• Temur va temuriylar davri Samarqand madaniyati
  • Samarqand miniatyura maktablarining vujudga kelishi va shakllanishi




    Download 193.5 Kb.
    bet9/14
    Sana19.06.2022
    Hajmi193.5 Kb.
    #24043
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
    Yong`in xavfsizligi Yong`inning kelib chiqish sabablari va xatar, Dorilar, ish dak, Isayeva Nodira Rixsibayevna, 96136 8990dead54e3817160d1f828b5ce3c42, O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi, 8512-Article Text-20278-1-10-20230427

    1.3 Samarqand miniatyura maktablarining vujudga kelishi va shakllanishi.


    Uning tarixi uzoq o`tmishdan boshlangan. XIV-XVII asrlarda kamol topgan. Bu davrlarda O`rta Osiyo, Xindiston, Eron maktablari va Arabiston-Buxoro maktabi «Boburiylar miniatyura maktabi, Sheroz maktabi, Isfaxon maktabi, Yazd maktabi, Bog’dod mitniatyura maktabi» kabi yirik san'at markazlari tashkil topgan.
    Xirot miniatyura maktabining tanazzuli va musavvirlarning Xirotdan Buxoro tomon ketishlari muxim rol o`ynaydi. XIV-XV asrlarda musavvirlarning xayoti va faoliyatida xissa qo`shgan ustod Jaxongir Buxoriy, Pir Sayd Axmad Tabriziy, Xo`ja Abdulxay Pir Axmad, Shaxobiddin Abdulla, Zaxriddin Azxar Bobo, Naqqosh Xo`ja Axmad Ubaydullo, Nizomiddin Axmad binni, Ali Arzumlar O`rta Osiyoda qo`lyozma asarlarni miniatyuralar bilan bezatishgan.

    Temur va temuriylar davri Samarqand madaniyati


    Temur va temuriylar davrida Samrqand shukuxi va ko`rki butun jaxonni shu bilan bir qatorda g’arbiy Yevropani ham lol etgan edi.
    Ulug’bek xukmronligi yillarida Astronomiya, Matematika va boshqa tabiiy fanlar qatorida Adabiyot va madaniyat ham ravnaq topdi. Shu qatorda Movaraunnaxr miniatyura maktablari shakllana boshladi.
    O`rta Osiyo miniatyura san'atida Sharq Rafaeli hisoblangan Kamoliddin Bexzod boshchiligida kamol topgan Xirot miniatyura maktabining shakllanishi va taraqqiyoti ko`p xollarda Samarqand miniatyura maktabi ta'sirida amalga oshadi.
    Antik tarixiy ma'lumotlarga ko`ra Bexzod miniatyura san'atini Pir Sayd Axmad Tabriziydan o`rgangan. Pir Sayd Axmad Tabriziy esa «Umdat ul musavviriy» (Musavvirlar peshvosi) nomi bilan mashxur buxorolik ustod Jaxongirning shogirdi bo`lgan. Ustod Jaxongir esa Temuriylar davri tasviriy san'atning asoschisi bo`lmish ustod Gung (soqov) dan taxsil ko`rgan.
    Bexzod raxnamolik qilgan Xirot miniatyura maktabi namoyondalari eng noziq o`ta nafis asarlarida realistik tushunchalarni tom ma'noda ifoda etgan. Agar biz Buxoro miniatyura maktabi asarlarida, asosan tabiat manzaralariga oshuftalik yo`lini kuzatsak, Xirot maktabida esa inson qiyofasini tasvirlash – portret janrida katta muvoffaqiyatlarga erishganligining guvoxi bo`lamiz. Tasvirning ob'yektga mosligi ranglar uyg’unligi musavvirning bosh maqsadi sanalgan. Bexzod mo`yqalamiga mansub Sulton xusayn Muxammad Shayboniyxon, Alisher Navoiy, qosim Alining «Alisher Navoiy va yosh mirzo» Bexzodning Tabrizdagi shogirdlaridan biri chizgan shu paytgacha topilgan yagona surati - Kamoliddin Bexzod portret asarlari buni yaqqol isbotlaydi.
    Olimlar Bexzodni Sharqda portret janrining asoschisi deb ulug’laydilar. Ulardan biri - «Samarqand devoridagi jang» ikkinchisi - «Ulug’bek oila a'zolari va Saroy axllari bilan lochin ovida» nomli miniatyuralardir. Birinchi tasvirda Samarqand devoridagi kamon otuvchilar orasidagi Temurning nabirasi Xalil Sultonning surati xam bor.
    Ikkinchi tasvirda esa Ulug’bek dala shiyponida chordona qurib o`tiribdi, uning yuz tuzilishi aniq ifoda etilgan: qisiq ko`zli, mo`g’ul bashara, O`rta Osiyoliklarga xos soqol, boshida esa oq tivit qalpoq tasvirlangan.
    Samarqand miniatyura maktabiga xos aniqligi portret xamda tabiat manzarasi yorqin ifodalangan.

    Download 193.5 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 193.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand miniatyura maktablarining vujudga kelishi va shakllanishi

    Download 193.5 Kb.