“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-43, Issue-1, October -2023
8
XORIJIY INGLIZ TILINI O’RGATISH JARAYONIDA PRAGMATIC
KOMPETENSIYA TUSHUNCHASI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING
AHAMIYATI
(Phd)
N.U.Mustafayeva
Termez State University
E-mail:
m6160412n@gamail.com
Annotatsiya:
Maqola muhokamasiga tortilgan bugungi xorijiy tillarni o’qitishda
innovatsion tushunchalar va terminlar qatoriga kiradi.
Tahliliy va empirik
yondashuvlar asosida pragmatic kompetensiya tushunchasi tahlil qilingan.
Muhokamaga tortilgan kommunikativ kompetensiya tarkibiga kiruvchi pragmatik
kompetensiyani rivojlantirishning nazariy asoslari olimlar fikri bilan dalillangan.
Keltirilgan fikrlar chet tili o'qituvchilarining ingliz tili darslarini takomillashtirishda
mantiqiy asos bo’lib, o'quvchilar xorijiy tilda pragmatik ko'nikmalarni rivojlantirishga
yordam berish zarurligini isbotlaydi.
Kalit so’zlar:
pragmatika, kompetensiya, pragmatic kompetensiya, reseptor,
madaniyatlararo, kommunikativ, lingvistika, nutq.
Annotation:
This article reveals a theoretical discussion about the introduction of
concrete pragmatic teaching as a tool to help develop
pragmatic competence in a
foreign language. The concept of pragmatic competence was analyzed based on
theoretical and empirical approaches. The theoretical basis of the development of
pragmatic
competence, which is part of the discussed communicative competence, is
proved by the opinion of scientists.
Key words:
pragmatics, competence, pragmatic competence, listener,
intercultural, communicative, linguistics, speech.
Globallashib borayotgan dunyoda pragmatik
bilimning ahamiyati ortib
bormoqda. Bundan ko’rinadiki, ingliz tili dunyodagi odamlar tomonidan faqatgina
axborot olish va axborotni etkazish emas, balki retseptorlar doirasida o'zaro ta'sir qilish
uchun ishlatiladi. An’anaviy til foydalanuvchilari ingliz tilini xalqaro savdo qilish yoki
akademik konferentsiyada qatnashish uchun bir-birlari bilan aloqa qilish murojaatlar
1
aspektida ishlatgan bo’sa, bugunda madaniy farq tufayli noto'g'ri muloqotni oldini
olish uchun, turli madaniyatlar va pragmatika bilan tanish bo'lish ham juda muhimdir.
Pragmatika so’zi ma’nosiga
izoh bersak, yunoncha
pragma, pragmatos
- ish,
harakat, nutqda til birliklarining ma’no ishlab chiqarilishi va mazkur ma’nolarning
tushunish
usullari, boshqacha aytganda, muayyan til belgilar tizimini oʻzlashtirib,
undan foydalanuvchi va reseptorlar tomonidan ayni shu belgilar tizimiga munosabatini
oʻrganuvchi fan tarmogʻidir. Pragmatika haqidagi asosiy gʻoya amerikalik olim Ch.
Pirs tomonidan muhokama qilingan bo’lib, yana bir amerikalik olim Ch. Morris ushbu
gʻoyani rivojlantirgan va “pragmatika” terminini tilshunoslik bilan bir qatorda
metodikaning bir tarmog’I sifatida amaliyotga kiritgan.
1
McKay, S. L. Teaching English as an international language // 2002.Oxford: Oxford University Press