|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
bet | 2/13 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,94 Mb. | | #236818 |
Bog'liq xurshidFoydalanilgan adabiyotlar .................................................................................. 29
Kirish
Axborot texnologiyalari sohasi, bugungi kunda, respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda.
Prezidentimizning 2020-yil 2-martdagi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi.
Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.
Shundan kelib chiqib, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. Bundan tashqari, 32 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida yil yakuniga qadar 153,7 million dollar miqdoridagi loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, shu yilning o‘zida 3012 ta 2G baza stansiyalar 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi va 2 933 ga yaqin yangi baza stansiyalar o‘rnatilib ishga tushirildi.
Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlagan Toshkent shahrida Amiti universitetiga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, 2019/2020 o‘quv yilida 498 nafar talaba birinchi bosqichni yakunladi. Toshkent shahridagi Amiti universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 384 nafar talaba qabul qilindi.
Bugungi kunda Toshkent shahridagi INHA universitetida 51 nafar professor-o‘qituvchi va assistent faoliyat yuritib, talabalarning umumiy soni 1506 nafarni tashkil etadi. Toshkent shahridagi INHA universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 420 nafar talaba qabul qilindi.
|
| |