• Milliy musiqa va qoshiqchilik.
  • Kompozitsiyasini yaratish usullari




    Download 193.5 Kb.
    bet8/14
    Sana19.06.2022
    Hajmi193.5 Kb.
    #24043
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
    Yong`in xavfsizligi Yong`inning kelib chiqish sabablari va xatar, Dorilar, ish dak, Isayeva Nodira Rixsibayevna, 96136 8990dead54e3817160d1f828b5ce3c42, O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi, 8512-Article Text-20278-1-10-20230427
    O'zbek sirki. 1992 yilda “O'zbekdavlasirk” respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk san'atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta'mirlandi, unga O'zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiev nomi berildi. An'anaviy sirk san'atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste'doli yoshlarga amaliy yordam berishmaqsadida 1996 yilda estrada – sirk kolleji ochildi. O'zekiston sirkchilarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo'lgan respublikamiz sirk ustalari o'zbek milliy sirk san'atini namoyish etdilar. Olimjon Toshkenboev rahbarligidagi “O'zbekiston dorbozlari” guruhi 1996 yildan boshlab YEvropa mamlakatlarida gastrol safarida bo'lib 2000 dan ziyod tomosha ko'rsatdilar. 15 yoshla Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo'lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib “Plastik etyud” (besuyak o'yini) janrida festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo'lga kiritdi. 1998 yilda Toshkent sirkida iste'dodli yoshlarga ko'maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi.
    O'zbek sirkchilari 1999 yilda birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo'lib o'tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida bo'lib o'tgan xalqaro sirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo'lib o'tgan YEvropa sirklarining 10 – festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o'rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning sa'y – harakatlari natijasida O'zbek sirkiga xos turli nomer va attrakatsionlar xalqaro sirk dasturlaridan o'rin egalladi.
    Milliy musiqa va qo'shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo'shiqchilik san'ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma'rifiy ishlar respublika markazi”, uning viloyatlardagi bo'limlari mustqa va qo'shiqchilik san'ati, xavaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq oxanglarini tiklash maqsadida turli xil ko'rik tanlovlar, festivallar tashkil etilmoqda. 1992 yilad Toshkentda “Asrlarga tengdosh navolar” va “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masharabozlarning, Qo'qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko'rik - tanlovlari o'tkazildi. 1994 yilda may oyida Parijda bo'lib o'tgan “Sharq musiqasi” festivalida Munojot Yo'lchieva, Shavkat Mirziyoevlar ishtirok etib, o'zbek milliy qo'shiqchilik san'atini jahonga namoyish etdilar. O'zbekistonda musiqa va qo'shiqchilik san'atini rivojiga har yili 31 avgust va 21 mart kunlari o'tkazilayotgan mustaqillik va Navro'z kunlariga bag'ishlangan bayram tantanalari ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an'analari birdek rivojlanib bormoqda. Milliy madaniy markazlar millatdoshlarning tili, madaniyati, urf-odatlari, rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani rivojlantirish kabi masalalar bilan shug'ullanib kelmoqdalar. Milliy madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunar va boshqa yo'nalishlardagi to'garaklar tashkil etilgan.
    1992 yilda turli milliy markazlarga ko'maklashuvchi Respublika Baynalminal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomad qiluvchi turli millat va elatlarni jipslashtirish asosiy o'rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san'at arboblariga bag'ishlangan yig'ilishlar, ko'rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o'z faoliyati bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo'shmoqdalar.
    Muzey. Jamiyat madaniy – ma'rifiy hayotida alohida xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta'mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e'tibor berildi. Namanganda ulug' o'zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Xojixon Boltaev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san'ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o'g'lining uy-muzeyi, Toshkentda o'zbek xalq ayollarining orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova muzeyi, o'zbek raqqosasi Mukarrama Turg'unboeva muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida ko'plab muzeylar ochildi. 1996 yil 1 sentyabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo'lgan Olimpiya shon – shuhrat muzeyi faoliyat ko'rsata boshladi. Bu muzey O'zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarni namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo'lib qoldi.1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davrini aks ettiruvchi o'sha davrga xos tarixiy jixozlar, qurol – aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim – boshlari, oltindan yasalgan uy – buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo'lyozmalari, Ulug'bekning astronim qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jixozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma'naviy – ma'rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yil Termizda Arxeologiya muzeyi bunyod etildi.
    O'zbekistonPrezidentining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylarfaoliyatinitubdanyaxshilashvatakomillashtirishto'g'risida”gifarmonivauningbajarilishigaqaratilganRespublikaxukumatining 1998 yil 5 dekabrdagiqabulqilingan “Muzeylarfaoliyatiniqo'llab – quvvatlashmasalasito'g'risida”giqarorimamlakatimizdamuzeyishinirivojlantirishistiqbollarinibelgilabberdi. Madaniyatishlarivazirligi “Oltinmeros” jamg'armasi, BadiiyAkademiya, Moliyavazirligi, Mehnatvazirligimuzeylarrahbariyatibilanhamkorlikdamuzeylarningrivojlanishivamoliyaviyta'minotibo'yichadasturishlabchiqildi. Muzeylarfaoliyatinimuvaffaqlashtirish, ilmiy – uslubiyyordamko'rsatish, moddiyjihatdanqo'llab – quvvatlashmaqsadida 1998 yilda “O'zbekmuzey” Respublikajamg'armasituzildi. Axoliningmuzeyshunoslikmadaniyatinioshirishgako'maklashuvchi “Moziydansado” jurnalita'sisetildivau 1999 yildanboshlabo'zbek, rus, ingliztillaridanashretilaboshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 1544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi. O'zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda 1,3 mln.dan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar – eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me'moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro'yxatiga kiritilgan. 2500ta me'moriy obida, arxeologik yodgorlik, 1800 ta monumental san'at asari davlat muxofazasiga olindi. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey – qo'riqxonalarda butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar, monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, davlat muxofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e'tirof etilgan. O'zbekiston muzeylari aholi orasida o'lkamiz tarixi, xalq amaliy san'ati asarlaridan iborat etnografik ko'rgazmalarni namoyish etib jamiyatimiz ma'naviy kamoloti yo'lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey – qo'riqxonalariga tashrif buyurib ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san'at asarlari oldida ta'zim etmoqdalar. Frantsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O'zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.



    Download 193.5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 193.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompozitsiyasini yaratish usullari

    Download 193.5 Kb.