga 
    qo’shimcha rejimlarni berishga imkon beradi, shuning uchun agar siz “Finish” 
    tugmasi o’rniga “Next” tugmasini bossangiz, boshqa dialog oynasi hosil bo’ladi. 
    Yuqoridagi rasmda tasvirlangan oynada tanlash radio tugmalarni belgilash 
    bilan amalga oshiriladi (bu tugmalar atrofidagilar bilan o’zaro aloqador, agar 
    tugmalardan birortasi belgilangan bo’lsa, qolganlari o’chirilgan holda bo’ladi, bu 
    bir qiymatli tanlash imkonini beradi). Tasvirda konsol ilovasi tugmasi yoqilgan. 
    Agar endi “Finish” tugmasini bossak, u holda quyidagi natijaga ega bo’lamiz 
    (huddi oldingi qadamda “Finish”ni bosganimizday). Natijada oldindan 
    tayyorlangan konsol ilovasiga ega bo’lamiz. 

    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Visual C++ da konsol ilova dasturlar yaratish

    Download 0,85 Mb.
    Pdf ko'rish